J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/112
tarix05.12.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#172970
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   112
XALQARO MOLIYA BOZORI TAHLILI o’quv qo’llanma

Evroobligatsiyalar
va 
evronotalar
ni o’zaro bir biridan farq qiladi. 
Evroobligatsiyalar taqdim etuvchiga ko’rinishida, ya’ni nomi yozilmasdan chiqariladigan 
qimmatli qog’oz hisoblanadi va savdo tizimlarining depozitariylarida saqlanadi. Bunday 
nomi yozilmagan qimmatli qog’ozlar odatda rivojlanayotgan mamlakatlarga 
joylashtiriladi. Evroobligatsiyalarni chiqaradigan emitentlarga qulaylik yaratish 
maqsadida ularning ta’minoti uchun zahira shakllantirilmaydi.
Evronotalar nomi yozilgan qimmatli qog’ozlar hisoblanadi va ular bozor 
iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda emissiya qilinadi. Evroobligatsiyalardan farqli 
ravishda evronotalar ta’minoti uchun zaxira shakllantiriladi.
Evropa ittifoqida bosqichma-bosqich yagona 
evropa fond bozori
shakllangan 
bo’lib, bunda Evropa ittifoqida joriy etilgan quyidagi tamoyillar asosiy rol o’ynagan: 

bank faoliyatini unifikatsiyalashga ruxsat berish

o’zaro axborot almashinishini va tadbirkorlik faoliyatini erkinlashtirish; 

bozor ishtirokchilarni mamlakatlarga qarashliligi bo’yicha nazorat qilish; 

birjalararo axborot almashishning yagona tizimini yaratilishi. 
Natijada, Evropa ittifoqidagi har qanday korxona ushbu hududda qimmatli 
qog’ozlarni erkin sotib olish yoki sotish, brokerlar esa mazkur hududda joylashgan 
birjalarda erkin faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Shuningdek, hududdagi fond 
birjalarining kapitallashuv darajasi oshdi va qimmatli qog’ozlar bo’yicha birjadan 
tashqari savdolarda raqobat muhiti kuchaydi. 
Evropa ittifoqida fond bozorlarini unifikatsiyala
shda 1990 yildan hududdagi 
birinchi darajali kompaniyalarning Evropa ittifoqi mamlakatlari birjalarida kotirovka 
qilingan qimmatli qog’ozlarining baholarini o’zida aks ettiruvchi Evropa kotirovkalari - 
“Evrolist”ni joriy etilishi va Evropa ittifoqi birjalari federatsiyasinining tashkil topishi 
dastlabki asosiy bosqichlardan hisoblanadi.


125 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin