Izlanishlar, yechimlar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/112
tarix25.09.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#148611
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   112
Jurnal Xalq ta\'lim sayt uchun

O‘zbekiston:
Butun dunyoga tarqalgan COVID-19 pandemiyasi ta’lim sohasi oldiga 
ham yangi muammolarni vujudga keltirdi va Respublikada ham koronavirus 
infeksiyasi aniqlanganidan so‘ng, koronovirus kirib kelishining oldini olish 
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan 2020-yil 
29-yanvarda tuzilgan Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan 2020-
yil 16-martdan boshlab an’anaviy ta’lim jarayonlari vaqtinchalik to‘xtatildi. Ta’lim 
tizimida masofaviy texnologiyalarning joriy qilinishi natijasida 10 mingdan ziyod 
ta’lim muassasalarida 7 million o‘quvchi (2019/2020-o‘quv yili, ya’ni o‘quv yilining 
3-choragi 19-martda tugatilib, boshlang‘ich 1-4-sinflar, yuqori 5-11-sinflarda 
4-chorak, ya’ni 29-martdan to 25-maygacha) to‘liq onlayn tizimga o‘tkazildi.
Unda ta’lim dasturlariga hech qanday o‘zgartirishlar yoki qisqartirishlar 
kiritilmagan holda ta’lim davom ettirildi. Bu davr davomida onlayn tizimga 
o‘tishda imkoniyat mavjud bo‘lmagan jismoniy tarbiya (5-11-sinflarda) va 
texnologiya darslari (6-11-sinflarda) to‘xtatildi. 
2020-yil avgust oyida 2020-2021-o‘quv yili uchun maktablarni qayta ochish 
bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligi tomonidan alohida so‘rovnoma o‘tkazilib, ota-
onalarning fikri o‘rganildi. Bu tadbirda 5 million 500 ming nafar ota-onalar 
ishtirok etib, ularning 76% ta’lim jarayonini maktabga, ya’ni sanitariya-gigiena 
qoidalariga rioya qilgan holda an’anaviy shaklda olib borish tarafdori bo‘lishdi, 
24% esa masofaviy shaklda – teledarslar orqali davom ettirishni ma’qul topishdi. 
Shu asosda Respublika rahbariyati, maktablarda ta’lim jarayonini bir vaqtning 
o‘zida ikki xil shaklda tashkil etishga qaror qilindi. Ya’ni, aksariyat ota-onalar talabiga 
ko‘ra an’anaviy va shu bilan birga masofaviy shaklda yo‘lga qo‘yildi. Videodarslarni 
sifatli tayyorlash, bu jarayonga davlat va nodavlat telekanallarini faol jalb etish
4 ta telekanalda doimiy efirga uzatib borish zarurligi qayd etilib nazoratga olindi.
Televizion darslarni tasvirga olishda imkoniyati cheklangan bolalarni o‘qitish 
ham inobatga olinib, dars mashg‘ulotlari kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarga 
surdopedagog hamda surdotarjimonlar, ko‘zi ojiz bolalarga esa televizion dars 
mashg‘ulotlarini ovozli eshitib, tushunib olishlariga imkon yaratildi.



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin