15
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
Voxobjon Turajanovich RAJAPOV,
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi
vaziri oʻrinbosari
MAMLAKAT KELAJAGI UCHUN
MAS’ULLIK HISSI
Davlatimiz
rahbari
Shavkat
Mirziyoyevning
“Yangi
O‘zbekiston”
gazetasi bosh muharririga bergan intervyusi keng jamoatchilik o‘rtasida
qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. O‘zbekiston aholisi va xalqaro
jamoatchilik Prezidentning har galgi chiqishlarini katta qiziqish bilan kutib
oldi.
Mamlakatimizdagi islohotlar, jamiyatdagi yangi tamoyillarni hayajon bilan
kuzatgan hamda davlatimiz rahbarining murojaati, nutqi va mulohazalarini
ko‘p bor ko‘rgan, tinglagan, e’tirof etgan. Biroq “Yangi O‘zbekiston”
gazetasi
bosh muharriri savollariga javobi — Shavkat Mirziyoyevning Prezidentlik davrida
amalga oshirilgan ishlarga yangicha formatdagi tahlili o‘laroq, matbuotda e’lon
qilingani alohida ahamiyatga ega ekanligi bois barchaning e’tiborini tortdi.
Xo‘sh, bu o‘ziga xoslik dastavval, nimalarda ko‘zga tashlanadi? Avvalo, xalqimiz
mustaqillikka erishgandan so‘ng bosib o‘tgan 30 yillik tarixiy davrda amalga
oshirilgan demokratik o‘zgarish, ijtimoiy-siyosiy jarayon, yangilanishlarning
mazmun-mohiyati,
ozod va erkin, adolatli jamiyat barpo etish yo‘lidagi og‘ir,
mashaqqatli sinovlar, taraqqiyot yo‘li chuqur tahlil etib berilgani e’tiborga
molik. Shu bilan birga, ayni kunlarda istiqlol bayrami oldidan mamlakatimizda
olib borilayotgan tayyorgarlik, joylardagi keng ko‘lamli bunyodkorlik va
obodonlashtirish ishlari, jumladan, poytaxtga tutash 100 gektardan ortiq ulkan
hududda “Yangi O‘zbekiston” bog‘i hamda betakror
Mustaqillik majmuasi
qurilayotgani, eng ulug‘, eng aziz bayram mana shu yangi maydonda o‘tkazilishi
haqida fikrlar har bir fuqaro qalbiga faxr tuyg‘usini soldi.
Davlatimiz rahbari o‘tgan yillarda xalqimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan
o‘zgarishlar, xususan, Vatanimiz suveren davlat sifatida jahon hamjamiyatidan
munosib o‘rin olgani, O‘zbekistonda zamonaviy davlatchilik asoslari yaratilgani,
konstitutsiyaviy tuzumga asos solinib, tinch-osoyishta
hayot hamda milliy
manfaatlarimizni ishonchli himoya qilishga qodir bo‘lgan Qurolli Kuchlar tashkil
etilgani, milliy valyuta va oltin-valyuta zaxiralari shakllantirilgani, boy madaniy
16
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI
BELGILASH
ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
meros, milliy-diniy qadriyatlar asosida o‘zligimiz tiklanganini alohida ta’kidladi.
Lekin bu o‘zgarishlar o‘z-o‘zidan amalga oshmagani ayon. Taraqqiyot yo‘limiz
xato va kamchiliklardan ham xoli bo‘lmadi, demokratik jamiyat barpo etish
jarayonlari murakkab va tahlikali bo‘lib, ularni ijobiy hal etishda ba’zan bilim
va tajriba, iroda va qat’iyat yetishmagani ham ochiq-oydin tan olindi. Muhimi,
mamlakatimizni taraqqiyotning yangi, yuksak bosqichiga ko‘tarish, mazmunan
yangi islohotlarni amalga oshirish hayotiy zarurat, eng muhim strategik vazifaga
aylandi.
Davlatimiz rahbari mustaqillik bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy jarayonlarni
tahlil
etar ekan, o‘tgan asrning boshlarida erk va adolat, ilm-ma’rifat va milliy
o‘zlikni anglash g‘oyalarini kurash maydoniga olib chiqqan jadid bobolarimiz
matonatini alohida e’tirof etdi. O‘z davrida bu ilg‘or g‘oyalar xalqning azaliy orzu-
armonlarini ifodalangan bo‘lsa-da, biroq maqsadlar to‘liq amalga oshmay qoldi.
Jadid bobolarning erk haqidagi orzu-niyatlari xalqimiz tarixiy xotirasida saqlanib
qolgani va hanuz yashayotganini davlatimiz rahbari alohida e’tirof etib, “
Dostları ilə paylaş: