Jadid matbuotining milliy matbuot sifatida shakllanishi


“Uchinchi renessans: ilm-fan va



Yüklə 73,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix03.12.2023
ölçüsü73,08 Kb.
#171790
1   2   3   4   5   6   7
36 Nasirova Nilufar Norqulovna 219-225

“Uchinchi renessans: ilm-fan va 
ta’lim taraqqiyoti istiqbollari”
 
 
ISSN 2181-1784 
224 
w
www.oriens.uz
2021
 December
 
sovet rejimi qaror topdi. Biroq, milliy mafkura va milliy g‘oya yurtimizda sovet 
davrida ham o‘lmadi, u yashashda davom etdi. 
XULOSA VA TAKLIFLAR 
Xulosa filib aytganda, jadidchilik milliy ozodlik kurashi jarayonida yuzaga 
kelgan, o‘zbek halqi tarixida yangi sahifani ocha boshlagan ijtimoiy harakat 
bo‘lganligi bilan ajralib turgan. Ularning dunyoqarashida vatanparvarlik, 
millatparvarlik, ma’rifatparvarlik, taraqqiyparvarlik kabi g‘oyalar yetakchilik qilgan. 
Jadid ziyolilari erk, istiqlolga erishish uchun milliy ongni o‘stirish zarurligini 
payqadilar. Shu ma’noda ularning g‘oyalaridan va hayotiy pozitsiyalaridan 
foydalanish muhim vazifalardan hisoblanadi. Jadid matbuotida ozodlikka, 
mustaqillikka qon to‘kishlarga olib keluvchi turli to‘polon, qirg‘in-barot urushlar 
bilan emas, balki aholining savodini chiqarish, ularning ma’rifatini ko‘tarish orqali 
qaramlikdan qutulish g‘oyalari ilgari surilgan. Mazkur g‘oyalarni hozirgi zamon 
ruhiyatiga moslashtirgan holda rivojlantirish zarur. 
XX asr boshlarida ijtimoiy-siyosiy va ahloqiy muammolar jadid matbuotida 
keng o‘rin oladi. Jumladan, “Taraqqiy”, “Sadoi Turkiston”, “Ulug‘ Turkiston”, 
“Turon”, “Xurshid” singari gazetalarda e’lon qilingan hajviy va publitsistik asarlarda 
o‘sha davr boyonlarining qoloqligi, chor ma’muriyatining to‘rachiligi, paranjining 
yangi zamonga mos kelmayotgani, talabalarga 5 so‘m iona (ehson) qilish o‘rniga, 
besh yuzlab so‘mni restoranlarda foxishalarga sochayotgan ahloqsiz sarmoyadorlar 
qattiq tanqid ostiga olinadi. Maxmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori 
Abdurashidxonov, Hamza, Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jaev, Abdurauf Fitrat, 
Abdulla Qodiriy, Abdulxamid Cho‘lpon kabilar chiqishlarida mazkur muammolarni 
dadil ko‘tarib chiqdilar va yuqoridagi nashrlarda o‘z publitsistikasi bilan ham faol 
ishtirok etganlar. Shuning uchun mamlakatimiz va xorij arxivlarida saqlanayotgan 
bunday milliy matbuot durdonalarini tadqiq etish muhim ahamiyatga ega. Jadid 
matbuotida qanday odamlar millatga foyda keltirishlari mumkinligi haqida ko‘p fikr 
yuritganlar. Ular kasblar va hunarlarning o‘ziga xosliklarini chuqur tahlil qilib, 
kishilarning tabiatlarini ham o‘rganganlar. 
Jadidlarning nodir ilmiy-ijtimoiy merosini, serqirra faoliyatini, mazkur 
mezondagi boy maqolalarini chuqur o‘rganish va hayotga tadbiq etish borasidagi aniq, 
istiqbolli takliflar, g‘oyalar tizimi majmuini ishlab chiqish muhim deb hisoblayman. 
REFERENCES
1.
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. 
– T.:O‘zbekiston, 2017.



Yüklə 73,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin