J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/112
tarix05.12.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#172970
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   112
XALQARO MOLIYA BOZORI TAHLILI o’quv qo’llanma

 
 
 
 
 


19 
2-Mavzu. Moliyaviy globallashuv va xalqaro moliyaviy integratsiya 
2.1. Moliyaviy globallashuvning mohiyati, shakllari va uni yuzaga keltiruvchi 
omillar va shart-sharoitlar. 
2.2. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mazmuni va mohiyati.
2.3. Globallashuv va xalqaro integratsiya jarayonlarining milliy iqtisodiyotga ta’siri. 
 
Tayanch so’z va iboralar 
Globallashuv, global oligopoliya, baynalmilallashuv, nou-xau, xalqaro mehnat 
taqsimoti, xalqaro savdo, xalqaro migratsiya. 
 
2.1.
 
Moliyaviy globallashuvning mohiyati, shakllari va uni yuzaga 
keltiruvchi omillar va shart-sharoitlar. 
 
XX-XXI asrlar bo’sag’asida jahon iqtisodiyotida yangi termin globallashuv degan 
tushuncha paydo bo’lgan edi. Ushbu jarayon hozirgi kunda ko’pgina mamlakatlarning 
iqtisodchi olimlari tomonidan alohida ilmiy muammo sifatida tadqiq etilmoqda. 
Globallashuv jarayoning rivojlanishi natijasida butun dunyo yagona global tizimga 
aylanishi sodir bo’ladi. Globallashuv jarayoni 1990 yillardan juda dolzarb masalaga 
aylandi, biroq mazkur jarayonning turli xil jihatlari ilmiy tadqiqotlarda 1960-1970 
yillardan boshlab jiddiy muhokama qilina boshlagan edi. 
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi – bu, dunyo maydonini yagona hududga 
aylanishini anglatadi va bunda tovar va xizmatlar, kapital, axborotlar oqimining erkin 
harakati yuzaga keladi. Shuningdek, mazkur jarayon natijasida zamonaviy institutlar 
rivojlanishini rag’batlantiruvchi g’oyalarning tarqalishi va ularni tashuvchilarning erkin 
harakatlanishiga imkon yaratiladi. 
Globallashuv jarayoni zamonaviy jahon iqtisodiyotining muhim tendentsiyalaridan 
hisoblanadi. Chunki ushbu jarayon jaxon iqtisodiyotida ro’y berayotgan boshqa 
tendentsiyalar kuchsiz namoyon bo’layotgan mamlakatlar iqtisodiyotida ham 
kuzatilmokda. Rivojlanayotgan mamlakatlarning aksariyat qismi transmilliylashish


20 
integratsiyalashish va industriallashish jarayonlarnga kam jalb etilgan. Shu bilan bir 
vaqtda ushbu mamlakatlar jaxon tovarlar, xizmatlar, kapital (asosan iqtisodiy yordam 
ko’rinishida), ishchi kuchi (eksporterlar sifatida) va texnologiyalar bozorining faol 
ishtirokchilari sanaladi. 
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi – jahon iqtisodiyotining o’zaro bog’liq 
bo’lgan turli ishlab chiqarish soha va jarayonlarining kuchayib borishi, jahon xo’jaligida 
tovarlar, xizmatlar, kapital, ishchi kuchi va texnologiyalar bozorini asta-sekinlik bilan 
yagona bozorga aylanishini bildiradi.
Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayoni unga teskari jarayon iqtisodiy 
faoliyatning hududiy integratsiyalashuv jarayoni bilan birga kechmoqda. Ushbu jarayon 
cheklangan miqyosda, tovarlar va ishlab chiqarish omillarining erkin harakatiga 
asoslangan mamlakatlar guruhini qamrab oladi. 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin