121
Evroobligatsiyalar va chet el obligatsiyalari o’rtasidagi o’xshashlik ularni
mamlakatlar o’rtasida kapitalni qayta taqsimlash vositasi bo’lib hisoblanishida,
shuningdek, ularni emitent mamlakatlar milliy valyutasidan
farqli boshqa valyutada
emissiya qilinishida namoyon bo’ladi.
Evroobligatsiyalar va chet el obligatsiyalari o’rtasidagi farq esa quyidagilardan
iborat:
Birinchidan, evroobligatsiyalar erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada emissiya
qilinadi. Chet el obligatsiyasi esa uning emitenti uchun ixtiyoriy xorijiy valyutada
emissiya
qilinadi, ya’ni bunday valyutalar erkin konvertatsiya qilinadigan valyuta
bo’lmasligi ham mumkin.
Ikkinchidan, chet el obligatsiyalari joylashtiriladigan mamlakatda ro’yxatga
olinadi, uning nominal qiymati joylashtiriladigan mamlakat uchun milliy valyutada
bo’ladi, u faqat joylashtiriladigan mamlakat fond bozorida muomalada bo’ladi.
Evroobligatsiyalar esa, ma’lum bir mamlakatga ro’yxatga olinmasdan joylashtiriladi, bir
vaqtning o’zida bir necha mamlakatlar fond bozorlarida muomalada bo’lishi mumkin,
shuningdek, obligatsiya nominali ko’rsatilgan milliy yoki xalqaro valyutaning xususiyati
emitentining milliy xususiyatlari mos kelmasligi lozim. Evroobligatsiyalarni
dastlabki
joylashtirish to’g’ridan-to’g’ri emitent joylashgan mamlakatning milliy fond bozorlarida
amalga oshirilmasdan, balki xorijiy mamlakatlar milliy fond bozorlagida amalga
oshiriladi va ular orqali emitent joylashgan mamlakat milliy
fond bozorlariga kelib
tushishi va muomalasi amalga oshirilishi mumkin.
Milliy fond bozori vositasi bo’lgan oddiy obligatsiyalar bilan xalqaro fond
bozorining maxsus vositasi bo’lgan evroobligatsiyalar o’rtasidagi asosiy farqlar
quyidagilarda namoyon bo’ladi:
-
xalqaro anderrayter konsortsiumlari yoki investitsion banklarni o’z
ichiga
oluvchi oddiy sindikatlar tomonidan bir vaqtning o’zida bir necha mamlakatlarda
evroobligatsiyalar emissiyasi amalga oshiriladi;
-
sindikat tomonidan ko’rsatilgan hududlarda joylashtirilgan evroobligatsiyalar
emissiyasi hech qaysi bir mamlakatdan ro’yxatdan o’tmaydi. Evroobligatsiyalar
muomalasi ma’lum bir davlatning obligatsiyalar muomalasini
tartibga solishning
122
iqtisodiy-huquqiy me’yorlari orqali tashkil etilmaydi, balki evroobligatsiyalar asosan
xalqaro huquqiy me’yorlar bo’yicha
tartibga solinadi;
Dostları ilə paylaş: