Izlanishlar, yechimlar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/112
tarix25.09.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#148611
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   112
Jurnal Xalq ta\'lim sayt uchun

121
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
3-6 sinflarda fanning oʻziga xos maqsadi oʻquvchilarni oʻzini namoyon 
qilish, oʻzaro taʼsir oʻtkazish salohiyatlari, oʻqish va yozish qobiliyatlari va 
strategiyalariga yoʻnaltirishdir. Bundan tashqari, ushbu bosqichda matn 
janrlari doirasi kengayadi. Oʻquvchilarga koʻproq turli xil matnlarni talqin qilish, 
tahlil qilish, tuzish va baholash koʻnikmalari oʻrgatiladi. Oʻquvchilar tomonidan 
tanlangan qiziqarli kitoblar va boshqa multimediali matnlar oʻquv jarayoniga jalb 
qilinadi. Oʻquvchilar oʻqish orqali oʻzlarining dunyoqarashlarini kengaytirishadi. 
Maktabdan tashqari madaniy va multimedia xilma-xilligi orqali ona tili va 
adabiyotni oʻrganish imkoniyatlaridan keng foydalaniladi. 
Oʻzbekistonda esa – oʻquvchiga tilni oʻqitish orqali shu til boʻyicha 
egallanadigan nutqiy faoliyat turlari: tinglab tushunish, gapirish, oʻqish va yozish 
amallarini har bir sinfda oʻrgatish, mustaqil ravishda fikr almasha olish, eshitilgan 
matnni idrok etish, yozma manbalarni oʻqish orqali axborot olish, voqea-
hodisalarga oʻz munosabatini bildirish tarzida muloqotga kirish malakasini 
egallab borish dinamikasi nazarda tutiladi. 
Adabiyot soʻz sanʼati, shu sababli ona tilini puxta oʻzlashtirmasdan turib, 
adabiyotning goʻzalligi va qudratini anglab boʻlmaydi. Ona tili va adabiyot fani 
darslarida oʻquvchida soʻzga qiziqish va eʼtibor hissini muntazam surʼatda 
oʻstirib borishdan, ularga soʻzning ahamiyati, turli matnlarda tutgan oʻrnini 
tushuntirishdan iborat.
Finlyandiya taʼlimida taʼlim bosqichlari oʻrtasida uzviylik masalasiga alohida 
eʼtibor qaratilgan. Maktabgacha taʼlimdan boshlangʻich taʼlimga oʻtishda, 
maktabda 2-sinfdan - 3-sinfga, 6-sinfdan yaʼni boshlangʻichdan yuqori sinfga 
7-sinfga oʻtishda chorrahali (перекрёстныe) kompetensiyalar talablari oʻquv 
dasturlarida aks ettirilgan va mana shu oʻtish bosqichlarida alohida uzviylik, 
uzluksizlikka amal qilish bilan birga, oʻquvchilarni mana shu bosqichlarda sezilarli 
darajada qoʻllab- quvvatlanadi, ayniqsa oʻzlashtirishda orqada qolayotgan 
oʻquvchilarga alohida eʼtibor bilan yondashiladi. Chunki, finlardan taʼlim sifatining 
yuqoriligi haqida soʻralganda, ular oʻquvchilarni imtihonga emas, balki hayotga 
tayyorlashni va eʼtiborni iqtidorlilarga emas, balki sust oʻzlashtiruvchilarga 
qaratishini aytishadi va iqtidorlilar shundoq ham hayotda oʻz oʻrnini topib 
olishlarini qayd etishadi. 
Oʻquvchilarda fanlarga oid kompetensiyalardan tashqari, barcha fanlar 
uchun

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin