Jadid adabiyoti tarixi


-mavzu: Qo‘qon adabiy maktabi. Muqimiy, Furqat, Ibrat



Yüklə 197,08 Kb.
səhifə5/17
tarix16.10.2023
ölçüsü197,08 Kb.
#156280
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
portal.guldu.uz-Majmua

4-mavzu: Qo‘qon adabiy maktabi. Muqimiy, Furqat, Ibrat.
Jadid adabiyotida an’ana va yangilik uyg‘unlashuvi (2 soat)
Reja:
1. Qo‘qon adabiy maktabi haqida ma’lumot.
2. Muqimiy ijodi.
3. Furqat ijodi.
4. Ibrat ijodi.
5. Jadid adabiyotida an’ana va yangilik uyG‘unlashuvi.


Tavsiya etiladigan adabiyotlar:

  1. Karimov G‘. O‘zbek adabiyoti tarixi. –T.: O‘qituvchi, 1966.

  2. Qayumov P. Xo‘qand tarixi va uning adabiyoti. –T.: Tamaddun, 2011.

  3. Muqimiy. Tanlangan asarlar. –T.: 1974.

  4. Furqat. Tanlangan asarlar. –T.: 1983.

  5. Yusupov Sh. Xudoyorxon va Furqat. –T.: 1985.



Nazorat savollari:

  1. Qo‘qon adabiy maktabi namoyandalari haqida nimalar bilasiz?

  2. Qo‘qon adabiy maktabiga xos jihatlar nimalarda ko‘rinadi?

  3. Qo‘qon adabiy maktabi vakillari ijodiga xos adabiy janrlar qaysilar?

  4. Muqimiy g‘azallariga xos xususiyatlar nimalarda ko‘zga tashlanadi?

  5. Furqat she’riy mahoratiga xos jihatlar qaysilar?

  6. Zavqiy hajviy she’rlari haqida nimalar bilasiz?



Darsning maqsadi: Magistrlarda Qo‘qon adabiy maktabi vakillari ijodiga xos jihatlar haqida ma’luom thosil qilish.
Qo‘qonda Muqimiy (1850-1903), Furqat (1859-1909), Zavqiy (1893-1921), Nisbatiy (1903 y v.x.), Muhayyir (1845-1918), Qori Yusuf Muntazir (1899 y. v.x.), Usmonxo‘ja Zoriy (1839-1916) kabilar adabiy davra tashkil etdilar. Vodiyning mashhur kishisidan biri “Toji shoiron” (“shoirlar shohi”) deb e’zozlangan Muhyi (1835-1911) bo‘lsa, ikkinchisi, shubhasiz, “Haziniy to‘ra” deb arzonlashgan Ziyovuddin Haziniy (1867-1923) edi. Asli pskentlik Said Akmalxon (1834-1883), marg‘ilonlik qozi Xo‘jaxonxo‘ja Rojiy (1838-1937), Namangandan Nodim (1844-1910), Ibrat (1862-1937), Andijondan Abdurazzoq Bimiy (1847-1918), Xo‘janddan Toshxo‘ja Asiriy (1864-1916), Sayramdan Yusuf Saryomiy (1845-1912), Toshkentdan Karimbek Kamiy (1865-1922) kabilar Qo‘qondagi adabiy suhbatlarda tez-tez ishtirok etib turdilar.
Bu erda ham an’anaga ko‘ra she’riyat ko‘proq rivoj topdi. Ayni paytda, undagi mazmun va shaklni yangilash harakatlari ilk bor bu erda ko‘zga tashlandi. Muqimiy bir tomondan, mumtoz adabiyotimizdagi eng yaxshi an’analarni davom ettirdi. Ikkinchi yoqdan, rus istilosi tufayli ijtimoiy hayotda kechayotgan o‘zgarishlarni adabiyotga olib kirdi. Masalan, zavod-fabrikalar ishga tushib, ishchilar sinfini maydonga chiqishi, tili, dini, urf-udumlari, hatto hayot tarzi keskin farq qiluvchi Evropaning Turkistonga kirib kelishi va buning mahalliy xalqqa, uning turmushi etkazgan ta’siri, evropalashuv tomon qo‘yilgan dastlabki qadamlarning yaxshi-yomon jihatlari tahlili ilk daf’a Muqimiy ijodida aks etdi. Muqimiy yangilana boshlagan adabiyotning g‘oya va mazmuninigina emas, shaklu ifodalariga ham ma’lum yangiliklar kiritdi.hajvga alohida e’tibor berdi. Ijtimoiy fikrga, jamiyat tanqidiga alohida diqqatini qaratdi.
Furqat lirikasi o‘zbek mumtoz adabiyotining go‘zal namunalari edi. U ehtiros to‘la g‘azallari, erkka tashna musaddaslari, hijron iztiroblari barch urgan she’riy maktublari bilan o‘zbek adabiyotiga toza va tipik ohanglar olib kirdi. Biroq uning hayoti g‘oyat murakkab kechdi. Zamon uning taqdirini alg‘ov-dalg‘ov qilib yubordi. U bir umr vataniga qaytish armoni bilan yashadi. Lekin bu uning asarlarigagina nasib etdi. U ko‘ngil tubidagi ishqini dardlarini she’rlariga to‘kdi. Bu she’rlar Vatan sog‘inchini ifodalagan eng sara asarlar bo‘lib qoldi. U dastlab rus ilm-faniga, Yevropa mo‘’jizaday boqdi. Rus ziyolilarining Turkistondagi vakillariga xalaskorlardek qaradi. Bularni orqasida o‘z ustunliklarini namoyish qilish va u orqali zabt etilgan yurtni iqtisodiy va ma’naviy asoratda saqlash maqsadi yotganligini birdaniga anglab etmadi. Bu mumkin ham emas edi. Biroq yurt fojealari, taqdirni beayov zarbalari asta-sekinlik bilan bo‘lsa-da Rusiyaning Turkistondagi siyosatini asl mohiyatini angladi.
Uning she’rlariga taqdirdan shikoyat bilan birga erkparvarlik, ozodlik ruhi kirib keldi. Jumladan, “Sayding qo‘yaber, Sayyod” musaddasi o‘ziga xos ozodlik madhiyasi bo‘lsa, “”Munojot musaddas”i, “Begim”, “Bo‘ldi” radifli muxammasi rus istibdodiga ochiqdan – ochiq isyon namunalari edi.
Epik janrlar, xususan, dostonchilik rivojlandi. Qo‘qon adabiy maktabi vakillaridan Umidi-Havoiy (1835-1905), “”Maktubchai xon”, “Jangnoma”, “Badavlatnoma yoki tarixi Xo‘qand” kabi tarixiy dostonlar yozdi. Bu asarlar bevosita rus bosqini va uning oqibatlari bilan bog‘liq voqealarni Vatan va Millat sha’ni, el-yurt manfaati nuqtai nazaridan aks ettirdi.
Qo‘qon adabiy harakatchiligining muhim xususiyatlaridan biri X1X asrning birinchi yarmida shakllangan shoirlar silsilasini davom etganligidandir. Jahon Otin Uvaysiy, Mohlaroyim Nodira ana’analari bu davrda Dilshodi Barno (1800-1905-06) va Anbarotin (1870-1915)da ilk iste’dodli shoirni etkazib berdi.
Muqimiy zamondoshlarining taniqli vakillaridan biri, ismi-sharifi Sulaymonxo‘ja Ulug‘xo‘ja o‘g‘li (1844-1910)dir. “Nodim” adabiy taxallusidir. Ma’nosi “pushaymon qiluvchi” ma’nosini anglatadi. Jomi’ mahallasi Namangan shahrida ziyoli oilada tug‘ilgan. Shu shaharning Saidqulibek madrasasida o‘qigan. 1887-1888-yillarda Muqimiy bilan Toshkentda tanishadi. 1899-yilda Avliyo ota, Buxoro, Samarqand, Toshkentga safar qildi. 1902-yilda hajga bordi. Turkiya, Misr, Arabistonda bo‘ldi. 1910-yil 26 iyunda Namanganda vafot etdi.
Shoirning bizga o‘z qo‘li bilan tuzgan “Bayozi Nodim” qo‘lyozmasi etib kelgan. Unda mumtoz she’riyatimizga doir barcha tillarda yozilgan she’rlar uchraydi. Ularning bir qismi Navoiy, Nodiradan tortib, zamondoshlari Muqimiy, Zavqiy, Furqat G‘azallarigacha bog‘lagan muxammaslardan, yana bir qismi shoirni turli-tuman safar taassurotlaridan iborat. Hajviyalari ham bor. Uning ijtimoiy-siyosiy mavzudagi she’rlari uning ijodida jiddiy va salmoqli o‘rin egallaydi. Bu jihatdan Mahmurning “Hapalak”, Furqatning “Sayding qo‘yaber sayyod” she’rlari bog‘lami mujassamlashgan. “Muxammasi Nodim va ahvoli zamona”, “Dar mazzamoti zamona” asarlari muhim. Shoirning bir qator she’rlari mashhur tovlanishi, rus kapitalisti Viktor Rimatov haqidagi “Hajvi Vikto‘r” to‘rtlikni to‘ldiradi. Muallif raqobatga bardosh berolmay birin-ketin sinayotgani o‘zbek zavodchilarining hisobi yo‘qligini, sudxo‘rlardagi katta foiz bilan qarz ko‘tarib, hovli-joyini kelgindilar qo‘liga arzon-garovga o‘tib ketayotganligini achinish bilan izohlaydi. Ayni paytda uni fan-texnika yutuqlari tabiiy suratda hammaga soladi. Masalan, u poezdni ilk bor ko‘rarkan hayratini yashirmaydi. Garchi uning nomi maqsadga xizmat qilishini yaxshi anglab etmasa-da, ilmu fan mo‘’jizasi sifatida millatdoshlar ta’riflab berishni ma’qul ko‘radi.
Lirik va hajviy asarlari bilan xalq o‘rtasida keng e’tibor qozongan shoirlardan biri Ubaydullo usta Solih o‘g‘li Zavqiydir (1853-1921). 1955 yilda adabiyotshunos H.Razzoqov u haqda “Zavqiy hayoti va ijodi” risolasini yozdi va 1958-1960 yillarda 50 ga yaqin shoirlarni to‘ldirib, “Tanlangan asarlari” nomi bilan nashr ettirdi. 2003 yilda A.Madaminov va A.Turdialievlar shoir avlodlari homiyligida “Ajab zamona” kitobini chop etdilar.
Shoirning adabiy merosi boy. U kosib-maxsido‘z oilasida tug‘ilgan. Eski maktabdan so‘ng tohasi Muhammad Siddiqning yordami bilan madrasada o‘qigan. U she’r yozish bilan birga kosiblik qilib oilaga qarashgan.
1880-yillarda Zavqiy Qo‘qon poyabzal rastasi pudratchi Mo‘minjon mahkamasiga ish yurituvchi bo‘lib kiradi. 1890-yillarda oilasi bilan ketma-ket musibatlar tushadi: otasi, ikki ukasi izma-iz vafot etadilar, rafiqasi Tojibibi shamollab, ikki ko‘zi ojiz bo‘lib qoladi.
1900-yilda haj safariga boradi. Uch yil Kavkaz, Kichik Osiyo, Misr va Arabistonni kezib, yangi fikr-qarashlari bilan yurtiga qaytadi. Tabiatan hozirjavob, mutoyibaga moyil shoir ijodida hajv kuchaydi. Va bu uning boshiga katta tashvishlar olib keldi. Masalan, 1905-1906 yillarda yozilgan 47 baytlik. “Aqli rasta hajvi” she’rida 46 kishi nomma-nom tilga olinib, har birini o‘ziga xos fe’li, atvori keskin satirada chizib ko‘rsatilgan edi. Bu atmagandek, uni katta qog‘ozga ko‘chirtirib, Qo‘qonni eng gavhari saygohiga muymarakdagi baland bir terakka osib qo‘yadi. Rasta ahli esa shoirni tutib kaltaklaydilar.
Ustidan shahar va uezd hokimiga arz qiladilar. Zavqiyga jarima solishadi. Ko‘p o‘tmay shoirning ushbu mojaroga bag‘ishlangan “Talading baring” she’ri paydo bo‘ldi.
Birinchi jahon urushi yillarida esa u davr fojialari aks ettiruvchi “Qahatlik”, “Kajdor zamona” va istiqbol orzulari bilan to‘lib toshgan “Ajab ermas” she’rlarini yozdi.
Shoir 1918-1921 yillarda qo‘qon poyabzal rastasi oqsoqoli ocharchilikka qarshi kurash hay’ati raisi bo‘lib ishladi.
Zavqiy lirik shoir sifatida “Kelmasa kelmasun netay”, “Ofarin”, “Ko‘zing”, “Aylab keling”, “Men kimga dey” kabi xalq qalbida saqlanib kelayotgan bir qator go‘zal G‘azallar yaratdi. Ayniqsa, uning “Yuzingni ko‘rsatib avval, o‘zingga bandalar qilding” misra bilan boshlovchi muxammasi mumtoz qo‘shiqchiligimizni oltin fondidan joy olgan.
Zavqiy o‘z hajviyalarida shunchaki ikir-chikir, fe’l tabiat tanqididan jamiyatni adolatsizlik asosida qurilgan negizini fosh etishgacha ko‘taradi. “Zamona kimniki?”, “Muncha ko‘p” she’rlari buning dalili. “Uy puli”, “Zolim puli”, “Veksel” she’rlarida o‘lkaga kirib kelgan yangiliklar axloqiy qusurlarni fosh etadi.
Shoirning “Voqeayi qozi saylov”, “Qahatlik” asarlari masnaviy yo‘lida yozilgan bo‘lib, ixcham dostonlardir.
Zavqiyning Muqimiy bilan mushoira yo‘sinida yozgan hazil mutoyibalari, “Sayohatnoma”si va she’riy maktublar muhim ahamiyatga ega. Jadid adabiyoti ana shu tariqa o‘ziga xos an’ana va yangiliklar jarayonini bosib o‘tdi.


Yüklə 197,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin