J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019


Muddatidan avval so‘ndirilishi mo‘ljallangan evroobligatsiyalar



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/112
tarix05.12.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#172970
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   112
XALQARO MOLIYA BOZORI TAHLILI o’quv qo’llanma

Muddatidan avval so‘ndirilishi mo‘ljallangan evroobligatsiyalar.
Ko‘plab 
uzoq muddatli obligatsiyalar emitent tomonidan muddatidan avval (ma’lum bir imtiyozli 
davriy oraliqda) so‘ndirilishi mumkin. Xususiy korporatsiyalar o‘z obligatsiyalari 
nominaliga qo‘shimcha ravishda ma’lum bir miqdordagi mukofotni qo‘shgan holda 
qaytarib sotib olishni mo‘ljallaydilar, davlat obligatsiyalari esa nominali bo‘yicha 
qaytarib sotib olinadi.
Qaytarib sotib olish huquqi – buni optsionlarga o‘xshash xususiyati bo‘lib, emitent 
bunday huquqqa ega hisoblanadi. Bunday optsionda boshqa obligatsiyalarga nisbatan o‘z 
muddati davomida yuqori daromadli va nisbatan arzon naxda sotiluvchi, muddatidan 
oldin so‘ndirilishi mo‘ljallangan obligatsiyaning aniq narxi bo‘ladi. Agar bozordagi foiz 
stavkalar pasaysa, emitent obligatsiyalarni qaytarib sotib olishga harakat qiladi va emitent 
o‘z majburiyatlarini kichik foiz stavkalarda qayta moliyalashtirish inkoniyatiga ega 
bo‘ladi. Muddatidan avval obligatsiyalarni so‘ndirish sharti ularni qiymatini aniqlashni 
qiyinlashtiradi.
Evroobligatsiyalarning kupon stavkasi. 
Obligatsiyalarning kupon to‘lovlarini 
hisoblashning bir nechta standartlari mavjud. Evroobligatsiyalar bozorida va amerika 
korporativ obligatsiyalar bozorida oy kunlari 30 kun, yil kunlari 360 kun deb hisoblash 
qabul qilingan. Oyning 31 sanasi 30 sanaga almashtiriladi. Shuning uchun turli 
sanalardagi kunlar soni quyidagi formula orqali hisoblanadi.
KS = (2 yil – 1 yil)*360 + (2 oy – 1 oy)*30 + (2 kun – 1 kun) 
Asosiy foiz stavkasi darajasini aniqlashda mo‘ljal qilib odatda LIBOR olinadi. 
Lekin bu har doim emas, masalan 1954 yilda birinchi marta 250 mln. AQSh dollari 
miqdoridagi evroobligatsiyalarni AQSh g‘aznachilik majburiyatlari foizi + 35 bazis punk 
miqdorida suzuvchi kupon stavkasi darajasida belgilab joylashtirgan. Birinchi uch oyda 
uning stavkasi LIBOR stavkasidan 0,3 foizga past bo‘lgan.

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin