29
Amaliy mashg’ulot uchun savollar
1.
Jahon iqtisodiyotidagi globallashuv jarayoni.
2.
Globallashuvning jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining
yuzaga kelishidagi
o‘rni.
3.
Moliyaviy globallashuvning mohiyati, shakllari
va uni yuzaga keltiruvchi
omillar va shart-sharoitlar,
4.
Moliyaviy globallashuvni harakatga keltiruvchi
tartibga soluvchi asosiy
xalqaro moliyaviy tashkilotlar, anjumanlar.
5.
Transmilliy banklar faoliyatining moliyaviy globallashuvga ta’siri.
6.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mazmuni va mohiyati.
7.
Jahon moliyaviy markazlari.
8.
Globallashuv va xalqaro integratsiya jarayonlarining milliy iqtisodiyotga
ta’siri.
Topshiriqlar
1.
Globallashuv jarayoni mohiyatini izohlovchi asosiy tushunchalardan «klaster»
tuzing.
2.
Jahon iqtisodiyoti globallashuviga xos bo’lgan tendentsiyalarni o’rganing.
3.
Asosiy terminlar lug’atini tuzing.
4.
Hisob-kitob shartlari
«Plant va Meshineri Ltd» kompaniyasi yaqinda
kichik kompaniyani sotib oldi,
uning to’lov shartlari esa «buyurtma bilan naqd pullar» hisoblanadi. Bu Evropadagi
xaridorlar tomonidan funt sterlingda va AQShdagi xaridorlar tomonidan dollarda berilgan
cheklarning ko’payib
ketishiga olib keldi, mazkur cheklarga to’lovlar esa sizning
bankingizda inkasso sifatida amalga oshirilishi kerak.
Vazifa:
A) Bank amalga oshirishi kerak bo’lgan qadamlarni ishlab chiqing, uning natijasida
pul mablag’lari kompaniyaning sterlingdagi hisobiga borib tushsin.
30
B) Bosh kompaniya mazkur pul mablag’larini olish bilan bog’liq
xarajatlar va
ushlanmalar yuzasidan o’z noroziligini bildirdi va sizdan maslahat so’radi. Tushunarliki,
agar Evropadagi mijozlarni hisob-kitobning boshqa turlarini qabul qilishga
ko’ndirishning ilojisi bo’lsa ham, AQShdagi mijozlar uchun buning umuman ilojisi yo’q,
chunki ular haqiqiy to’lovlarning buyurtmalar bilan birgalikda
yuborilishini talab
qilmoqdalar.
1) Evropadan;
2) AQShdan keladigan pul mablag’larining kirimida yuzaga keladigan xarajatlarni
va qiymatni kamaytirish to’g’risida maslahat bering.
2-punkt bo’yicha sizning mijozingiz uchun yuzaga
keladigan kamchiliklarni
ko’rsating.
Dostları ilə paylaş: