J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019


uning ishtirokchilarining xususiyatlari



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/112
tarix05.12.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#172970
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   112
XALQARO MOLIYA BOZORI TAHLILI o’quv qo’llanma

uning ishtirokchilarining xususiyatlari. 
 
Jahon ssuda kapitallari bozori faoliyati qimmatli qog’ozlar emissiyasi va oldi-
sotdisi amalga oshiriladigan jahon fond bozori bilan uzviy bog’liq holda rivojlanadi. 
Ushbu bog’liqlik aktivlar sekyuritizatsiyasi (inglizcha securities – qimmatli qog’ozlar), 
xususan bank kreditlari bilan ta’minlangan qimmatli qog’ozlarni chiqarish jarayoni bilan, 
hosila moliyaviy vositalar yangicha turlarini amaliyotda ko’payishi bilan kuchayib 
bormoqda. Aktivlar seyuritizatsiyasiga asoslangan qimmatli qog’ozlar bankdan 
qarzdorning kreditni so’ndirish uchun to’lagan mablag’lari hisobidan qoplanadi.


119 
Jahonda qimmatli qog’ozlarning birlamchi bozorida yangi chiqarilgan qimmatli 
qog’ozlarning savdosi, ya’ni bunda emitent va investor o’rtasida o’zaro oldi-sotdi 
operatsiyasi amalga oshiriladi (1-rasmga qarang).
Ikkilamchi bozorda avval chiqarilgan qimmatli qog’ozlar oldingi xaridor va yangi 
investor o’rtasida, ya’ni investorlar o’rtasida savdo qilinadi. Bugungi kunda hosila 
moliyaviy vositalar bozori ham jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda.
Evromoliyaviy bozorda nominali evrovalyuta, masalan AQSh dollari, evro yoki 
Yaponiya ienasi bo’lgan qimmatli qog’ozlar oldi-sotdi qilinadi.
Evroqimmatli qog’ozlar (euro-securities) bu erkin muomalada bo’luvchi 
(transferable securities), sindikat anderrayterlar, yoki turli mamlakatlardan bo’lgan ikki 
ishtirokchi orqali joylashtiriladigan, ularni bir yoki undan ortiq mamlakatlarga sotish 
rejalashtirilgan, faqat moliya-kredit tashkilotlari orqali ega bo’lish mumkin bo’lgan 
qimmatli qog’ozlar hisoblanadi.
Bugungi kunda, jahon fond bozorida qimmatli qog’ozlarning yillik emissiyasi 
hajmi barcha manbalar hisobidan talabgorlarga berilgan xalqaro kreditlar va moliyaviy 
mablag’larning qariyb yarmini tashkil etadi.
Xalqaro qarz qimmatli qog’ozlar xalqaro fond bozorida kapitalni jalb etishning va 
operatsiyalarning asosini tashkil etadi. Ularning tarkibida xalqaro obligatsiyalar va 
notalarni, turli kompaniyalar (korporativ), moliyaviy institutlar va davlatlarning xalqaro 
qarz qimmatli qog’ozlarini alohida ajratib ko’rsatish mumkin. 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin