148
-
sekyuritizatsiya qilinadigan aktivlar originatordan ajratilgan bo‘lishi kerak,
ya’ni qonuniy-me’yoriy xujjatlarda bunday aktivlar bo‘yicha talablarga qarshiliksiz yo‘l
qo‘yib berish tartiblari ko‘rsatilishi lozim;
-
etarli miqdor(hajm) bo‘lishi kerak;
-
qarzdorlar geografik jihatdan yoki boshqa turli diversifikatsiya qilinishi lozim;
-
aktivlarning xususiyatlari yuqori darajada standartlashtirilishi kerak;
-
kirib keluvchi (ipoteka va boshqa kreditlar, qarzli hamda turli aktivlar bo‘yicha
foiz stavkalari) va chiqib ketuvchi to‘lovlar (qimmatli qog‘ozlar daromadi) orasida
etarlicha farq (marja) bo‘lishi lozim.
Aktivlar sekyuritizatsiya jarayonining asosiy elementlari quyidagi operatsiyalarda
namoyon bo‘ladi:
-
korxona (originator) aktivlarini qaytarib olmaslik huquqi bilan yoki cheklangan
huquq (Non- yoki Limited recourse) doirasida sotish;
-
aktivlarni qimmatli qog‘ozlarni chiqarish orqali qayta moliyalashtirish
maqsadida maxsus tuzilgan xo‘jalik yurituvchi tashkilot (MMT) qo‘shimcha ta’minot
(Credit and Liquidity Enhancements) bilan bankrotlikdan himoyalangan va mustaqil
faoliyat yurituvchi yuridik shaxs hisoblanadi (Bankruptcy-remote Special Purpose
Vehicle, SPV);
-
aktivlar sekyuritizatsiyasiga asoslangan turli shakldagi qimmatli qog‘ozlarga
zamonaviy va to‘liq kafolatlangan xizmat ko‘rsatish uchun huquqiy asos bilan valyuta va
foiz svoplaridan, aniq bir foiz asosida mablag‘lar quyilganligini kafolatlovchi investitsion
sertifikatlardan (Guaranteed Investment Certificate) va boshqa turli derivativlardan
foydalanishga imkon beriladi;
-
investorlar qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha majburiyatlarni bajarish va ta’minlash
maqsadida garov sifatida sotilgan aktivlar qoldiriladi yoki ularni ta’minlashdagi barcha
huquqi bilan ishochli shaxsga (Boshqaruvchi agent) topshiriladi. Ishonchli shaxs bu
huquqdan investorlar manfaatlari uchun foydalanadi.
Dostları ilə paylaş: