Dedi fe'li ko’chirma gapdan keyin kelgan muallif gapining kesimi vazifasida kelganda, ma'no va vazifasi jihatidan deb aytdi, deb so’radi, deb gapirdi kabi deb+so’zlash fe'llariga deyarli teng bo’ladi. Bunda deb bog’lovchi emas, demoq fe'li vazifasini bajaradi.
Demoq so’zi aslda muallif gapining kesimi bo’lsa ham, ko’chirma gap va muallif gapi borligini ko’rsatsa ham, bora-bora ko’chirma gaplik xususiyatini yo’qotgan sintaktik qurilmalarda bog’lovchilik vazifasini bajaradi. Yozuvda bunday gaplar ko’chirma gaplarga xos bo’lgan tinish belgilari bilan yozilmaydi. Bunday holda deb muallif gapining kesimi emas, ergash komponentning tarkibiy (formal) qismi hisoblanadi: Ular sizning o’z bolalaringiz emas deb, hech kim aytolmaydi. (Asq.M.) G’alaba guli sizga munosib deb, Ziyoda yonib turgan chinni gullarni qaytarib uzatdi. (Asq.M.)
2) Ko’chirma gap muallif gapidan keyin kelganda, muallif gapining tartibi odatdagicha bo’ladi. Bunda muallif gapining kesimi, ko’pincha, aytdi, so’radi, javob berdi, gapirdi, dedi, ba'zan shivirladi, o’shqirdi, tutoqdi, baqirdi, o’yladi kabi psixologik holatni anglatuvchi fe'llar bilan ifodalanadi: Hind dedi: "Aqlli odamlar uchun do’stlikdan aziz hech narsa yo’qdir". Barzuya dedi: "Do’stlikning eng ulug’ sharti sir saqpamoqdir". ("K.D".) Qalandarov do’ng’illadi: – Saqich chaynasa chaynagandir, qiz bola, lekin boshqasidan xabarim yo’q! (A.Q.)
3) Ko’chirma gap muallif gapining o’rtasida keladi. Bunda muallif gapining ega tarkibi ko’chirma gapdan oldin, kesim tarkibi ko’chirma gapdan keyin keladi. Ba'zan kesimga qarashli bo’lgan to’ldiruvchi va hol ko’chirma gapdan oldin ham keladi, lekin kesimning o’zi doimo ko’chirma gapdan keyin keladi: Haydarov: "Nima balo, sahroda boshqa bir viloyat tuzish haqida gap ketayaptimi?",– deb qo’yardi goho o’zicha. (Asq.M.) Sayramov cholni ikki qo’li bilan yengil, lekin samimiy ravishda sekin quchoqlab: –Hali ko’nglingiz g’unchaday yosh, bilaman, ota, – dedi. (O.)
4) Ko’chirma gap muallif gapining har ikki tomonida keladi. Bunda muallif gapidagi bo’laklarning tartibi ko’pincha invereiyaga uchraydi – kesim tarkibi oldin, ega tarkibi keyin keladi: Hurmatli rayosat, hurmatli rais! – deb boshladi Zargarov so’zini, – keyingi yillarda har kuni kombinatlar, konlar, shaharlar, yo’llar, kanallar, kommunikasiyalar qurilmoqda (As.M.) –Menimcha, o’rtoq Zargarovning takliflari hayotiy zaruratdan kelib chiqayapti, – dedi Haydarov o’rnidan turib, – agar sahroda u kishi tavsiflagan yagona territorial organ yuzaga kelsa, viloyat rahbariyatining ishiga katta yordam berardi. (Asq.M.)
Ko’chirma gapning muallif gapidan oldin, keyin, uning o’rtasida kelishi, muallif gapining ko’chirma gap o’rtasida qo’llanilish hollari uslubiy jihatdan farqli bo’lib, uni muayyan nutq qurilishi boshqaradi. Bundan tashqari, ko’chirma gapning muallif gapidan oldin, o’rtasida kelishi muallif gapidan keyin kelishiga qaraganda, faolroqdir. Muallif gapining ko’chirma gap oldida kelish holati eski adabiy uslubda, jonli tilda ko’p uchraydi.
Ko’chirma gap birdan ortiq shaxsning so’zlashuvidan iborat bo’lsa, bunday ko’chirma gaplar muallif gapisiz – dialog shaklda beriladi. Dialogik fikrning kimga qarashli ekanligini nutq jarayoni boshqaradi.
– Xush, endi nima qilasiz? – Bilmayman. – Ma'lumotingiz bormi? – Yetti yillik. – Yana o’qiysizmi? – Nima edi, ishdan haydaysizlarmi? (A.Q.).
Jonli tilda, ba'zan adabiy tilda ham, ikki darajali ko’chirma gap yoki qo’sh ko’chirma gap uchraydi. Ya'ni, "ko’chirma gap+muallif gapi" shaklida tuzilgan ko’chirma gapli qurilmalar boshqa bir muallif gapi bilan birikib, ko’chirma gapli qo’shma gapning murakkab turini hosil qiladi: Qodirov har bir ishga tajriba ko’zi bilan qarash kerak deydi,– dedi Oyqiz. (O.) Aya, gapir, "Hali xirmon-xirmon gap bor degan eding", – dedi O’ktam. (O.) Chalasini kitobdan o’rgandim-da, to’ppa-to’g’ri imtihonga bordim. "Molodes" deyishdi, – dedi Egambyordi. (O.)
Yuqoridagi birinchi misolda uchta gap bor: "Har bir ishga tajriba ko’zi bilan qarash kerak" – birinchi gap, "Qodirov deydi" – ikkinchi gap, "dedi Oyqiz" – uchinchi gap; birinchi gap ikkinchi gapga nisbatan ko’chirma gap, birinchi va ikkinchi gaplar uchinchi gapga nisbatan ko’chirma gap bo’lganligidan, qo’sh ko’chirma gap hosil bo’lgan.
Demak, bunday ko’chirma gaplarda birinchi darajali va ikkinchi darajali ko’chirma gaplar mavjud. Chizmasi:
Har bir ishga tajriba ko’zi dedi dedi
bilan qarash kerak Qodirov Oyqiz
O’zgalar gapining mazmuni saqlanib, grammatik shakli yoki gap-ning grammatik qurilishi o’zgartirilib berilishi o’zlashtirma gap deyiladi.
O’zlashtirma gap ko’chirma gapdan ohangi va ayrim fe'l shakllari-ning ishlatilmasligi bilan ham ajralib turadi. Ko’chirma gapda juda ko’p qo’llanadigan demoq fe'lining deb, dedi, deydi, degan edi kabi shakllari o’zlashtirma gapda deyarli qo’llanilmaydi. Uning o’rnida o’zlashtirma gapda ko’proq aytmoq, gapirmoq, ta'kidlamoq fe'llari qo’llanadi: 1. Prezident Ziyoda boshliq laboratoriyada qandaydir favqulodda yangilik yuz berganini aytib, bugunoq yetib kelishi kerakligini yana bir bor ta'kidladi. 2. Haydarov tezlik bilan bir tadbir topib, "tilla qiz"ni bugunoq poptaxtga yuborishga va'da qildi. (Asq.M.)
Birinchi gapning ko’chirma gap shakllari quyidagicha: Prezident aytdi va yana bir bor ta'kidladi: "Ziyoda boshliq laboratoriyada qandaydir favqo’lodda yangilik yuz berdi, bugunoq yetib kelishi kerak. –Prezident: "Ziyoda boshliq laboratoriyada favqulodda qandaydir yangilik yuz berdi, bugunoq yetib kelishi kerak", – dedi va yana bir bor ta'kidladi. "Ziyoda boshliq laboratoriyada favqulodda qandaydir yangilik yuz berdi, bugunoq yetib kelishi kerak", – dedi prezident va yana bir bor ta'kidladi. Ikkinchi misolda Haydarov va'da qildi – muallif gapi; tezlik bilan bir tadbir topib "tilla qiz"ni (Ziyodani demoqchi) bugunoq poytaxtga yuborishga – o’zlashtirma gap.
