J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro moliya munosabatlari


 -b o b . M O L I Y A V I Y D E R IV A T IV L A R B O Z O R I



Yüklə 3,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/170
tarix16.12.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#180865
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   170
Xalqaro Moliya munjsabatlari. Ataniyazov J.X

14 -b o b . M O L I Y A V I Y D E R IV A T IV L A R B O Z O R I
14.1. M oliyaviy derivativlar mohiyati va ularga xos xususi- 
yatlar.
14.2. Hosila moliyaviy vositalarning asosiy turlari.
14.3. Kredit va foiz derivativlari.
14.1. M oliyaviy derivativlar mohiyati va 
ularga xos xususiyatlar
Hosilaviy moliyaviy vosita, derivativ (inglizcha derivative) — 
bazaviy aktivga nisbatan tomonlar bir qator harakatlarni am alga 
oshirish bo'yicha huquq yoki majburiyatlarni oluvchi shartnoma 
(kelishuv)dir. Odatda, bunday shartnomalarda m a iu m bir tovar 
yoki qimmatli qog'ozlarni olish, taqdim etish, sotib olish, so- 
tish im koniyatlari k o iib chiqiladi. Tokg ‘ridan to‘g‘ri shartnoma- 
dan farqli ravishda derivativlarni oldi-sotdisi m a’lum bir shakl- 
ga solingan va standartlashgan b o ia d i, shuningdek, oldindan 
tomonlardan birining shartnomani m inim um qancha miqdori- 
ni sotish imkoniyati ko‘rib chiqiladi. Ya’ni ular ham qimmatli 
qog‘ozlarning bir turi hisoblanadi. Derivativ bahosi va xususiyat- 
larining o'zgarishi uning bazis aktivlari bilan uzviy bo giiqdir, bi- 
roq har doim ham bir xil boiaverm aydi. Derivativlar ikki tomon 
o‘rtasidagi kelishuvni o‘zida aks ettirib, tomonlar o‘zlariga mazkur 
bitim bo‘yicha turli majburiyatlarni qabul qilishadi, yoki m a’lum 
bir aktivni yoxud sum m ani aniq muddatda (muddat ichida) yoki 
kelishilgan narx darajasi am alda qayd etilguncha berish huquqiga 
ega b o iad i. Derivativlarni sotib olishdan asosiy maqsad, odatda, 
uning bazis aktivlarni egallash hisoblanmaydi, balki m a ’lum bir 
muddat davomida bazis aktivlarni baho va valuta riskidan xedjir- 
lasli yoki bazis aktivlarning narxi o‘zgarishidan spekulyativ foyda 
olish hisoblanadi. Har bir tomon uchun oxirgi moliyaviy natija 
ijobiy yoki salbiy yakun topishi mumkin.
Derivativlarning asosiy xususiyatlaridan biri majburiyatlar 
miqdori undagi bazis aktivlar miqdori bilan b o g iiq b o im ayd i.
346


M asalan, aksiyalarga C F D b (conlract Гог difference) bitimlar 
hajmi o‘sha kompaniya tomonidan ehiqarilgan aksiyalar hajmi- 
dan bir necha m arta katta bo‘lishi rmimkin. ( 'l 'I ) n i sotib oluv- 
chi va sotuvchilar oldindan aksiyalarni haqiqatda yetkazib berish 
haqida o‘ylashm adi, balki ular m a’lum muddaida oralig‘ida va 
shartlar asosida sh akllanadigan aksiyalar narxlari o‘rtasidagi farq- 
qa qiziqishadi
M oliyaviy derivativlar quyidagi oV.iga xos xusnsiyatlarga ega:
— derivativning bazis aktivlari (loi/ siavkalari, lovarlar yoki 
qim m atli qog‘ozlar bahosi, valuta (avirboshlash) kursi, baholar 
va foiz stavkalar indeksi, kredit reytingi yoki kivdit imleksi va 
boshqalar) bahosining o‘zgarishi lining ho/ordagi qivmatining 
o‘zgarishiga olib keladi;
— boshqa moliyaviy vositalarga nisbatan, katta bo'lmagan 
birlamchi xarajatlar asosida zarur aktivlarga derivativ orqali ega 
bo‘lish, o‘z -o‘zidan ushbu bo/or konyunkturasiga ta ’sir qiladi;
— bitim lar bo‘yicha hisob-kitoblar kelajakda am alga oshirila-
di;
— derivativlarning asosiy belgilari:
— hosila moliyaviy vositalar bazis aktivga asoslanadi. Bir hosi- 
la m oliyaviy vosita boshqa bir hosila m oliyaviy vositaga bazis aktiv 
bo‘lishi m um kin. M asalan, fyuchers shartnom alariga opsion;
— hosila moliyaviy vositalar odatda bazis aktivni oldi-sot- 
di qilish maqsadida foydalanilm aydi, balki ularning narxlari 
o‘rtasidagi farqdan foyda olish uchun foydalaniladi;

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin