Evroobligatsiya – xorijiy investorlar orasida xalqaro sindikat anderrayterlari
orqali joylashtiriladigan, emitent va xorijiy investorlar uchun chet el valyutasida
chiqarilgan qarz munosabatli qimmatli qog’oz hisoblanadi. Evroobligatsiyalar
joylashtirilayotganda jahonning hech qaysi bir mamlakatida ro’yxatga olinmaydi.
Evroobligatsiyalar asosan bank kontsortsiumlari, sindikatlari va xalqaro tashkilotlar
tomonidan emissiya qilinadi.
Evroobligatsiyalarning turi sifatida “dragon” (inglizcha “dragon bonds”
atamasidan olingan) obligatsiyalarini qayd etish mumkin. Ular evrodollar obligatsiyalar
bo’lib, osiyo bozorida joylashtirilgan (birinchi navbatda Yaponiyada) va ma’lum bir
osiyo birjasida (odatda Gongkong yoki Singapur birjalarida) listinga ega bo’lgan
qimmatli qog’oz hisoblanadi.
121
Evroobligatsiyalar va chet el obligatsiyalari o’rtasidagi o’xshashlik ularni
mamlakatlar o’rtasida kapitalni qayta taqsimlash vositasi bo’lib hisoblanishida,
shuningdek, ularni emitent mamlakatlar milliy valyutasidan farqli boshqa valyutada
emissiya qilinishida namoyon bo’ladi.
Evroobligatsiyalar va chet el obligatsiyalari o’rtasidagi farq esa quyidagilardan
iborat:
Birinchidan, evroobligatsiyalar erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada emissiya
qilinadi. Chet el obligatsiyasi esa uning emitenti uchun ixtiyoriy xorijiy valyutada
emissiya qilinadi, ya’ni bunday valyutalar erkin konvertatsiya qilinadigan valyuta
bo’lmasligi ham mumkin.
Ikkinchidan, chet el obligatsiyalari joylashtiriladigan mamlakatda ro’yxatga
olinadi, uning nominal qiymati joylashtiriladigan mamlakat uchun milliy valyutada
bo’ladi, u faqat joylashtiriladigan mamlakat fond bozorida muomalada bo’ladi.
Evroobligatsiyalar esa, ma’lum bir mamlakatga ro’yxatga olinmasdan joylashtiriladi, bir
vaqtning o’zida bir necha mamlakatlar fond bozorlarida muomalada bo’lishi mumkin,
shuningdek, obligatsiya nominali ko’rsatilgan milliy yoki xalqaro valyutaning xususiyati
emitentining milliy xususiyatlari mos kelmasligi lozim. Evroobligatsiyalarni dastlabki
joylashtirish to’g’ridan-to’g’ri emitent joylashgan mamlakatning milliy fond bozorlarida
amalga oshirilmasdan, balki xorijiy mamlakatlar milliy fond bozorlagida amalga
oshiriladi va ular orqali emitent joylashgan mamlakat milliy fond bozorlariga kelib
tushishi va muomalasi amalga oshirilishi mumkin.
Milliy fond bozori vositasi bo’lgan oddiy obligatsiyalar bilan xalqaro fond
bozorining maxsus vositasi bo’lgan evroobligatsiyalar o’rtasidagi asosiy farqlar
quyidagilarda namoyon bo’ladi:
-
xalqaro anderrayter konsortsiumlari yoki investitsion banklarni o’z ichiga
oluvchi oddiy sindikatlar tomonidan bir vaqtning o’zida bir necha mamlakatlarda
evroobligatsiyalar emissiyasi amalga oshiriladi;
-
sindikat tomonidan ko’rsatilgan hududlarda joylashtirilgan evroobligatsiyalar
emissiyasi hech qaysi bir mamlakatdan ro’yxatdan o’tmaydi. Evroobligatsiyalar
muomalasi ma’lum bir davlatning obligatsiyalar muomalasini tartibga solishning
122
iqtisodiy-huquqiy me’yorlari orqali tashkil etilmaydi, balki evroobligatsiyalar asosan
xalqaro huquqiy me’yorlar bo’yicha tartibga solinadi;