Jadid adabiyoti tarixi


-mavzu: Jadidchilik va teatr. Jadid dramasi va uning poetikasi masalalari



Yüklə 197,08 Kb.
səhifə11/17
tarix16.10.2023
ölçüsü197,08 Kb.
#156280
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
portal.guldu.uz-Majmua

9-mavzu: Jadidchilik va teatr. Jadid dramasi va uning poetikasi masalalari
Reja:

  1. Behbudiy – o‘zbek dramaturgiyasi asoschisi.

  2. Avloniy dramalari.

  3. Hamzaning dramaturgik mahorati.

  4. Jadid dramasi va uning poetikasi masalalari.

Tayanch so‘z va iboralar: drama, teatr, truppa, mahorat, poetika masalalari, jadid dramasi.


Tavsiya etiladigan adabiyotlar:

  1. Karimov N. Mahmudxo‘ja Behbudiy. –T.: O‘zbekiston, 2011.

  2. Rizaev Sh. Jadid dramasi. –T.: “Sharq”, 1997.

  3. Hamza Hakimzoda ijodi problemalari. – T.: “Fan”, 1988.

  4. Sotti Husayn. Tanlangan asarlar. – T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1974.

Nazorat savollari:

  1. Behbudiyning dramaturgik faoliyati haqida so‘zlang.

  2. “Padarkush” dramasining obrazlari haqida nimalar bilasiz?

  3. Avloniy komediyalari haqida so‘zlang.

  4. Hamzaning dramaturgik mahorati haqida ma’lumot bering.

  5. Jadid dramaturgiyasi namunalari haqida to‘xtaling.

  6. Jadid teatriga xos xususiyatlar nimalarda ko‘rinadi?



Darsning maqsadi: jadid teatri, dramaturgiya haqida magistrlarga ma’lumot berish. Jadid dramasi va uning poetikasi masalalarini yoritish.
Ma’rifat uchun birgina maktab kifoya qilmasdi. Zamon va dunyo voqealari bilan tanishib bormoq, millat va Vatanning ahvolidan, kundalik hayotidan ogoh bo‘lmoq kerak edi. Binobarin, millat uchun shunday oyna kerak ediki, unda uch o‘z qabohatini ham, malohatini ham ko‘ra olsin. Mana shu ehtiyoj va zarurat Behbudiyni teatr sari boshladi. “Padarkush” shu tariqa maydonga keldi. Biroq uning dunyo ko‘rishi oson kechmadi. 1911 yilda yozilgan “Padarkush” dramasi 1913-yildagina bosilib chiqdi. Kitob jildidagi “Borodina jangi va Rusiyaning frantsuzlar bosqinidan xalos bo‘lishining yubiley sanasiga bag‘ishlanadi” degan yozuv uni chor tsenzurasidan o‘tib chop etilishiga olib keldi. Pyesa bosilib chiqqandan keyin ham uni sahnaga qo‘yish uchun yaqin bir yil vaqt ketdi.
“Padarkush” – o‘zbek dramaturgiyasining hamma yakdil e’tirof etgan birinchi namunasidir. Mutaxassislar uni ham janr, ham mazmuniga ko‘ra yangi o‘zbek adabiyotini boshlab bergan bir asar sifatida baholaydilar. Muallif “Milliy fojia” atagan 3 parda 8 manzarali bu drama hajman juda ixcham, mazmunan nihoyatda sodda va jo‘n. U jaholat va nodonlik, o‘qimagan bolaning buzuq yo‘llarga kirib, o‘z otasini o‘ldirgani haqida hikoya qiladi.
Spektakl o‘z jamiyatiga o‘ralib dunyoni unutgan millatdoshlarga chaqmoqdek ta’sir etdi. “Padarkush” dastlab Samarqandda 1914 yilda 15 yanvarda sahnaga qo‘yildi. Toshkentda esa 1914 yilning 27 fevralda qo‘yildi. Avloniyning “Turon” truppasi o‘z faoliyatini Kolliziyda shu asar bilan boshladi.
“Turon” truppasi 1914-16-yillarda bu spektakl bilan butun Farg‘ona vodiysini aylanib chiqdi.
Bu asarning o‘z davrida adabiy harakatchilikka etkazgan ta’siri haqida qaydlar ko‘p. Buning dalili sifatida Abdulla Qodiriyning mashhur “1913-yillarda chiqqan “Padarkush” pesasi ta’sirida “Baxtsiz kuyov” degan teatr kitobini yozib yuborg‘onimni o‘ziga ham payqalib qoldim” degan e’tirofini eslash kifoya.
Dramaning birigna o‘zbek emas, tatar, ozarbayjon teatrchiligiga ham ta’siri haqida gapirish mumkin.
Avloniy o‘z tuzgan teatr truppasi bilan birgalikda “Qotili Karima”, “Uy tarbiyasining bir shakli”, “Xiyonatkor oilasi”, “Badbaxt kelin”, “Xo‘r-xo‘r”, “Jaholat”, “O‘liklar” kabi sahna asarlari tatarcha, ozarbayjonchadan tarjima qildi. Avloniy “Advokatlik osonmi?”, “Pinak”, “Biz va siz”, “Portugaliya inqilobi” kabi dramalar yaratdi. Dramaturg “Advokatlik osonmi?” dramasi bilan o‘zbek dramaturgiyasiga yangi qahramon olib kirdi. Asar bir pardali komediya bo‘lib, asosiy qahramoni 24 yoshli Turkistonga qaytgan. Lekin “Eski hammom, eski tos” ekanini, elning toshdek qaytganligini ilm va madaniyatdan yiroqdaligini ko‘rib iztirob tortadi. Bu elga advokatlik qilish, haq-huquqini tanitish oson emasligini ko‘radi.
“Pinak” bir pardali komediya bo‘lib, 1915-yil 25-fevralda yozilgan. Ushbu asar Turkiston maishatidan olib yozilgan bo‘lib, qahramoni 82 yoshli ko‘knori Tursun hamda uning yon qo‘shnisi 25 yoshli Tolib Qimorbozdir. Ular o‘rtasida bo‘lib o‘tgan xangomalar orqali Avloniy ilmsizlik Turkistonning og‘ir ahvoli solganligini ko‘rsatmoqchi bo‘ladi.
“Biz va siz” 4 pardadan iborat fojia bo‘lib, 1923 yil 28 iyunda yozilgan. Asarning asosiy qahramoni 25 yoshli Yevropada o‘qib kelgan yigit komandir. U 10 yil Yevropada bo‘lib, Turkistonga qaytgach, u erda hech qanday o‘zgarishni ko‘rmaydi. Uningcha, o‘zgarish elning ko‘chasidangina o‘tib, uyning ichiga aslo kirgan emas. Dramada ota-onaning eskicha yaramas odatlardan foriG‘ etmasligi uning uylanishi bilan bog‘liq voqealar orqali real ko‘rsatib boriladi. Yosh sevishganlar Komil va Mariyam o‘zlarini halok etadilar.
“Portugaliya inqilobi” dramasi 5 pardali 10 ko‘rinishli asar bo‘lib, 1921 yil yanvarda yozilgan. Voqealar 1910 yil 4 oktyabr kuni Portugaliyada bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Avloniyning “Syezd”, “Cho‘qbo‘ron” kabi dramalari ham bor.
Hamzaning ilk dramasi “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari” bo‘lib, 1915 yilda yozilgan va 1916-yilda litografiyada nashr etilgan. Pesaning asosiy qahramoni o‘qimishli boyvachcha yigit Mahmudxo‘ja hamda uning sevgilisi kambaG‘al oilada tarbiya topgan, o‘qimishli aqlli qiz Maryamxondir. O‘qib, oq qorani tanib, yangicha fikr qilgan Maryamxon eski odatlarni engib o‘tishga intiladi. Bu ishda o‘ziga Mahmudxonni hamroh bo‘lar deb biladi. Jaholat, yaramas odatlar bu orzularning amalga oshishiga monelik qiladi. maryamxon zahar ichib, Mahmudxon o‘zini otib halok etadilar.
“Loshmon fojiasi” tragediyasining 3-qismi bo‘lgan “Istibdod qurbonlari” fojiasi 1919-yilda yozilgan. 5 pardadan iborat dramada mardikorlikka olingan yigitlarning Sibirdagi hayotiga ba-`ishlangan.
“Burungi saylovlar” (1926) “Paranji sirlaridan bir lavha yoki yallachilar ishi” (1927), “Burungi qozilar yoki Maysaraning ishi” (1926) dramalari hal Hamza ijodida alohida o‘rin tutadi. Shuningdek, “Maysaraning ishi” komediyasidan tashqari “Toshkentga sayohat” (1917) komediyasi, “Muxtoriyat va ovtonomiya” (1917), “Kim to‘g‘ri” (1918), “Tuhmatchilar jazosi” (1919) komediyalari ham yaratdi. Hamza kulgi vositasida davr illatlarini tanqid ostiga oldi.
Teatrning jamiyat hayotidagi muhim o‘rnini anglagan jadid adabiyoti vakillari o‘zlari tuzgan truppalar uchun o‘zlari asarlar yaratdilar. Davr illatlarini, jaholat va ilmsizlikni Turkiston hayotida ildiz otib borayotganini chuqur anglaganlari holda teatrdan bu illatlarni o‘zlariga ko‘rsatish uchun oina sifatida foydalanmoqchi bo‘ldilar. Jadid dramaturgiyasida xalq hayotining muhim dolzarb masalalari sodda, ta’sirchan obraz va personajlar vositasida ifodasini topdi. Bu borada Behbudiy, H.H.Niyoziy, Fitrat, Cho‘lpon, Avloniy, Hoji Muin, Abdulla Badriy kabilar etakchilik vazifasini bajardilar.


Yüklə 197,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin