J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019


-rasm. Jahon qimmatli qog’ozlar bozori tarkibiy tuzilishi



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/112
tarix05.12.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#172970
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   112
XALQARO MOLIYA BOZORI TAHLILI o’quv qo’llanma

1-rasm. Jahon qimmatli qog’ozlar bozori tarkibiy tuzilishi 
Birlamchi bozor – 
qimmatli qog‘ozlar 
emissiyasi 
Evromoliyaviy bozor: 
evroobligatsiya, evroaktsiya, 
evroveksel, yangi moliyaviy 
vositalar 
Hosila moliyaviy vositalar 
bozori 
Ikkilamchi bozor – avval 
chiqarilgan qimmatli 
qog‘ozlar savdosi 
JAHON QIMMATLI 
QOG‘OZLAR 
BOZORI 


120 
Xalqaro qarz qimmatli qog’ozlarini fond bozorlarida muomalada bo’luvchi asosiy 
ikki, ya’ni evroobligatsiya va chet el obligatsiyalari shakllari mavjud. 
Nominal qiymati obligatsiya joylashtiriladigan mamlakatning milliy pul birligida 
bo’lgan, ya’ni obligatsiya emitenti uchun xorijiy valyutadagi va ushbu mamlakat fond 
birjasida kotirovka qilinadigan obligatsiyalar - 
chet el obligatsiyalari
hisoblanadi. 
Masalan, Frantsiyaning Angliyada joylashtirish uchun chiqarilgan qarz obligatsiyalari 
nominali funt sterlingda ifodalanadi, Angliya fond birjasidagi kotirovka natijalari asosida 
ingliz investorlari tomonidan sotib olinadi. Ya’ni chet el obligatsiyalari ma’lum bir 
mamlakatga ushbu davlat qonun-qoidalari asosida joylashtiriladi. Chet el obligatsiyalari 
ham odatda, jahonning yirik moliyaviy markaz shaharlarida, masalan Nyu-York, London, 
Yaponiya va boshqa shaharlarda joylashtiriladi. Chet el obligatsiyalaridan foydalanish 
amaliyotga 500 yildan beri mavjud bo’lsa, evroobligatsiyalar paydo bo’lganiga hozirda 
atigi 30 yil bo’ldi. 
Bugungi kunda chet obligatsiyalarini asosan rivojlangan mamlakatlar emissiya 
qilishmoqda. Ba’zi mamlakatlar tomonidan emissiya qilingan chet el obligatsiyalari 
o’ziga xos nom bilan ataladi. Masalan, Shveytsariya obligatsiyalari - Chocolate Bonds, 
Yaponiya obligatsiyalari - Samourai Bonds, AQSh obligatsiyalari - Jankee Bonds, Buyuk 
Britaniya obligatsiyalari – Bulldog va h.k.. jahon fond bozorining ushbu segmenti 
evroobligatsiyalarni ko’payishi hisobiga qisqarib bormoqda.

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin