Shu ma’noda, bugungi kunda butun xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan, umummilliy harakatga aylanib borayotgan “Yangi O‘zbekiston” g‘oyasi zamirida ana shunday ulug‘ ajdodlarimiz, umuman olganda, milliy tariximizda Birinchi va Ikkinchi uyg‘onish davrlariga asos solgan alloma bobolarimizning orzu-intilishlari va armonlari ham mujassam, desak, adashmagan bo‘lamiz ”,
— dedi pirovardida.
Bugun mamlakatimizda yana bir muhim Uyg‘onish jarayoni kechmoqda. Bu
jarayon xalqimizning o‘ttiz yillik tarixiy davrda erishgan yutug‘i, mustaqil davlat
qurish uchun olib borgan izlanishlari samarasi va mehnatining tarixiy davomidir.
Bu fikrlar Prezidentimizning javoblaridan yanada teran ma’no kasb etdi. “Yangi
O‘zbekiston” va “Uchinchi Renessans” so‘zlari tub mazmun-mohiyatini chuqur
anglash uchun davlatimiz rahbari ko‘p tarixiy dalillar keltirdi, fikr-mulohazalarni
esa bevosita bugungi hayot, jamiyatdagi demokratik o‘zgarishlar, bilan bevosita
bog‘ladiki, bu savol-javoblar bilan tanishgan o‘quvchilarni mulohazaga chorlaydi,
ulug‘ maqsadlarga ruhlantiradi. Bu mulohazalardan bundan besh yil avval qabul
qilingan Harakatlar strategiyasining tub mazmun-mohiyatiga uyg‘un ekanligi,
Yangi O‘zbekistonni barpo etish va Uchinchi Renessans poydevorini yaratish
vazifasi bugun asosiy strategik maqsadga aylanganini anglash mumkin.
“
Ta’kidlash kerakki, Yangi O‘zbekistonni barpo etish — bu shunchaki xohish-istak, subyektiv hodisa emas, dedi Prezidentimiz,
balki tub tarixiy asoslarga ega bo‘lgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy- iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy vaziyatning o‘zi taqozo etayotgan, xalqimizning
17 XALQ TA’LIMI: MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR