J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/112
tarix05.12.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#172970
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   112
XALQARO MOLIYA BOZORI TAHLILI o’quv qo’llanma

Evroobligatsiyalarning 
asosiy 
afzalliklari
emitentlarning 
ishonchliligi, 
soliqlardan qochish imkoniyatining mavjudligi, evroobligatsiya egasining nomini oshkor 
etilmasligidir. Bundan tashqari savdolarning katta qismi birjadan tashqari bozorda telefon 
yoki kompyuterlar orqali amalga oshiriladi. Foizlar yilda bir marta to‘lanadi. Bunday 
obligatsiyalarning asosiy qismi ta’minlanmagan hisoblanadi. Milliy tartibga solish 
organlari tomonidan ularga nisbatan cheklovlar mavjud emas. Evroobligatsiyalar 
evropadagi ikkita fond birjasi ya’ni London va Lyuksemburg fond birjalari listinggiga 
kiradi. 
13
Халқаро рейтинг агентликларига Standart & Poors Corporation, Moody’s Investors Service, Fitch ва бошқаларни 
киритиш мумкин 


129 
Evroobligatsiyalarni chiqarish shakllari
turli tuman bo‘lib, suzib yuruvchi va 
qat’iy 
belgilangan 
stavkada, 
“nol” 
kuponli, 
boshqa 
obligatsiyalarga 
konvertatsiyalanadigan, ikki turli valyutada denominatsiyalangan (obligatsiya nominali 
ma’lum bir valyutada, uning foiz to‘lovlari esa boshqa valyutada amalga oshiriladi) va 
boshqa ko‘rinishlarda chiqarilishi mumkin.
Evroobligatsiyalarni so‘ndirish muddati
emitent qarzning asosiy summasini 
qaytarishga majbur bo‘lgandan boshlab hisoblanadi. Uzoq muddatli majburiyat odatda 10 
yildan ortiq bo‘lgan muddatda so‘ndirilishini anglatadi. O‘rta muddatli majburiyat esa 1 
yildan 10 yilgacha bo‘ldan davriy oraliqni egallaydi. Qisqa muddatli majburiyat 1 yildan 
kam bo‘lmagan muddatga chiqarilgan obligatsiyalarga namoyon bo‘ladi. 
Evroobligatsiyalar yagona so‘ndirish sanasiga, yoki turli so‘ndirish sanasi bilan 
chiqariladi. So‘ndirish fondi bilan obligatsiyalarni chiqarishda emitent vaqti-vaqti bilan 
doimiy ravishda obligatsiyalarni ma’lum bir qismini bozor kursi bo‘yicha ularni qaytarib 
sotib olish yo‘li bilan (mustaqil ravishda yoki maxsus agent orqali) yoki (agar obligatsiya 
kursi nominalidan yuqori bo‘lsa) emissiya prospektida ko‘rsatilgan so‘ndirish jadvalidan 
kelib chiqib, nominali bo‘yicha davriy ravishda so‘ndiradi. So‘ndirish yilda ikki marta 
ixtiyoriy tanlov usuli orqali amalga oshiriladi. Golladiyalik emitentlar orqali amalga 
oshiriladigan emissiyalarda obligatsiyalarni so‘ndirish investorlar tomonidan egallangan 
obligatsiyalar miqdoriga proportsional ravishda amalga oshiriladi. Ko‘plab 
evroobligatsiyalar taqdim etuvchiga shaklida chiqarilganligi uchun ularning egalarini 
hisobi yuritilmaydi va ularni so‘ndirish to‘g‘risidagi e’lon moliyaviy matbuotda oldindan 
berilishi lozim.

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin