120
Xalqaro qarz qimmatli qog’ozlarini fond bozorlarida muomalada bo’luvchi asosiy
ikki, ya’ni evroobligatsiya va chet el obligatsiyalari shakllari mavjud.
Nominal qiymati obligatsiya joylashtiriladigan mamlakatning milliy pul birligida
bo’lgan, ya’ni obligatsiya emitenti uchun xorijiy valyutadagi va ushbu mamlakat fond
birjasida kotirovka qilinadigan
obligatsiyalar -
chet el obligatsiyalari
hisoblanadi.
Masalan, Frantsiyaning Angliyada joylashtirish uchun chiqarilgan
qarz obligatsiyalari
nominali funt sterlingda ifodalanadi, Angliya fond birjasidagi kotirovka natijalari asosida
ingliz investorlari tomonidan sotib olinadi. Ya’ni chet el obligatsiyalari ma’lum bir
mamlakatga ushbu davlat qonun-qoidalari asosida joylashtiriladi. Chet el obligatsiyalari
ham odatda, jahonning yirik moliyaviy markaz shaharlarida, masalan Nyu-York, London,
Yaponiya va boshqa shaharlarda joylashtiriladi. Chet el obligatsiyalaridan
foydalanish
amaliyotga 500 yildan beri mavjud bo’lsa, evroobligatsiyalar paydo bo’lganiga hozirda
atigi 30 yil bo’ldi.
Bugungi kunda chet obligatsiyalarini asosan rivojlangan
mamlakatlar emissiya
qilishmoqda. Ba’zi mamlakatlar tomonidan emissiya qilingan
chet el obligatsiyalari
o’ziga xos nom bilan ataladi. Masalan, Shveytsariya obligatsiyalari - Chocolate Bonds,
Yaponiya obligatsiyalari - Samourai Bonds, AQSh obligatsiyalari - Jankee Bonds, Buyuk
Britaniya obligatsiyalari – Bulldog va h.k.. jahon fond
bozorining ushbu segmenti
evroobligatsiyalarni ko’payishi hisobiga qisqarib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: