J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019


Xalqaro hisob-kitoblar (Mejdunarodnie rascheti, International settlements



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/112
tarix05.12.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#172970
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112
XALQARO MOLIYA BOZORI TAHLILI o’quv qo’llanma

Xalqaro hisob-kitoblar (Mejdunarodnie rascheti, International settlements
)
 – 
tashqi savdo, kapitallar va kreditlarning harakati bilan bog’liq valyutaviy operatsiyalar, 
valyutada oldi-sotdi qilish operatsiyalari va boshqa tovarsiz harakatdagi operatsiyalar 
majmui tushuniladi. 
Xalqaro Valyuta Fondi (Mejdunarodniy valyutniy fond, International 
Monetary Fund)
– a’zo davlatlar o’rtasida valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solish 
va ularga to’lov balansining kamomadi bilan bog’liq valyutaviy qiyinchiliklar paytida 
chet el valyutasida qisqa va o’rta muddatli kreditlar berish yo’li bilan moliyaviy yordam 
ko’rsatish uchun mo’ljallangan hukumatlararo tashkilotdir. 
Xalqaro 
korporatsiyalar 
(Mejdunarodnie 
korporatsii, 
International 
corporations)
– jahon tovar va ishlab chiqarish omillari bozorlariga sezilarli darajada 
ta’sir ko’rsatuvchi yirik kompaniyalardir. 
Xalqaro 
iqtisodiy 
xavfsizlik 
(Mejdunarodnaya 
ekonomicheskaya 
bezopasnost, International economic security)
mamlakatlarning iqtisodiy 
manfaatlariga zarar keltiruvchi xavflar va ularning iqtisodiyotini izdan chiqarishga 
bo’lgan urinishlarni bartaraf etishning kafolatlangan mexanizmini yaratishga qaratilgan 
kompleks chora-tadbirlar yig’indisi. 
Xalqaro 
iqtisodiy 
integratsiya 
(Mejdunarodnaya 
ekonomicheskaya 
integratsiyab International economic integration)
– milliy iqtisodiyotlarning yagona 
ishlab chiqarish jarayoniga qo’shilishi. 
Xalqaro 
moliya 
tashkilotlari 
(Mejdunarodnie 
finansovie 
instituti, 
International financial institutions) 
– jahon iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlash 
uchun moliya va valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solish maqsadlarida davlatlararo 
kelishuv asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotlarni ifodalaydi.


193 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin