Jadid adabiyoti tarixi



Yüklə 197,08 Kb.
səhifə7/17
tarix16.10.2023
ölçüsü197,08 Kb.
#156280
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
portal.guldu.uz-Majmua

Nazorat savollari:

  1. Toshkentda nima uchun ko‘proq matbaachilik rivojlandi?

  2. Adabiy-madaniy jarayon Toshkentda ko‘proq qaerda kechdi?

  3. Almaiy ijodi haqida nima bilasiz?

  4. Karimbek Kamiy ijodi haqida so‘zlang.

  5. Toshkent adabiy maktabiga xos jihatlar haqida ma’lumot bering.

  6. Avloniy ijodi haqida nimalar bilasiz?



6-mavzu: XX asr boshlaridagi tarixiy sharoit va jadidchilik. Jadid she’riyatida poetik tafakkur tadriji.
Reja:
1. XX asr boshlaridagi tarixiy sharoit va milliy uyg‘onish xarakterlari.
2. Jadid adabiyotining yuzaga kelishi.
3. X1X asr oxiri XX asr boshlaridagi adabiy hayot.
4. Jadid she’riyatida poetik tafakkur tadriji.


Adabiyotlar ro‘yxati:

  1. Mirzaev S. XX asr o‘zbek adabiyoti. –T.: Yangi asr avlodi. 2005.

  2. Xo‘jaev M. Shermuhammadbek qurboni. –T.: Sharq, 2008.

  3. Ibrohim Karim. Madaminbek. –T.: Sharq, 2000.



Darsning maqsadi: Magistrlarga XX asr boshlaridagi tarixiy sharoit va jadidchilikning yuzaga kelishi haqida bilim va ko‘nikmalar hosil qilindi.
Jadidlar X1X asrning oxiri XX asr boshlarida maydonga chiqdilar. Ularning tarix sahnasida paydo bo‘lishlarida ikki omil – tarixiy-ijtimoiy sharoit va davrning yangi g‘oyalarini olg‘a surgan gazetalar bilan birga uchinchi omil – Muqimiy va Furqatlar boshlab bergan o‘zbek ma’rifatparvari adabiyotga ham muhim rol o‘ynadi.
Jadidlar paydo bo‘lgan ilk kunlardan boshlab ular ham chor hokimiyati, ham mahalliy hukmdorlarning qarshiliklariga duch keladilar.
Jadidchilik X1X asr oxiri XX asr boshlarida Turkistonda hukm surgan favqulodda qaloq iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sharoitda yashagan xalqlarni ma’rifatlashtirish, jamiyat hayotida ijtimoiy va madaniy islohotlar o‘tkazish hamda pirovardida erk va hurriyat g‘oyalarini hayotga tadbiq etish maqsadini o‘z oldiga qo‘ygan harakat sifatida tarixiy vaziyat taqozosi bilan yuzaga keldi. Bu harakat o‘zining shakllanish yo‘lini bosib o‘tar ekan asr boshlaridan 1917-yil fevral inqilobiga qadar bo‘lgan birinchi bosqichda nafaqat ma’rifiy, balki ijtimoiy harakat sifatida ham uzil-kesil rasmiylashdi.
O‘z oldilariga Turkiston xalqlarining taqdiri uchun muhim ahamiyatga molik vazifani qo‘ygan jadidlar 1906 yil yanvarida Peterburgda bo‘lib o‘tgan umumrusiya musulmonlari qurultoyiga o‘z vakillarini yashirincha yuborib, Rossiya tasarrufida yashagan boshqa musulmon xalqlari va ularning peshqadam arboblari bilan aloqa o‘rnatmoqchi bo‘lganlar. Bu vaqtda o‘zbek jadidlari, Qozon tatarlari kabi har tomonlama shakllangan milliy dasturlariga ega bo‘lgan. Lekin yaqin kelajakda rus istibdodga jiddiy zarba berish uchun tayyorgarlik ko‘ra boshlagan edilar. Ammo ularning bu niyatlaridan xabardor bo‘lgan bolsheviklar Osipov qo‘zg‘olonidan keyin ko‘plab jadidlarni qirib tashladilar. O‘z mustabid davlatining deshmani deb bilgan. Buxoro amiri ham jadidlarni yo‘qotishda bolsheviklardagi zarracha orqada qolmadi.
Jadidchilik, shunchaki bir ma’rifiy, madaniy-oqartuv harakatigina emas edi. Asr boshidan voqealar, rus-yapon urushidagi mag‘lubiyat Rusiyani buhronga olib keldi. Ichki milliy nizolar, noroziliklar kuchaya boshladi. Turkistonda asta-sekin uyg‘onish boshlandi. Rusiyada, xususan Kavkaz, Volgabo‘yida yashovchi turkiy millatlar bilan yaqinlashishga, hamkorlikka intilish kuchaydi. Yangi g‘oyalar kirib kela boshladi. Islomchilik (panislomizm), turkchilik (panturkizm) shundaylardan edi. Bu g‘oyalar X1X asrning o‘rtalarida Usmonli davlatlarda paydo bo‘ldi. Dastlab, “usmonchilik” o‘rtaga qo‘yildi.
1698-99-yili Usmonli davlati birvarakayiga to‘rt davlat – Avstriya, Vengriya, Polsha, Rusiya bilan urushga kirdi va yengildi. Bu usmonli saltanati tanazzulini boshlanishi edi. Idora usulida o‘zgarishlar qilish kerak edi. Yildan yilga taraqqiy topib, harbiy-iqtisodiy qudrati oshib borayotgan Ovrupadan nimanidir olish kerak edi. Bu fikr 1789-yili taxtga chiqqan 3-Salimda ko‘zga tashlandi. U “Nizomi jadid” tuzib, qo‘shin va idorani yangilashga kirishdi.
Jadidchilikning ruhi va mazmunini o‘zida bekamu-ko‘st namoyon etgan jadid adabiyoti milliy ong va sezim taraqqiyotida beqiyos rol o‘ynaydi. Bu adabiyotning ilk namunalari badiiyatiga ko‘ra u qadar yuksak emas, G‘oyalar yayroq beriladi. Yalang‘och da’vat va chaqiriqlar, shiorbozlik ko‘zga tashlanadi. Jadid adabiyoti 10-yillarning oxiri, 20-yillarning boshidagina har jihatidan to‘laqonli adabiyotga aylandi.
Jadid adabiyotining birinchi bosqichi – 1905-1917-yillar adabiyotida Turkiston jadidchiligining quyidagi xususiyatlari o‘z ifodasini topdi:

  1. Ma’rifatga maqsad emas, vosita sifatida qarash.

  2. Erksizlikni, mustamlaka idora usulini anglash, uning sabablarini va undan qutilish yo‘llarini izlash.

Turkistondagi jadidlar 1914-yilda boshlangan Birinchi jahon urushining imperialistik mohiyatini anglab etdilar. Bu mavzu jadid adabiyotida ifodasini topdi. Urushni inkor etish, uni insonlar boshiga yog‘ilgan balo-ofat shaklida his qilish va uni adabiyotga olib kirish Rusiyani “rus bo‘lmagan” xalqlari adabiyotida 1914-yilning oxiri 1915-yilning avvalidan boshlangan edi.
Urush chor samoderjaviyasini tanazzulini ochiq-oshkor qiladi, ijtimoiy ziddiyatlarni keskinlashtirib yubordi. 1916-yil mamlakatda ijtimoiy norozilik boshladi. Uning ustiga o‘sha yili hosildorlik bitmadi. Oziq-ovqat tanqisligi, qahatchilik nafaqat Rossiyada, balki Turkistonda yuz berdi.
1916-yilning 25 iyunida 2-Nikolay “Imperiyadagi g‘ayrirus aholining erkaklarini harakatdagi armiya turgan rayonlarda mudofaa inshootlarini va harbiy aloqa yo‘llarini qurish ishlariga, xuddi shuningdek, davlat mudofaasi uchun zarur bo‘lgan boshqa har qanday ishlarga safarbar qilish to‘g‘risida farmon berdi. Turkistondagi 19 yoshdan 43 yoshgacha bo‘lgan 250 ming kishi mardikorlikka olinadigan bo‘ldi. O‘lkada qo‘zg‘olonlar boshlandi. Chor hukumat yon berishga majbur bo‘ldi. O‘lka ahvolini tekshirish uchun A.F.Kerenskiy ishtirokidagi komissiya yuborildi. Turkistonni yaxshi bilgan A.N.Kuropatkin general-gubernator qilib tayinlandi.
1916-yil voqealari badiiy adabiyotda keng ifodasini topdi. Hamzaning “Milliy ashulalar uchun milliy she’rlar majmuasi”ning 7-bo‘limi, Muhiddin Ibrohimov tuzgan “Loshmon” (Namangan, 1916), Avloniyning “Mardikorlar ashuvlasi” (T., 1917), Akbariy Toshkandiyning “Vatanga xizmati” (T., 1917), Sidqiyning “Rabotchilar namoyishi” (T., 1917), “Rabotchilar kelishi” (T., 1917), Mulla Murtazo bin Ismoiljonning “vatan xizmati” (T., 1917) kabi to‘plamlari yaratildi. Mulla Murtazo bin Ismoiljon yozadi:
Mildir-mildir suv oqar, suv tagida qum oqar,
Xizmatga ketganlarning onasini kim boqar?
Jadid she’riyati milliy poeziyamizning o‘ziga xos bosqichi vazifasini o‘tadi. Jadid she’riyatining mavzu ko‘lami kengaydi. Unda realistik tasvir kuchaydi. She’riyatda jamiyat hayoti aks etdi. Vazn jihatdan boyidi. Janr jihatdan boyib kengaydi. Obrazlar olami reallashdi.



Yüklə 197,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin