32
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI
MUAMMOLARINI O‘RGANISH
VA ISTIQBOLLARINI
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
boshlang‘ich ta’limda 63%, o‘rta ta’limda 59%, yuqori sinflarda esa 75%ni tashkil
qilgan.
Ta’limda o‘zgartirish kiritgan mamlakatlarning hech biri ta’lim
mazmunini
tubdan o‘zgartirish siyosatini olib bormagan. Ayrim mamlakatlar imtihonlarni
bekor qilgan bo‘lsa, boshqalari imtihonlarni kechiktirish yoki davlat imtihonlari
o‘rniga muqobil baholashni taklif qilishgan.
Davlat imtihonlarini kechiktirish yoki qoldirish barcha aholi guruhlari uchun
ma’qul yondashuv bo‘ldi, vaholanki, u daromadi kam va o‘rtachadan kam bo‘lgan
mamlakatlarda keng tarqalgan.
Butun dunyoda 30% mamlakatlar boshlang‘ich sinflarda va 18% o‘rta
ta’limning yuqori sinflarida imtihonlarni bekor qilgan.
Ayrim mamlakatlar
sog‘liqni saqlash va xavfsizlik standartlarini takomillashtirish, imtihon mazmunini
o‘zgartirish yoki imtihonlarni onlayn o‘tkazish chora-tadbirlari orqali imtihonlarni
yengillashtirish siyosatini joriy qilgan. O‘rta maktabning yuqori sinflaridagi davlat
imtihonlari aksariyat mamlakatlarda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, odatda oliy
ta’limga kirishda ishlatiladi.
Imtihon mazmunini o‘zgartirish, asosan, daromadi kam yoki o‘rtacha bo‘lgan
mamlakatlar uchun xos bo‘ldi. Daromadi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda imtihon
o‘tkazish usulini o‘zgartirish keng tarqalgan.