Evropa ittifoqida yagona moliyaviy muhitni shakllantirish uchun mamlakatlar
moliya bozorlaridagi xususan, milliy fond bozorlariga xos bo’lgan quyidagi asosiy farqlar
bosqichma-bosqich bartaraf etib borildi:
–
birja operatsiyalarini milliy doirada tartibga solish (qimmatli qog’ozlarni birja
savdolariga qo’yishga ruxsat berish, axborotlar oshkor etishga bo’lgan talablar va h.k.);
–
birjalarning operatsiyalar hajmi va milliy iqtisodiyotdagi roli;
–
qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi institutsional
investorlar, ya’ni sug’urta kompaniyalari, pensiya fondlari, investitsiya fondlari,
banklarning fond bozoridagi roli va o’rni bilan bog’liq farqlar.
Evropa ittifoqida yagona fond bozori tarkibi shakllantirilgan bo’lib, u o’z ichiga
aktsiyalar, obligatsiyalar, davlat qimmatli qog’ozlari va hosila moliyaviy vositalar bilan
operatsiyalarga ixtisoslashgan, hamkorlikda yangi tashkil etilgan qo’shma birjalar
(Evropa birjasi, Xalqaro birja, LIFFI va boshq.) va qator segmentlarni oladi.
Evropada tashkil etilgan yagona ssuda kapitallari va qimmatli qog’ozlar bozorlari
evropa iqtisodiy integratsiyasini tashkil etishda asosiy rol o’ynagan.
Hozirda jahon fond bozorlari infratuzulmasida quyidagi asosiy o’zgarishlar sodir
bo’lmoqda:
Birinchidan, savdolarga xorijliklar ishtirok etishi uchun ularga alohida savdo
maydonchalari tashkil etilmoqda. Xususan, London fond birjasida yuzlab xalqaro
investitsiya institutlari, 500 dan ortiq xorijiy banklar savdo qilishmoqda, 60 dan ortiq
mamlakat xalqaro kompaniyalarining aktsiyalari birja listingi ro’yxatida turib
sotilmoqda.
Ikkinchidan, jahon qimmatli qog’ozlar bozorida banklarning roli boshqa moliyaviy
vositachilar hisobiga qisqarayotgan bo’lsada, ular birjalarning ish vaqtlari tugab,
yopilganda savdolar uzluksizligini ta’minlovchi va anonim ravishda qimmatli qog’ozlar
kotirovkasini amalga oshiruvchi xususiy elektron brokerlik tizimlarini hamda moliyaviy
vositalarning yangi turlarini yaratishmoqda.