Jadid adabiyoti tarixi


-mavzu: Xorazm adabiy maktabi. Jadid adabiyotida Sharq va G‘arb madaniyati masalalari talqini. (2 soat)



Yüklə 197,08 Kb.
səhifə4/17
tarix16.10.2023
ölçüsü197,08 Kb.
#156280
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
portal.guldu.uz-Majmua

3-mavzu: Xorazm adabiy maktabi. Jadid adabiyotida Sharq va G‘arb madaniyati masalalari talqini. (2 soat).
Reja:

  1. Xorazm adabiy muhiti haqida ma’lumot.

  2. Komil Xorazmiy ijodi.

  3. Ahmad Tabibiy ijodi.

  4. Jadid adabiyotida Sharq va G‘arb madaniyati masalalari talqini.



Tayanch so‘z va iboralar:

  1. Xiva adabiy maktabi.

  2. Xorazm tarixi.

  3. Tazkirachilik.



Adabiyotlar:
1. Qosimov B. va b. Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti. T.: “Ma’naviyat”, 2004.
2. O‘zbek adabiyoti tarixi. 5 jildlik. 5-jild. T.: Fan, 1980.
3. Karimov G‘. O‘zbek adabiyoti tarixi. T.: “O‘qituvchi”, 1966.
Nazorat savollari:
1. Xorazm adabiy muhiti va uning namoyandalari haqida ma’lumot bering.
2. Xorazm adabiy muhitiga xos jihatlar qaysilar?
3. Komil Xorazmiy faoliyati haqida nimalar bilasiz?
4. Komil Xorazmiy ijodiga xos jihatlar qaysilar?
5. Ahmad Tabibiy tarjimai holi haqida ma’lumot bering.
6. Ahmad Tabibiy ijodi haqida so‘zlang.


Darsning maqsadi: magistrlarda jadid adabiyoti taraqqiyotiga hissa qo‘shgan, Xorazm adabiy maktabi vakillari Xorazmiy, Feruz, Tabibiy faoliyati, adabiy merosi, she’riyati haqida tasavvur berish.
Xorazm adabiy maktabi o‘zbek adabiyoti tarixida muhim o‘rin tutadi. Xiva adabiy muhitining shakllanishi va taraqqiyoti Muhammad Rahimxon Feruz nomi bilan bevosita bog‘liqdir. Muhammad Rahimxon Feruz – buyuk davlat arbobi, atoqli shoir, madaniyat va san’at homiysi, ma’rifatpavardir. Feruzning Xorazm xoni sifatidagi faoliyati Vatanimiz tarixining eng murakkab va ziddiyatli davriga to‘g‘ri keldi. Markaziy Osiyo Rossiya istibdodi girdobiga tushgan bu davrda u davlatni (1844-1910) nihoyatda tadbirkorlik bilan boshqardi. Adabiyot, san’at, ilm-fan va maorifni uning tashabbusi bilan madaniy-ma’rifiy, adabiy muhit yuzaga keldi.
Feruz X1X asrning ikkinchi yarmi o‘zbek adabiyoti ravnaqiga katta hissa qo‘shdi: saroyda o‘nlab shoirlar uning homiyligida badiiy ijod bilan shuG‘ullandilar. Muhammad Yusuf Bayoniy, Muhammad Rasul Mirzo, Ahmad Tabibiy, Avaz O‘tar o‘g‘li, Chokor, Raqib, Devoniy, G‘oziy, Shinosiy, Oqil, G‘ulomiy, Komyob kabi shoirlar jumlasidandir. Uning saroyida 50 ka yaqin shoiru yozuvchilar, sozanda va namoyandalar, maoriflar, tarjimonlar, xattotlar, noshirlar faoliyat ko‘rsatdi.
Xorizm tarixiga oid birlamchi manbalar – Ogahiyning “Shohidi-ul iqbol”, Bayoniyning “Setorayi Xorazmshohiy”, Ahmad Tabibiyning “Majmuat-ush shuaroi Feruzshohiy”, Hasanmurod Laffasiyning “Xiva shoir va adabiyotchilarning tarjimai holi”, Bobojon Tarrohning “Xorazm navozandalari” kabi asarlarida Muhammad Rahimxon Soniy Feruz haqida ma’lumotlar berilgan.
Xorazm adabiyoti tarixida X1X asrning ikkinchi yarmi o‘ziga xos bu davrdir. Bu davrda Xorazm adabiyoti yuksak taraqqiyot bosqichiga ko‘tarildi. Ayniqsa, saroyda kuchli bir adabiy guruh maydonga keldiki, unda Feruzning hissasi beqiyos. Afsuski, Feruz hukmdor, xon bo‘lgan uchun 74 yillik sho‘ro davrida e’tibordan chetda qolib ketdi. Feruz unitilayotgan bir paytda, 1960-yilda sho‘rolar mafkurasi ustuvor bo‘lib turgan bir zamonda A.Qahhor birinchi bo‘lib shoir ijodini o‘rganish masalasini ko‘rib chiqdi. Jumladan, “Qizil O‘zbekiston” gazetasida Feruz ijodini rad etish mazmunidagi maqolasiga keskin qarshi chiqib: “Feruz – mashhur lirik shoir, musiqashunos, kompozitor, yaxshi tarjimon Umarxon singari o‘z zamonasining shoirlarini o‘rdasiga yiqqan. 1873-yilda bosmaxona sotib olib, Xorazmda birinchi kitob bostirgan odam” degan edi. Ammo Feruz faoliyatini o‘rganish mustaqillikdan keyingina boshlandi.
Komil Xorazmiy (1825-1897) – shoir, hattot, bastakor, musiqashunos, tarjimon, davlat arbobi.
X1X asr manbalarining aksariyatida, jumladan, ogahiyning “Gulshani davlat”, Muhammad Yusuf Bayoniyning “Shajarayi Xorazmshohiy”, Ahmad Tavbibiyning “Majmuatush shuaro” kabi asarlarida Komilning otashzabon shoir va tadbirkor davlat arbobi sifatida faoliyati baholangan.
Muhammadniyoz Komil 1825-yilda Xivada tug‘ildi. Dastlab eski maktabda, so‘ngra Xiva madrasalaridan birida ta’lim oldi.
Talabalik davridayoq she’rlari el nazariga tushdi. Natijada uni Xiva xoni Sayid Muhammadxon saroyiga, mirzolik lavozimiga taklif etadi. Feruz taxtga chiqqach Komil tez orada mirzaboshilik lavozimiga tayinlanadi. Rusiya imperiyasi Xiva xonligini bosib olish uchun urush boshlagan. 1873-yilda Komil xuddi shu mansabda edi.
Xiva xonligi saroyidagi amaldorlar yurt ustiga bostirib kelayotgan bosqinchilarga munosabat masalasida farqlanar edilar. Devonboshi Matmurod boshliq birinchi guruh kuchlar nisbatani hisobga olmay, el-yurtni qonga bostirishga muqarrar bo‘lgan jihod tarafdori edilar. Mirzaboshi Komil, xonning maslahatchisi Said Amirqul Umar va uning hamkifrlari esa yurt imkoniyatlarini to‘la hisobga olgan holda ish ko‘rish, bosqinchi tomon bilan murosa-yu madaro yo‘lini tutish, shu tariqa huquqlari cheklangan holda bo‘lsa ham xonlikni saqlab qolish fikrida edilar. Keyingi voqealar Komil va uning tarafdorlari ham ekanligini ko‘rsatdi.
1873-yilning 12-avgustida Xiva yaqinidagi Gandimiyon qishlog‘ida Rusiya bilan Xiva xonligi o‘rtasida shartnoma tuzildi. Bu “Gandimiyon shartnomasi” nomi bilan tarixga kirdi. Xiva xonligi misol bo‘lib qoldi. Xiva xonligidagi 1873-yil voqealari haqida ingliz tilida maxsus kitob chop ettirish Mak-Goxan Komilning sulhparvar, tadbirkor kishi ekanini ta’kidlasa, Xiva xonligiga qarshi janglarda bevosita ishtirok etgan F.Lobasevich uning to‘G‘risida bunday yozadi: “Matniyoz xonlikning og‘ir, kulfatli paytlarida, Xiva aholisi hayot-mamoti hal bo‘layotgan bir vaqtda butun kuch-quvvatini sarflab, bekorchi G‘azab va jahoni bosishga, anglashilmovchiliklar sababini aniqlashga va yuzaga kelgan ixtilofni yaxshi natijalar bilan tugatilishiga harakat qildi. Matniyozning bu vaqtda o‘z Vataniga ko‘rsatgan xizmati beqiyos katta bo‘ldi” 1873 yil qirg‘inbarotlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgan ba’zi muarrixlar esa ancha keyin bitilgan asarlarida Komilning bu davrdagi faoliyatiga birmuncha salbiy munosabatda bo‘lganlar. Bu hol Bayoniy va Laffasiy asarlarida ko‘proq seziladi. So‘ng Komil bor mansabidan ozod etildi. 1897-yildan 72 yoshida vafot etdi.
Komil xattotlik bilan shug‘ullangan. Komil Xorazmiy Moskva, Peterburg shaharlarida bo‘lgan. Birinchi 1873, ikkinchi 1883, uchinchi esa 1891 yillarga to‘g‘ri keladi.
Komil taniqli shoir edi. Devon tuzgan.
Xorazmlik buyuk xonanda Komiljon Otaniyozov kuylagan “Kimni sevar yorisan” muxammasi Komil qalamiga mansub:

Qaysi falak burjini mehri nur anvarisan,


Qaysi sadaf durining gavhari shaxvarisan,
Qaysi xutan ohusi, nafsi totarisan,
Qaysi chamanzorni lolayu gulnorisan,
So‘yla manga, ey sanam, kimni sevar yorisan?
Qomatingga bandadur bog‘ aro sarvi ravon,
La’l labing rashkidin G‘uncha erur bag‘ri qon,
Chunki chaman sahnida bo‘lsa yuzing gulfishon,
Nolasin aylar fuzun bulbuli bexonumon,
So‘yla manG‘a, ey sanam, kimni sevar yorisan?

Komil Xorazmiy musiqasini notaga kiritdi. “Tanbur notasi” nomi bilan mashhur bo‘ldi. Bastakor sifatida “Murabbai Komil”, “Peshravi Komil” kuylarini yaratdi.


Komil Barxurdor bin Mahmud turkman Farohiy adabiy taxallusi “Mumtoz”ning “Mahbubul qulub” (xalq orasida “Mahfil aro” (“Majlisga ziynat beruvchi”) asarini, Fahriddin Ali Safiyning “Latoyifut-Tavoyif” asarlari fors tilidan o‘zbek tiliga tarjima qildi.
Komil X1X asrning 80-90-yillarida Xiva xonligida matbaa ishlari rivojiga ham salmoqli hissa qo‘shdi.
Ahmad Tabibiy – X1X asr oxiri XX asr boshlarida badiiy adabiyotning deyarli barcha turlarida ijod qilgan, ustozlari Munis, Ogahiy, Komil kabi o‘ziga xos shoir, dostonnavis, tarjimon, tazkiranavis ijodkordir.
Ahmad Tabibiy shaxsiyati, ijodiy merosi haqida dastlab Muhammad Yusuf Bayoniy, rus turkshunosi A.N.Samoylovich, shoirning zamondoshi Hasanmurodqori Muhammadamin Laffaziy asarlarida ma’lumotlar berilgan.
Ahmad Tabibiy 1869 yili Xorazm xonligining siyosiy va madaniy markazi Xiva shahrida tuG‘ildi. Uning otasi asli afG‘onistonlik, keyinchalik Xorazmga kelib turg‘un bo‘lib qolgan. Ali Muhammad Xivaning mashhur tabiblaridan edi. U o‘g‘lini fors, arab tillariga, tabiblikka o‘rgatdi. Shuning uchun Ahmad o‘ziga “Tabibiy” taxallusini tanladi. Feruz shoir ahmadni saroyiga taklif etdi. U saroyda Avaz O‘tar kabi shoirga ustozlik qildi. Laffaiyning yozishicha Tabibiy past bo‘ylik, ochiq chehra, shirin so‘z, nozik tabib kishi bo‘lgan. Shaxmat bilan tanburni xush ko‘rgan. Uning besh devoni bor. “Tuhvabus sulton”, “Munisul ushshoq”, “Hayratul ushshoq” devonlari o‘zbek tilidagi, “Mir’otul ishq”, “Mazharul - ishtiyoq” devonlari esa fors-tojik tilidagi she’rlaridan tashkil topgan. U “Vomiq va Azro” dostoni muallifi. Tazkiranavis sifatida “Majmuat-ush – shuaroyi Feruzshohi”ni tuzdi. Tarjimon sifatida Fuzuliyning “Haft jom” asarini fors tilidan tarjima qildi.
Ahmad Tabibiy ijodida ma’rifat mavzusi etakchi o‘rin egalladi.
Kimdakim ahli jahondin bor ilmu ma’rifat,
QolG‘usidur oni borxundor ilmu ma’rifat...
G‘aflatu jahl uyqusig‘a g‘arq bo‘lg‘on shaxsni,
Fayz birla ul qilur bedor ilmu ma’rifat.
Ilm birla ma’rifat ta’limni tark etmagil,
Hosil et borincha jon, takror ilmu ma’rifat.

Jadid adabiyotida Sharq va G‘arb madaniyati masalalari talqini keng ifodasini topdi. Bu I.Gaspirinskiyning “Madaniyati islomiya” asarida keng aks etdi. Fitrat “Chin sevish” dramasida ham shu masalaga e’tibor qaratadi. Cho‘lpon asarlarida ham Sharq va G‘arb madaniyatida o‘ziga xoslik va ayirmalar keng aks etgan. Bu bejiz emas. Ular Sharq yuksak madaniyat beshinchi bo‘lganini, XX asr boshlariga kelib mustamlakalar ta’sirida xarob holatga kelganligidan iztirob tortadilar.




Yüklə 197,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin