J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019


Evroobligatsiyalarni emissiya qilish tartibi



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/112
tarix05.12.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#172970
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   112
XALQARO MOLIYA BOZORI TAHLILI o’quv qo’llanma

Evroobligatsiyalarni emissiya qilish tartibi. 
Evroobligatsiyalarni joylashtirish 
uchun emitent bir qator tayyorlov tadbirlari o‘tkazishi lozim. Obligatsiyalarni chiqarishda 
tayyorgarlikning umumiy davri (evronotalar chiqarishda) bir necha haftadan (to‘liq dastur 
bo‘yicha taqdim etuvchiga (nomi yozilmagan) evroobligatsiyalarni chiqarishda) bir necha 
oygacha cho‘zilishi mumkin. Butun muomala davri bo‘yicha evroobligatsiyalarni 


132 
chiqarish loyihasini moliyalashtirishning umumiy xarajatlari barcha vositachilar 
komission xarajatlarini qo‘shib hisoblaganda qariyb yarim million AQSh dollari sarf 
etiladi.
Emissiya qilish jarayoniga tayyorgarlik bir-xil tadbirlardan iborat bo‘lmaydi, balki 
kompleks dastur rejali xususiyatga ega bo‘lishi va barcha tadbirlarni o‘zaro bog‘lab 
turishi lozim. Bunday yondashuv tayyorgarlik xarajatlarini qisqartiradi va tashkil etish 
jarayonini uzluksizligini ta’minlaydi.
Asosiy tayyorgarlik tadbirlariga quyidagilar kiradi: 
-
xalqaro standartlar bo‘yicha audit o‘tkazish. 
Odatda bunday ishga “kata 
oltilik”dan bittasi maslahatchi qilib jalb etiladi. G‘arb mamlakatlaridan taniqli 
ekspertlarni mazkur jarayotga jalb etiladi. 
 
-
hujjatlarni tayyorlashga maslahatchi qilib yuridik kompaniya jalb etiladi

Kompaniya mutaxassislari
 
qonunchilik bo‘yicha ta’sis hujjatlarini to‘g‘riligini 
tekshiradilar, emissiya prospektini tayyorlashadi, evroobligatsiyalar muomalada 
bo‘luvchi birjalar, obligatsiyalar bo‘yicha to‘lov agenti, investitsion bank, auditorlar bilan 
shartnomalar tuzadilar, mamlakatlarning potentsial investorlariga emissiya proektining 
mosligini tekshiradilar. Shuningdek, huquqshunos obligatsiyalar muomala texnikasini 
tanlashga yordam berishi mumkin. 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin