46 A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
VI. TA’LIMNI MOLIYALASHTIRISH Davom etayotgan pandemiya sharoitida ta’limni moliyalashtirish
global muammo bo‘lmoqda. Ta’lim tizimlari va maktablari masofaviy ta’lim
strategiyalariga investitsiya qilish, xavfsiz sanitariya sharoitlarini ta’minlash va
o‘qituvchi yetishmasligi muammolarini hal qilish hamda eng zaif o‘quvchilar
orasida ta’lim yo‘qotishlarini bartaraf etishda moliyalashtirishga talab ortib
bormoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, COVID-19 natijasida 2030-yilga kelib daromadi
kam mamlakatlarda moliyalashtirish tanqisligi 3 barobar oshib, 200 mlrd dollarni
tashkil etgan.
49% mamlakatlar maktabgacha, boshlang‘ich va o‘rta ta’limda COVID-19
pandemiyasi davrida maktablarni qo‘llab-quvvatlash uchun ta’limga sarf-
xarajatlarni oshirdi va 43% mamlakat barqaror byudjetni e’lon qilgan.
Daromadi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda 1 ta o‘quvchining ta’lim olishiga
qilinadigan xarajat yiliga 10 300 AQSh dollarini tashkil qilgan bo‘lsa, daromadi
o‘rtachadan yuqori bo‘lgan mamlakatlarda ushbu ko‘rsatkich 2 400 dollarni
tashkil qilgan. Daromadlari o‘rtachadan kam va daromadi kam bo‘lgan
mamlakatlarda o‘rta ta’limdagi bir o‘quvchiga 1 000 dollardan kam mablag‘
ajratilgan.
Daromadi kam bo‘lgan mamlakatlar hukumatlari ta’limga ham milliy boylikning
kichikroq ulushini ajratgan. 2018-19-yillarda daromadi kam bo‘lgan mamlakatlarda
ta’lim xarajatlari davlat YIMning 3,5%ni, yuqori daromadli mamlakatlarda
esa 4,7%ni tashkil etgan. O‘rta daromadli mamlakatlarning taxminan 16%i
2020-yilda maktabgacha, boshlang‘ich va o‘rta ta’lim uchun byudjet
qisqartirganligini qayd etgan. Daromadi kam bo‘lgan mamlakatlarning hech biri
ta’lim xarajatlarini kamaytirmagan.