5-mavzu: Toshkent adabiy maktabi. Jadid adabiyotida lirika. Reja: Toshkent adabiy maktabi haqida ma’lumot.
Fazlulloh Almaiy ijodi.
Karimbek Kamiy ijodi.
Jadid adabiyotida lirika.
Adabiyotlar ro‘yxati: Qosimov B. va b. Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti. – T.: Ma’naviyat, 2004.
Karimov N. XX asr adabiyoti manzaralari. –T.: O‘zbekiston, 2008.
Darsning maqsadi: Masgitrlarda Toshkent adabiy maktabiga xos jihatlar, uning namoyandalari ijodi haqida tasavvur hosil qilish.
Toshkent Turkiston general gubernatorligini markaziy shahri bo‘lganligidan evropalashish jarayoni Bu erda tezroq va sezilarliroq bo‘ldi. Toshkentda ko‘proq matbaachilik, ya’ni noshirlik va gazetachilik rivojlandi. Tarjimachilik, birinchi navbatda, ruschadan tarjima taraqqiy topdi. Chimkentlik ma’rifatparvar Sattorxon Abdug‘afforov (1843-1901) 80-90 yillarda, mashhur Furqat (1851-1909) 1889-1891 yillarda “Turkiston viloyatining gazetasi”da bevosita ishlaganliklari, o‘z hayotlari davomida ushbu gazeta bilan hamkorlikda bo‘ldilar. Adabiyot rivojlandi. Mo‘minjon Muhammadjonov – Toshqin (1883-1964)ning 40 dan ortiq shoir haqida ma’lumot beruvchi “Toshkentlik va Toshkentda bo‘lgan o‘zbek shoirlarining tarjimai hollari” (1948) asarida yuu haqda ma’lumotlar berilgan.
Adabiy-madaniy jarayon ko‘proq shaharning “Ko‘kaldosh”, “Beklarbegi”, “Baroqxon”, “Xo‘ja Axror” madrasalarida kechdi. Ayniqsa, dastlabki ikkitasini mavqei baland edi. “Ko‘kldosh”da mashhur hattot “Tig‘bandiy” taxallusi bilan she’rlar ham yozib turadigan Shohmurod kotib (1850-1922), Qosimxonto‘ra Muztarib (1858-1944), “Beklarbegi”da “qashshoq mulla” nomi bilan tanilgan Rahimxo‘ja Xatmiy (1855-1908), o‘ttiz yoshida “Baroqxon”ga mudarris bo‘lgan mashhur Bedilxon Alouddin Fununiy (1861-1932) kabi qalamkashlar atrofida adabiy muhit shakllandi. 1890-yilda Furqat, 1899 yilda Muqimiy “Ko‘kaldosh”da turganlar. Karimbek Kamiy (1865-1922), Qodirqori Ramziy (1861-1943), Afandixon Maxzum Anbariy (1870-1946), Sayyid Haybatulloh Xislat (1880-1845), Mulla Qo‘shoq Miskin (1880-1937), Sirojiddin Sidqiy Xondayliqiy (1884-1934) ijod etdilar.
Fazlulloh Almaiy (1851-1891) X1X asr o‘zbek adabiyotini Toshkentda etishtirgan taniqli voqealaridan, shoir, olim va tarjimondir. El orasida “Qori Fazlulloh” nomi bilan mashhur bo‘lgan. U Toshkent shahrining Qo‘shtut mahallasida tuG‘ilgan. Otasi Mirjalol bo‘zchilik bilan shug‘ullangan. U dastlab mahalladan eski maktabda, so‘ng Toshkentda “Mo‘yi Muborak” madrasasida, so‘ng Buxoro madrasalarining birida o‘qidi. Madrasadan qaytib kelgach, Toshkentdagi Shukurxon madrasasida mudarrislik qiladi.
Zamondoshlarning aybini Fazlulloh tikso‘z, tantartmas, kishini yuzini ko‘ziga demay aybini ochiq aytuvchi kishi bo‘lgan. Shu sababli u amaldorlarga yoqmagan. Jumladan, qiziqqon Umarbek bilan kelisholmay madrasadagi chetlatilgan. Shundan so‘z u asosan hattotlik va tarjimonlik bilan ro‘zg‘or tebratgan. Fazlulloh xat yozishda “nastaliq”, “xatti noxuniy” (tirnoq bilan yozish) san’atlarini egallagan xattot edi.
X1X asrning so‘ngida Toshkentda tan olingan 7 bedilxonni bir ana shu qori Fazlulloh edi.
Almaiy qator hajviyalar yozdi. “Muyi muborak” madrasasida o‘qib yurgan paytida o‘sha atrofda o‘tin terib yurgan ko‘knorini hajv qilib she’r yozadi:
Boshiga kichik latta chulg‘ab,
O‘lguncha xor-zor ko‘knori.
Aslidin garchi har ish kelmas,
Cho‘p terarga yarar ko‘knori.
“Almaiy” (arabcha “sinchkov, ziyrak” degan) taxallusi shoir sifatida tanildi. Arab tili grammatikasiga oid “Azonul jumu’” (“Ko‘plik vaznlari”) nomli kitob yozdi. Mashhur hind yodgorligi “Kalila va Dimna”ni o‘zbek tiliga tarjima qildi.
Almaiy 39 yoshida vafot etdi. Hotif degan shoir uning o‘limiga bag‘ishlab marsiya yozdi. Uni “Ma’danikoni” (fazilat koni, ilmu donishga makon) deb atadi. 1965-yilda olim va murabbiy Subitoy Dolimov uning she’rlaridan ayrimlarini e’lon qildi. “Kalila va Dimna” tarjimasidan parchalarni nashrga tayyorladi.
Fazlulloh Almaiy uch tilda baravar ijod eta olgan shoir edi. U she’rlarini to‘plab devon tuzgan. Biroq bu devonni taqdiri noma’lum. Masalan, uning “Hayot” radifli she’ri o‘z davrida mashhur bo‘ldi. Unga Muqimiy muxammas bag‘ishlagan.
Ey, xayoli jonim ichra tanda jon yanglig‘ hayot,
Kelki sensiz talx bo‘ldi, jonima totlig‘ hayot.
Jadid adabiyoti yangilanish davri adabiyotidir. Unda qadim davrlardan kelayotgan adabiy turlar saqlandi. Devon adabiyotida she’riyat (poeziya) asosiy o‘rin egalladi. Aruz asosiy vazn bo‘ldi. G‘azal, ruboiy, tuyuq, ta’rix, muammo, muxammas, musaddas, musamman va ayniqsa, masnaviydan keng foydalanildi. Sayohat xotiralarini ifodalovchi sayohanoma janri maydonga keldi. Ishq mavzui bu davrda she’riyatning markaziy mavzui bo‘ldi. Ikki tillilik (Zullisonayn) an’ana davom etdi. Madrasa ko‘ganlarning deyarli hammasi arab va fors tillaridan xabardor edilar. Shoirlarning ko‘ngiligi o‘zbek tili bilan bir qatorda tojik tilida ham ijod eta olardi. Hamda ijodida aruz bilan bir qatorda barmoq, sarbast she’rlar yuzaga keldi. Hamza lirikasining tilini soddalashtirdi, xalq tiliga yaqinlashtirdi.