Izlanishlar, yechimlar


Bugun yechimi kechikayotgan har bir muammo ertaga falokatga aylanishiga



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/112
tarix25.09.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#148611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
Jurnal Xalq ta\'lim sayt uchun

Bugun yechimi kechikayotgan har bir muammo ertaga falokatga aylanishiga 
shak-shubha yo‘q. 
E’tiborli jihati, lavozimga kirishganimning ilk kunlari xizmat safari bilan 
Jizzaxga bordim. Joylardagi maktablarga kirdim, holat bilan tanishdim.
Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Dilfuza Sadriddinovaning aytgan 
bir gapi menga juda qattiq ta’sir qildi. Afsuski, bugun ayrim ota-onalar orasida 
farzandlariga:
“O‘qigin bolam, hech bo‘lmasa o‘qituvchi bo‘lasan”,
deganlari ham 
uchrayotgan ekan. Bu gap menga juda og‘ir botdi. Bugun bizning oldimizda 
turgan birinchi galdagi vazifa mana shunday noto‘g‘ri qarashni yo‘q qilish!
Bir insonning mustaqil va yetuk shaxs sifatida kamol topishida maktabning 
Saidov Baxtiyor Odilovich
O‘zbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi vaziri


6
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI 
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI 
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
roli juda katta. 
Aynan maktabda insonning 
“Men”
 degan tushunchasi 
shakllanadi.
Shuning o‘zi mazkur sohada faoliyat yuritayotgan har bir 
insonning oldiga ulkan mas’uliyat, ya’ni bir shaxs taqdiri orqali millat, davlat va 
kelajagimizning taqdiriga javobgarlik yotganini anglatadi.
Buning uchun, avvalo, pedagoglarning, o‘qituvchilik kasbining mavqeyini 
ko‘tarishimiz kerak. To‘g‘ri, tan olish kerak, o‘qituvchilarning ham barchasi birdek 
emas. 
Fidoyi o‘qituvchilar bor, afsuski, bu kasbga adashib yoki ilojsizlikdan 
kirib qolgan o‘qituvchilar ham bor.
Lekin o‘qituvchilik va fidoyilik tushunchalari 
doimo hamohang bo‘lgan. O‘qituvchi zimmasidagi mas’uliyatni ich-ichidan his 
qilishi kerak. Kelajagimiz taqdiri o‘qituvchilarimiz qo‘lida.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin