Hech bir: Hech bir qishloq yo’qki, unda klub, maktab bo’lmasin (gazeta). Hech bir ona yo’qki, farzandiga ichi achimasin. Bosh gap tarkibida qo’llanadigan shunday, ba'zi bir, ba'zi, bir xil, ayrim bir kabi so’zlar ko’p xollarda bir-biriga sinonim bo’lib ham qo’llaniladi: Shunday (bir xil, ayrim, ba'zi) olimlar ham bo’lganki, ular ijodda hech qachon tuxtab qolmaganlar ("Guliston").
Bosh gap ikkinchi o’rinda kelganda, ergash gap tarkibida kim, kimki, kimning, bosh gap tarkibida uning, unday nisbiy so’zlari qo’llaniladi va bosh gap tarkibidagi olmoshlar ergash gap tomonidan aniqlashtiriladi. Kim egri bo’lsa, uning taqdiri fojiali bo’ladi. Kimki olimlardan hayo qilmasa, ularni hurmat etmasa, ularning afzalliklarini e'tirof etmasa, ularni haqoratlardan qutqarmasa, unday odamning aqli zoye ketadi va hayoti barbod bo’ladi ("K.D."). Kimning so’zi to’g’ri bo’lsa, uning xalq oldida e'tibori yuqori bo’ladi (maqol).
Ergash gap ba'zan bosh gapdagi shu, u, o’sha, uning, o’shaning so’zlari bilan ifodalangan aniqlovchining ma'nosini ham aniqlaydi. Bunda ergash gap tarkibida qaysi, qarday, qay kabi nisbiy olmoshlar qatnashadi: Qaysi kitob sizga yoqsa, o’sha kitobni xarid qilamiz. Siz qaysi fakultetni lozim kursangiz, men shu (o’sha) fakultetga xujjat topshirishga roziman. Ba'zan ma'lum qonuniyat, masalan, til iqtisod tamoili asosida, bosh gapdagi izohlanishi kerak bo’lgan aniqlovchi qo’llanmasligi (ellipsiyaga uchrashi) mumkin. Ergash gap mana shu qo’llanmagan bo’lakni izohlaydi. Umrlar bo’ladiki, tirigida o’likdir, Odamlar bo’ladiki, o’ligi-da tirikdir (Shayxzoda).
Odam borki, odamlarning naqshidir, Odam borki, undan hayvon yaxshidir (N.)
Aniqdovchi ergash gap bosh gapga quyidagi vositalar bilan birikadi:
1. -ki: Shunday odam haqida xabar keltirdimki, uning har bir so’zi bebaho gavhardir (O.). Do’stlik shunday kuchki, u hamisha g’olib. ("K.D.")
2. -sa: Kimning ko’ngli to’g’ri bo’lsa, uning yo’li ham to’g’ri bo’ladi. (maqol)
Ergash gap -ki yordamida bosh gap bilan biriksa, bosh gap birinchi, ergash gap ikkinchi o’rinda keladi va bog’lovchi bosh gap tarkibida bo’ladi. Agar ergash gap -sa elementi bilan bosh gapga biriksa, ergash gap birinchi, bosh gap ikkinchi o’rinda keladi, bog’lovchi ergash gapning kesimi tarkibida bo’ladi.
Tahlil namunasi: Bu shunday ajib diyorki, uning zo’r ko’zgusi oydir. 1) ikkita gapdan tuzilgan,
2) birinchisi – bosh, ikkinchisi ergash gap,
3) ikkinchi komponentdagi aniqlovchini (shunday olmoshini) izoh-lagan – aniqlovchi ergash gap,
4) komponentlar -ki bog’lovchisi orqali birikkan; bosh gap birinchi, ergash gap ikkinchi o’rinda, bog’lovchi bosh gap tarkibida,