Jadid matbuotining milliy matbuot sifatida shakllanishi


“Uchinchi renessans: ilm-fan va



Yüklə 73,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix03.12.2023
ölçüsü73,08 Kb.
#171790
1   2   3   4   5   6   7
36 Nasirova Nilufar Norqulovna 219-225

“Uchinchi renessans: ilm-fan va 
ta’lim taraqqiyoti istiqbollari”
 
 
ISSN 2181-1784 
223 
w
www.oriens.uz
2021
 December
 
Milliy taraqqiyparvarlar g‘oyasining muhim tarkibiy qismlaridan biri tarixiy 
ongni rivojlantirish, tarixdan saboq chiqarish bo‘lgan. Abdurauf Fitrat 1917 yilda bu 
haqida shunday yozgan edi: “Tarix millatlarning o‘tmishini, taraqqiyotini hamda 
tanazzulining sabablarini o‘rganaturg‘on ilmdir”.
Turkistonning bu ilg‘or ziyolilari Turkistondagi idora usuli, boshqaruv 
shakllari, davlatchilik nazariyasi va amaliyoti bilan faol shug‘ullandilar. Yosh 
Buxoroliklar, yosh Xivaliklar partiyalari, “Sho‘roi Islomiya”, “Sho‘roi Ulamo”, 
“Turon” va boshqa jamiyatlarning dasturlarida davlatchilik masalalariga alohida 
e’tibor berilgan. Bu jadidchilikning ma’rifatdan siyosatga tomon yo‘l tutganligini 
bildiribgina qolmasdan, balki jamiyatni tubdan o‘zgartirish, yurtimizda mustaqillikka 
erishish uchun kurash boshlanganligini ham anglatar edi. 
Xullas, tarixiy tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, bizning ota-bobolarimiz asrlar 
davomida o‘z oilalari, muqaddas tuproqlari, diniy e’tiqodlari, urf-odatlari va 
an’analariga sodiq qolishni ulug‘ ish deb hisoblashgan. Bu dahlsiz urf-odatlarning 
buzilmasligi uchun xalqimizning ming-minglab sodiq o‘g‘lonlari o‘z hayotlarini 
qurbon qilganlar, yurt mustaqilligi uchun bo‘lgan janglarda shahid ketganlar. 
Turkiston Rossiya tomonidan bosib olingan vaqtdan beri to‘xtamagan milliy-ozodlik 
harakati xalqning milliy o‘zligini anglashida, o‘z Vatani va millatining ozodligi,
mustaqilligi uchun uning vatanparvarlik intilishlarini mustahkamlashda ulkan ta’sir 
ko‘rsatdi. Bizga yaxshi ma’lumki, jadidlar islohotlarini bosqichma-bosqich amalga 
oshirishni, tarqqiyot va rivojlanishga faqat tinchlik yo‘li bilan parlament orqali 
erishishni mo‘ljallagan edilar. Ular o‘zbek xalqining o‘ziga xos milliy mentaliteti, 
uning samimiyligi, bag‘ri kengligi, sabr-toqati, bardoshi va chidamini ham hisobga 
olgan holda tinch yo‘l bilan hokimiyatni qo‘lga olishga intilgan edilar. Jadidlar 
faoliyatidagi bu o‘ziga xos milliy g‘oya keyinchalik jahon ahamiyatiga molik 
hodisaga aylanib, u Hindiston va boshqa mamlakatlardagi milliy-ozodlik kuchlari 
yo‘l boshchilari tomonidan yanada rivojlantirildi. 
Mahmudxo‘ja Bexbudiy tomonidan o‘rtaga tashlangan “Haq olinur, berilmas!” 
shiori bugun millatning jangovar chaqirig‘iga aylandi. Har bir millat va mamlakat 
xalqi o‘zining haq-huquqlarini kurash orqali qo‘lga kiritdi. Lekin, Behbudiy 
mustaqillik uchun qon to‘kmasdan kurashish tarafdori edi. Parlament yo‘li bilan ko‘p 
narsaga erishish mumkin deb hisoblardi. 
Mustaqillik va ozodlik uchun, Turkistonda muxtoriyat o‘rnatish uchun 
parlament yo‘li orqali kurashgan Turkiston Muxtoriyati hukumati bolsheviklar 
tomonidan qonga botirildi. Turkistonda kommunistik mafkuraga tayangan mustabid 



Yüklə 73,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin