Izlanishlar, yechimlar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/112
tarix25.09.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#148611
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   112
Jurnal Xalq ta\'lim sayt uchun

43
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
qismidan kamrog‘i maktablarni qayta ochish bo‘yicha qayta ro‘yxatdan o‘tish, 
darslarda qatnashishni monitoring qilish bo‘yicha takliflarni kiritgan.
Shundan keyin o‘qish tiklangandan keyingi kuzatuvlar yutuqlar mavjudligini 
ko‘rsatgan, chunki maktablarning yopilishi boshlanganidan bir yil o‘tgach, 
mamlakatlarning 85%i boshlang‘ich va o‘rta maktab o‘quvchilarining maktabga 
borishiga erishilgan. (5-4- rasm).
Yuqori daromadli mamlakatlarda 50%ga yaqin maktablar ochilganda, 
o‘quvchilarning deyarli barchasi maktabga borganligini ma’lum qilingan. Shu 
bilan birga, daromadi past va o‘rta bo‘lgan mamlakatlarning 1/3 qismi, maktablar 
ochilganida o‘quvchilarining barchasi o‘qishga qaytishganini e’tirof etgan. Dunyo 
miqyosida barcha mamlakatlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining davomat 
darajasi pastligi aytilgan (daromadi past bo‘lgan mamlakat guruhlaridan 
tashqari).
Maktablarning yopilishining o‘quvchilar farovonligiga salbiy ta’sirini 
minimallashtirish maqsadida daromadi o‘rta va yuqori bo‘lgan mamlakatlarda 
o‘quvchilarning psixologik va ruhiy salomatligi qo‘llab-quvvatlangan. Shu bilan 
birga, daromadi past bo‘lgan mamlakatlar ushbu turdagi qo‘llab-quvvatlash 
haqida ma’lumot kam bergan.
Dunyo miqyosida, mamlakatlarning 2/3 qismidan ko‘prog‘i maktablar 
ochilganda boshlang‘ich va o‘rta maktab o‘quvchilari uchun o‘qishdagi 
bo‘shliqlarni bartaraf etish bo‘yicha korreksiya choralari keng tatbiq etilganligini 
ma’lum qilgan (5-6-rasm). Bu so‘rovnoma oldingi bosqchilariga nisbatan o‘sish 
borligini ko‘rsatadi. 


44
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI 
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI 
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
Umuman olganda, so‘rovnoma natijalariga ko‘ra aksariyat mamlakatlar 
bolalarning maktablarga qaytishini qo‘llab-quvvatlash borasida yutuqlarga 
erishmoqda. Biroq, ba’zi kamchiliklar saqlanib qolgan. Maktabga qaytishda 
maktabgacha yoshdagi o‘quvchilarni kuzatib borish va qo‘llab-quvvatlash 
ehtimoli ancha past bo‘lgan. Ushbu bo‘shliqni bartaraf etish bo‘yicha harakatlar 
hozirgi inqirozning eng yosh o‘quvchilarga bo‘lgan uzoq muddatli ta’sirini nafaqat 
kamaytiradi, balki kelajakdagi inqirozlarga qarshi ta’lim tizimining barqarorligiga 
hissa qo‘shadi. Daromadi past bo‘lgan mamlakatlarda qizlarning maktabga 
qaytishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarning yetishmasligi 
ham e’tiborni o‘ziga tortadi. Chunki bu sharoitda o‘spirin qizlar maktablarning 
uzoq muddat yopilishidan keyin maktabni tashlab ketish ehtimoli katta ekani 
aniqlangan. 
Aksariyat mamlakatlar sohalarning boshqaruvini muvofiqlashtirishni talab 
qiladigan choralardan kam foydalangan. Bu ajablanarli bo‘lmasligi mumkin, lekin 
shuni ham e’tiborga olish kerakki, murakkab, ko‘p tarmoqli tadbirlar ko‘pincha 
barcha tizimlarning samaradorlik darajasini yanada oshirishi kuzatilgan. Masalan, 
sog‘liqni saqlash va ovqatlanish sohalari bilan muvofiqlashtirish, maktablar 
yopilishining ko‘p o‘lchovli ta’sirini bartaraf etish uchun juda muhimdir. Ushbu 
sohada, ayniqsa, daromadi past bo‘lgan mamlakatlar keng ko‘lamli qo‘llab-
quvvatlashga muhtoj.
O‘zbekiston:
Karantin qoidalarining yumshatilishi kasallik holatlarining ortishiga olib 
kelishi mumkinligi, ularni davolashga ham qo‘shimcha vaqt talab etilishi 
kerakligi hamda o‘qish boshlanishidan avval ularni davolab, kamaytirish 
muhimligi kabi faktorlarni inobatga olib ekspertlar fikridan kelib chiqqan holda, 
2020-2021-o‘quv yili 14-sentabrdan 2 ming 635 ta umumta’lim maktabi ota-
onalar talabiga ko‘ra an’anaviy, shu bilan birga, masofaviy shaklda ish faoliyatini 
boshlagan.



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin