asriy intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga to‘la javob beradigan obyektiv zaruratdir. Yangi O‘zbekiston –
demokratiya, inson huquq va erkinliklari borasida umume’tirof etilgan norma va prinsiplarga qat’iy amal qilgan holda, jahon hamjamiyati bilan do‘stona hamkorlik tamoyillari asosida rivojlanadigan, pirovard maqsadi xalqimiz uchun erkin, obod va farovon hayot yaratib berishdan iborat bo‘lgan davlatdir ”.
Prezidentimizning “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharriri savollariga
javoblari bilan tanishar ekansiz, siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-
ma’rifiy islohotlar, avvalo, xalq manfaatlariga qaratilgani, xususan, elda mashhur
iboraga aylangan “
Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak ”,
degan muhim huquqiy tamoyil juda to‘g‘ri tanlanganiga
iqror bo‘lasiz. Suhbat chog‘ida Shavkat Mirziyoyev Buyuk Amir Temur
bobomizning Shahrisabzdagi Oqsaroy qarorgohi peshtoqiga bitilgan “
Adolat – davlatning asosi va rahbarlar shioridir ”, degan hikmatli so‘zlarini esga olgani
bejiz emas. Zero, xalqimiz azaldan adolat va halollikni asosiy yashash mezoni
deb bilgan. Oilada farzand tarbiyasida ham bu qadriyatlarni yoshlar qalbiga
singdirishga harakat qilgan. Bu esa, adolat mezoni hamma zamonlarda
taraqqiyot omili bo‘lganini anglatadi. Shu boisdan, “
Biz ham sud-huquq tizimini isloh etishda ana shunday sodda va hayotiy talablardan kelib chiqdik. Xususan ,
“Sudyaning ongida – adolat, tilida – haqiqat, dilida – poklik bo‘lishi kerak”, degan g‘oyani ilgari surdik va amalga oshirishni boshladik , deya
ta’kidladi davlatimiz rahbari.
Darhaqiqat, bugun demokratik islohotlar ortga qaytmaydigan pallaga kirdi va
tobora chuqurlashmoqda. Muhimi, odamlar o‘z hayotida bo‘layotgan o‘zgarishlar
asnosida jamiyatda kechayotgan yangilanishlarga ishonchi ortmoqda. Chunki,
ilgari ochiqligi ta’minlanmagan, xaspo‘shlab gapirilgan ko‘plab muammolar
bugun jamiyatdagi eng dolzarb vazifalar sifatida davlat boshqaruv organlari
tomonidan muhokamaga qo‘yilmoqda. Xususan, davlat organlari faoliyatidagi
ochiqlik va oshkoralik, senator, deputat, vazir va hokimlar, barcha bo‘g‘indagi
mansabdor shaxslarning fuqarolar bilan yuzma-yuz uchrashib, ularning dard-u
tashvishlarini tinglayotgani, aksariyat kamchiliklar va murojaatlar fuqarolarni
qabul qilish jarayonlarida o‘z o‘rnida ijobiy hal etilayotgani — islohotlarga
ishonchni mustahkamlamoqda. Axir, keyingi yillarda majburiy mehnat, ishsizlik,
kambag‘allik, korrupsiya, aholini uy-joy bilan ta’minlash, ta’lim va tibbiyot bilan
bog‘liq muammolar keng jamoatchilik o‘rtasida ochiq-oshkora muhokama
etilib, nuqsonlarni bartaraf etish choralari qat’iy ko‘rilayotgani kim inkor eta
18 A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
oladi? Demokratik islohotlar qog‘ozda emas, balki, amalda o‘z ifodasini topib,
hayotimizdan mustahkam o‘rin olayotgani ayni hayot haqiqatidir.
Shuning uchun ham Prezidentimiz bu jarayonlarga baho berar ekan, “