Bu gapning ko’chirma gap shakllari quyidagicha: Haydarov va'da qildi: "Tezlik bilan bir tadbir topib, "tilla qiz"ni bugunoq poytaxtga yuboraman". Haydarov: "Tezlik bilan bir tadbir topib, "tilla qiz"ni bugunoq poytaxtga yuboraman", – dedi (deb va'da qildi). –Tezlik bilan bir tadbir topib, "tilla qiz"ni bugunoq poytaxtga yuboraman", – dedi (deb va'da qildi) Haydarov. Ko’chirma gapli qurilmalar ikki yoki undan ortiq sodda gaplarning mazmunan birikuvi yoki mustaqilligini saqlagan holda qo’shilishidan tashkil topsa, o’zlashtirma gapli qurilmaning tarkibi birgina sodda gapdan iboratdir. Bunda muallif gapi mavjud bo’lib, o’zlashtirma gap birikmali to’ldiruvchi shaklida bo’ladi: Choy tayyor, yuvining dada, – dedi Saodat (Asq.M.) Bu uch gapdan iborat ko’chirma gapli qurilmani o’zlashtirma gapga aylantirsak, bitta sodda gap shakllanadi: Saodat dadasiga choy tayyorligini, yuvinishini aytdi. Agar ergash gapli qo’shma gap ko’chirma gap shaklida bo’lsa, ko’pincha ergash gap (shart, ravish, to’siqsiz, payt, o’xshatish, o’lchov-daraja kabi) o’zgarmaydi, bosh gap o’zlashtirma shaklini oladi: Qiyoslaylik: Mardonaqul aka, dedi Fotima,– siz yerni ag’darib, sahro changini ko’kka sovurmasangiz, ko’nglingiz tinchimaydi. –Fotima Mardonaqul akaga yerni ag’darib, sahro changini ko’kka sovurmasa, ko’ngli tinchimasligini aytdi. O’q ovozi eshitilganda, biz hujumga o’tgan bo’lamiz,– deyishdi partizanlar. –Partizanlar o’q ovozi eshitilganda, hujumga o’tgan bo’lishlarini aytdilar. Ko’chirma gap o’zlashtirma gapga aylantirilganda, uning shakligina emas, ba'an uslubiy xususiyatlari ham o’zgaradi. Ayniqsa, so’zlovchi-ning nutq jarayoniga turli munosabatini ifodalovchi ekspressiv xarak-terdagi so’zlar, ayrim kirish so’zlar, undovlar, masalan, axir, xo’sh, ha, yo’q, xo’p, mayli kabi gap bilan bog’lanmagan elementlar, so’z-gaplar, ko’pincha tushib qoladi: Xush, qanday yangiliklar bor,– so’radi O’ktam. (O.) // O’ktam qanday yangiliklar borligini so’radi. He, raisimizning o’zlariga o’xshabdi-ku, – dedi u. (A.Q.) //U raisimizning o’zlariga o’xshashligini aytdi. Undov gap, atov gap, ritorik so’roq gap kabilarni o’zlashtirma gapga deyarli aylantirib bo’lmaydi: Ana zamon! Ana hikmat! – dedi "Sakson" ota yayrab kulib. (O.) Umida yalt etib Saidaga qaradi va quvnoq tovush bilan: – Salom, Saidaxon! deb qo’l berdi, kolxoz kotibasi Umida! Umida Umarova! (A.Q.) Umida bilan istar-istimas, sovuqqonlik bilan kurishdi: – Ha-a, o’rtoq Umarova, qadrdon, qanday shamol uchirdi? (A.Q.)
Ko’chirma gap o’zlashtirma gapga aylantirilganda, ko’chirma gap-dagi fe'l kesimning zamoni deyarli o’zgarmaydi: Idorada ishlayapman, –dedi Umida (A.Q.) // Umida idorada ishlayotganligini aytdi (hozirgi zamon); Idorada ishlaganman, – dedi Umida. // Umida idorada ishla-ganligini aytdi (o’tgan zamon). Idorada ishlamoqchiman, – dedi Umida // Umida idorada ishlamoqchi ekanligini aytdi (kelasi zamon).
Ko’chirma gapning sub'yekti birinchi shaxs kishilik olmoshi bilan, muallif gapining egasi esa har uchala shaxsdagi kishilik olmoshlari (men, sen, u) bilan ifodalansa, o’zlashtirma gap tarkibida ko’chirma gapning egasi qo’llanilmaydi: Men aytdim: –(men) kitobni o’qiyman. Sen aytding: –(men) kitobni o’qiyman. U aytdi: –(men) kitobni o’qiyman. Bu gaplarning o’zlashtirma gap shakllari quyidagicha: Men kitobni o’qishimni aytdim // Sen kitobni o’qishingni aytding // U kitobni o’qi-shini aytdi. Ko’chirma gapning egasi kishilik olmoshining ko’plik shakli bilan ifodalanganda ham, shunday bo’ladi: