“Uchinchi renessans: ilm-fan va ta’lim taraqqiyoti istiqbollari” ISSN 2181-1784 222
w www.oriens.uz 2021 December rivojlanishi lozim. Buning uchun esa xalqimiz eng avvalo ilm-ma’rifatli puxta
egallashi kerak edi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat,
Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Cho‘lponlpr yuqorida zikr etilganidek, buyuk
daholardir. Ularning matbuot haqidagi qarashlarida hozirgi davr ta’lim-tarbiya
sohasidagi qator muammolar o‘z aksini topgan.
Millatning o‘zligini ko‘rsatadigan xususiyatlardan biri til va maorifdir. Bu
ikkisi bo‘lmasa, millat mustaqil bo‘la olmaydi. Buni ziyraklik bilan anglagan Abdulla
Avloniy shunday yozadi: “Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur.
Hayhot! Biz turkistonliklar milliy tilni saqlamoq bir tarafda tursin, kundan-kun
unutmak va yo‘qotmakdadurmiz”.
Taraqqiyparvarlarimiz targ‘ib etgan g‘oyalar hamon o‘z ahamiyatini
yo‘qotmagan. Ular xalqni ma’rifatli qilish, madaniyatini yuksaltirish, xalqning o‘z
kuchiga, imkoniyatlariga ishonch hosil qilishi zarurligini yaxshi tushunishardi.
Tabiiyki, har bir millat taraqqiy topmog‘i uchun jahon ilm fan yangiliklaridan,
umuminsoniy g‘oyalardan foydalanmog‘i kerak. Lekin, muhim bir shart bilan. Bu
fikr va g‘oyalar millatning qalbi va ongidan o‘tmog‘i, “milliylashmog‘i” lozim.
Jadidlar millat taraqqiyotinigina emas, yashash, hatto uni saqlab qolish kafolatini
ham milliylikda ko‘radilar.
Ziyolilar, bir tomondan, Turkiston mustaqilligi uchun kurash olib bordilar.
Ikkinchi tomondan, ular Turkistonda demokratik huquqiy davlat qurish uchun
intildilar. Bu kurash jadidchilik mafkurasining asosini tashkil qiladi. Ota yurt –
Turkistonga nisbatan cheksiz mehr-muhabbat tuyg‘usi, uning kelajagi haqidagi o‘ylar,
vatanning taraqqiyot yo‘llari rejasini tuzish, Sharq va G‘arb an’analarini birlashtirish
jadidlarni bu yo‘lga undagan muhim omillar hisoblanadi. Turkistondagi milliy
harakatning asoschisi Mahmudxo‘ja Behbudiy “Oyna” jurnalida quyidagicha yozgan
edi: “Qabilasining ismini va yetti otasining otini bilmayturg‘onlarni “qul - marquq”
derlar”.
Behbudiy, Fitrat, Cho‘lpon, Munavvarqori va boshqa taraqqiyparvar
ziyolilarning asarlarida milliy g‘oyaning asosiy bo‘g‘ini – Turkistondagi barcha
mahalliy xalqlarni birlashtirish g‘oyasi qizil ip bo‘lib o‘tganligini ko‘ramiz. Bu holni
Behbudiy quyidagicha ko‘rsatgan edi: “Agarda biz Turkiston musulmonlari
xohlasakki, din va millatimizni ittifoq etib, bugundan islohotga, ittifoqqa qadam
qo‘ysak, ziyoli va taraqqiyparvarlarimiz, boy va ulamoimiz birlashib, din va millat,
Vatan rivoji uchun xizmat etsak, shunda biz boshqalarga qaram bo‘lmaymiz”.