62
1. Banklarda AQSh dollarida qo‘yiladigan depozitlarning o‘rtacha foiz stavkasi
yillik 4% bo‘lsin, AQSh dollarida beriladigan kreditlarning o‘rtacha foiz stavkasi yillik
8% bo‘lsa, bu ko‘rsatkichlar o‘zbek so‘mida ko‘yiladigan depozitlar bo‘yicha o‘rtacha
yillik foiz stavkasi 15%, beriladigan kreditlar bo‘yicha o‘rtacha yillik foiz stavkasi 20%ni
tashkil etsa, bugungi kundagi kurs 1$ = 1300 – 1350 so‘m bo‘lsa, 1 yildan so‘ng valyuta
operatsiyalarini amalga oshiruvchi mijozga bank valyutalarni qanday xarid qilish va
sotish kurslarini taklif eta oladi (bank depozit va kredit foiz stavkalari asosida
hisoblansin)?
Echimi:
Berilgan: 1$ = 1300 – 1350 so‘m,
AQSh dollari
So‘m
Depozit foiz stavkasi
4%
15%
Kredit foiz stavkasi
8%
20%
1.Holat:
Agar mijoz 1000$ni bank dan sotib olmoqchi bo‘lsin. Bank taklif etuvchi kursni
hisoblaymiz. Unga teng mablag‘ni bank depozitiga saqlashi kerak ya’ni 1 yildan keyin
1040$(1000$*1.04)ga oshadi. Mijoz esa 1000$*1350 so‘mdan olganda 1 350 000 teng
mablag‘ni ishlab chiqarishga jalb etishi mumkin va uni kamida 20%ga oshirishi mumkin,
ya’ni 1 350 000*1.2 = 1 620 000ga oshirish imkoniyati bor. Bank o‘z foydasiga
ishlaganligi bois quyidagi kursni taklif etadi: 1040$ = 1 620 000, 1$ = 1557.6923;
Demak, 1 yildan keyin 1$ni sotish kursi 1$ = 1557.6923;
2.Holat:
Agar mijoz 1000$ ni bankka sotmoqchi bo‘lsin. Bank bir yildan keyin mijozdan 1$ni
necha so‘mdan sotib olishini hisoblaymiz. Bank 1000$ga teng miqdordagi mablag‘ni
depozitga saqlab turadi, chunki u o‘z foydsiga ishlaydi, ya’ni 1000*1300 = 1 300 000
so‘mni 15%lik depozitga saqlasa 1 300 000*1.15 = 1 495 000 so‘mga oshadi. Mijoz esa
1000$ni 1000$*1.08 = 1080$ga oshirishi mumkin. Demak bir yildan keyin bank sotib
63
oladigan kurs: 1080$ = 1 495 000 so‘m bundan 1$ = 1384.25926 so‘m, ya’ni bir yildan
keyingi bankning xarid kursi 1$ = 1384.25926 so‘m.
Javobi: 1$ bir yildan so‘ng xarid kursi 1384.25926 – sotish kursi 1557.6923 so‘m.