J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/112
tarix05.12.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#172970
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   112
XALQARO MOLIYA BOZORI TAHLILI o’quv qo’llanma

 
Jahon iqtisodiyoti globallashuvi.
 
Hududiy integratsiyalashuv, bir tomondan, turli mamlakatlarning iqtisodiy jihatdan 
birlashish jarayonini rag’batlantirsa, ikkinchi tomondan, alohida iqtisodiy guruhlar 
o’rtasida qarama-qarshilik va raqobatni kuchaytirish orqali jahon iqtisodiyotining 
globallashuv jarayonini sekinlashtiradi. 
Jahon iqtisodiyoti 
globallashuvi 
Global 
infratuzilmaning 
shakllanishi 
Xalqaro savdoning 
rivojlanishi 
Xalqaro moliya 
bozorlaridagi 
operatsiyalarning 
ortishi 
 
Ishlab chiqarishning 
baynalminallashuvi 
Xalqaro kapital 
harakatining 
kuchayishi 
Xalqaro ishchi kuchi 
migratsiyasining 
oshishi 


21 
Globallashuv jarayonining quyidagi jihatlarini alohida ajratib ko’rsatish mumkin: 

moliyaviy markazlashuvning kuchayishi; 

iqtisodiyotda axborotlar ahamiyatining oshishi. Shuningdek, axborot 
almashinuv darajasining keskin sur’atlarda kuchayishi; 

global oligopoliyaning to’xtovsiz kengayishi; 

transmilliy korporatsiyalar sonining ortishi; 

iqtisodiy diplomatiyaning shakllanishi va rivojlanishi. 
Globallashuv jarayoni jahon iqtisodiyotining quyidagi asosiy sohalari bo’yicha keng 
rivojlanmoqda: 

tovarlar, xizmatlar va intellektual mulk ob’ektlarining xalqaro savdosi; 

ishlab chiqarish omillarning xalqaro harakati; 

xalqaro moliya-kredit va valyuta operatsiyalari; 

ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy, texnologik va axborotlar sohasidagi 
hamkorlik. 
Iqtisodchi olimlar fikriga ko’ra jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayoni quyidagi 
holatlarni o’z ichiga oladi: 

mintaqaviy integratsion jarayonlarni jadallashtiradi; 

xo’jalik yuritishni to’liq erkinlashtirmagan davlatlar iqtisodiyotini ochiqligini 
ta’minlaydi; 

istalgan bozorlarga barcha ishtirokchilarning qarshiliksiz kirishini ta’minlaydi; 

moliyaviy va savdo operatsiyalarni amalga oshirishga tegishli tartiblarni 
universallashtiradi; 

bozorlarni tartibga solish va nazorat qilishni bir me’yorga keltiradi, ya’ni 
unifikatsiya qiladi;

kapitalni joylashtirish, investitsion jarayonlar va umumjahon to’lov- hisob 
tizimiga qo’yilgan talablarni standartlashtiradi. 


22 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin