Izlanishlar, yechimlar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/112
tarix25.09.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#148611
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   112
Jurnal Xalq ta\'lim sayt uchun

45
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
Maktablarning an’anaviy shaklda ochilishi to‘g‘risidagi qarorlar har bir 
maktab bo‘yicha individual tarzda mahalliy Kengashlar deputatlari ruxsatidan 
so‘ng qabul qilingan. Bunda ularning haqiqiy tayyorgarligi, hududdagi yoxud 
maktabdagi sanitariya-epidemiologik vaziyat, o‘qituvchilar orasida koronavirus 
kasalligining qayd etilishi va sog‘liqni saqlash tizimi xulosalari hisobga olingan. 
Shu bois, maktablar vaziyatdan kelib chiqib, bosqichma-bosqich faoliyatini 
tiklagan.
Maktabda ta’lim 3 ta ssenariy bo‘yicha tashkil etilgan:
1) 
an’anaviy ta’lim;
2) 
onlayn maktab orqali o‘qitish;
3) 
aralash (gibrid) ssenariy — ham an’anaviy, ham onlayn. 
“Farzandingizni pandemiya sharoitida maktabga yuborishga tayyormisiz?” 
nomli so‘rovnomada telegram orqali qatnashgan deyarli 1 mln. foydalanuvchidan 
70% ota-ona bola sog‘lig‘idan xavotirda bo‘lib, uyda o‘zi onlayn o‘qitishi 
mumkinligi, 30% esa pandemiya sharoitida ham farzandini maktabga yuborishini 
bildirgan.
An’anaviy shaklda ta’lim olib borgan maktablar maxsus sanitariya qoidalariga 
amal qilgan holda faoliyat yuritgan. Xususan, 
- shaxsiy gigiyena, suv ta’minoti va sanitariya
- umumta’lim maktabining sanitariya holati va ularga xizmat ko‘rsatish;
- maktabga tashqaridan infeksiyaning kirishiga yo‘l qo‘ymaslik; 
- o‘qituvchilar, o‘quvchilar va boshqa maktab xodimlari orasida COVID-19 
tarqalishining oldini olish choralarini ko‘rish. 
Shu bilan birga, niqob-respiratorsiz maktabga kirish ta’qiqlangan. Niqob 
kamida har 3 soatda, respiratorlar kamida har 8 soatda o‘zgartirilishi lozim bo‘lgan. 
Maktabga kirishdan avval, maktabning tibbiy xodimlari – mas’ul xodimlari 
tomonidan «ertalabki filtrlash» bo‘yicha ishlar amalga oshirilib, o‘quvchilar kirish 
joylarida o‘rnatilgan maxsus dispanserdan antiseptik vosita yordamida qo‘llarini 
zararsizlantirish tartibi o‘rnatilgan. Shuningdek, sanitariya talablari qatorida 
sinflarda har bir o‘quvchiga 2 m² dan kam bo‘lmagan maydon belgilab qo‘yilgan. 
Barcha o‘quvchilar bitta binoda ta’lim oladigan kam sonli o‘quvchilari bo‘lgan 
maktablarda, binoning 1 va 2-qavatlari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun, 3 va 
4-qavatlar yuqori sinf o‘quvchilari uchun ajratilgan.
Shuningdek, pedagoglar va o‘quvchilarning xavfsizligini ta’minlash 
maqsadida, 1 oktabrga qadar grippga va mart oyidan COVID-19ga qarshi 
to‘liq bepul emlangan hamda o‘quvchi va pedagoglar salomatligini saqlash 
maqsadida maktablarni zarur tibbiy va antiseptik vositalar bilan ta’minlangan.



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin