31
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
II BOB. O‘QUVCHILAR BILIMINI BAHOLASH VA IMTIHONLAR
O‘quvchilarning bilimlarini baholash va nazorat qilish turli, ammo muhim
vazifalarni bajaradi. Bilimlarni baholash o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va
malakalari haqida ma’lumot to‘plashga yo‘naltirilgan bo‘lsa, imtihonlardan
esa o‘quvchilarni keyingi sinfga o‘tkazish va ta’limni davom ettirish uchun
foydalaniladi.
So‘rovnoma asosida mamlakatlar maktab yopilishlariga javoban o‘z
faoliyatini baholash va tekshirish amaliyotlarini qanday moslashtirganlari haqida
muhim ma’lumotlar olingan.
Maktablar birinchi marta yopilgandan so‘ng mamlakatlar o‘z o‘quvchilarining
bilimlarini qanday baholashi va davlat imtihonlaridan qanday o‘tkazishi muhim
ahamiyatga ega. Butun dunyodagi ta’lim vazirliklari 2019-2020-o‘quv yilida
davlat imtihonlarini o‘tkazish tartibiga o‘zgartirish kiritganlar. Ushbu o‘zgarishlar
quyidagilardan iborat bo‘lgan:
(a) imtihonlar qoldirilgan/ko‘chirildi;
(b) sinovlar mazmuni o‘zgartirilgan;
(c) imtihon o‘tkazish usuli o‘zgartirilgan;
(d) sog‘liqni saqlash va xavfsizlik bo‘yicha qo‘shimcha choralar joriy etilgan;
(e) muqobil baholash shakllari kiritilgan;
(f) imtihonlar bekor qilingan va muqobil yondashuvlardan foydalanilgan.
Deyarli barcha respondentlarning 95%i davlat imtihonlariga o‘zgarishlarni
amalga oshirganini ma’lum qilgan. Davlat imtihonlaridagi o‘zgartirishlar
32
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
boshlang‘ich ta’limda 63%, o‘rta ta’limda 59%, yuqori sinflarda esa 75%ni tashkil
qilgan.
Ta’limda o‘zgartirish kiritgan mamlakatlarning hech biri ta’lim mazmunini
tubdan o‘zgartirish siyosatini olib bormagan. Ayrim mamlakatlar imtihonlarni
bekor qilgan bo‘lsa, boshqalari imtihonlarni kechiktirish yoki davlat imtihonlari
o‘rniga muqobil baholashni taklif qilishgan.
Davlat imtihonlarini kechiktirish yoki qoldirish barcha aholi guruhlari uchun
ma’qul yondashuv bo‘ldi, vaholanki, u daromadi kam va o‘rtachadan kam bo‘lgan
mamlakatlarda keng tarqalgan.
Butun dunyoda 30% mamlakatlar boshlang‘ich sinflarda va 18% o‘rta
ta’limning yuqori sinflarida imtihonlarni bekor qilgan. Ayrim mamlakatlar
sog‘liqni saqlash va xavfsizlik standartlarini takomillashtirish, imtihon mazmunini
o‘zgartirish yoki imtihonlarni onlayn o‘tkazish chora-tadbirlari orqali imtihonlarni
yengillashtirish siyosatini joriy qilgan. O‘rta maktabning yuqori sinflaridagi davlat
imtihonlari aksariyat mamlakatlarda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, odatda oliy
ta’limga kirishda ishlatiladi.
Imtihon mazmunini o‘zgartirish, asosan, daromadi kam yoki o‘rtacha bo‘lgan
mamlakatlar uchun xos bo‘ldi. Daromadi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda imtihon
o‘tkazish usulini o‘zgartirish keng tarqalgan.
|