7-jadval
O’zbekiston Respublikasi savdo balansi va tashqi qarzi dinamikasi
Ko’rsatkichlar
|
2001 y.
|
2002 y.
|
2003 y.
|
2004 y.
|
2005 y.
|
2006 y.
|
2007 y.
|
2008 y.
|
(9 oylik)
|
1.Tashqi qarzning nominal yalpi ichki mahsulotga nisbati
|
56,2
|
44,1
|
43,7
|
37,3
|
31,3
|
23,1
|
17
|
13,3
|
2.Tashqi savdo saldosi (mln. AQSh dollari)
|
33,5
|
276,4
|
760,8
|
1037
|
1317,5
|
1993,9
|
3755,9
|
5292,06
|
Manba:Jumaev.N.X.“Jahon moliyaviy inqirozi: mohiyati, sabablari va uning O’zbekistonga ta’siri” elektron darslikdan
4-jadval
Dunyoning ayrim mamlakatlari tashqi savdo saldosidagi o’zgarishlar (mlrd.AQSh doll.)
Mamlakatlar
|
1996 yil
|
2007 yil
|
Rivojlangan mamlakatlar, jami
|
46,2
|
-798,8
|
AQSh
|
-120,2
|
-854,7
|
Yaponiya
|
65,4
|
81
|
Evropa Ittifoqi
|
88,5
|
-228
|
Boshqalar
|
12,5
|
202,2
|
Rivojlanayotgan mamlakatlar, jami
|
-87,5
|
509,7
|
Xitoy
|
7,2
|
562
|
Yaqin Sharq va Afrika
|
5,9
|
311
|
Boshqalar
|
-100,6
|
-363,3
|
Manba: Xudoyberdiev Z.Ya., G’afurov U.V., Tuxliev B.K., Xomitov K.Z. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. O’quv qo’llanma(Elekron ma’ruza matni), Toshkent-2009
Jadvaldan ko’rinadiki, 1996 yilda rivojlangan mamlakatlar hissasiga 46,2 mlrd. dollar hajmdagi ijobiy tashqi savdo saldosi to’g’ri kelgan bo’lsa, 2007 yilga kelib bu ko’rsatkich 798,8 mlrd. dollar hajmdagi salbiy saldoni, ya’ni taqchillikni tashkil qilgan. Aksincha, bu davrda rivojlanayotgan mamlakatlarda butunlay teskari manzara kuzatilib, ularning 87,5 mlrd. doll. hajmdagi salbiy tashqi savdo saldosi 509,7 mlrd. doll. hajmdagi ijobiy tashqi savdo saldosiga aylangan. Jahon iqtisodiyotida ko’zatilgan bunday nomutanosiblik holatlari, ya’ni rivojlanayotgan mamlakatlar savdo balansida ijobiy saldo o’sayotgan sharoitda ayrim rivojlangan mamlakatlar tashqi savdo balansidagi yirik miqdordagi taqchillikning vujudga kelishi dunyo mamlakatlari valyuta zaxiralarining o’zgarishiga olib keldi.13
Aksariyat xalqaro ekspertlarning e’tirof etishlaricha 2006 yilda AQSh ipoteka bozorlarida boshlangan inqirozning avj olishi va uni jahon moliyaviy inqirozining kelib chiqishiga faol ta’sirini AQShning jahon yalpi ichki mahsulotining asosiy iste’mol qiluvchisi hisoblanganligini keltirib o’tishadi. Ma’lumotlarga qaraganda, Rivojlangan mamlakatlar, ayniqsa, AQSh davlat tashqi qarzi miqdorining o’sib borganligi va uni YaIMga nisbatan salmog’i o’sganligi inqirozni kuchayishining asosiy omillaridan biri bo’ldi (1-rasm).
1-diagramma
Jahondagi ayrim davlatlar tashqi qarzining YaIMga nisbatan dinamikasi, foizda14
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, keyingi 4 yil mobaynida xususan, AQSh va ayrim Mustaqil davlatlar hamdo’stligi davlatlari (Qirg’izistondan tashqari) tashqi qarzlarining yalpi ichki mahsulotlariga nisbatan salmog’i ortib borgan. Xususan, 2008 yilda AQSh tashqi qarzlarining yalpi ichki mahsulotga nisbatan salmog’i qariyb 90% ni tashkil qilgan. Bu ko’rsatkich Rossiyada 37% ni, Qozog’istonda 102% ni, Ukrainada 64% ni tashkil etgan. Qirg’izistonda esa keyingi 3 yil mobaynida pasayish tendenstiyasi kuzatilib 2008 yilda 81% ni tashkil qilgan. Bu borada O’zbekiston Respublikasida teskari tendenstiya kuzatilgan. Ya’ni, amalga oshirilgan oqilona iqtisodiy siyosat natijasida tashqi qarzlarning yalpi ichki mahsulotdagi salmog’i 2005 yildagi 29% dan 2008 yilda 13,3% ga qadar qisqargan.
Xususan, 2008 yilda jahon miqyosida bevosita xorijiy investistiyalar oqimi 20% gacha pasayganligi kuzatilgan. 2009 yilda jahon yalpi ichki mahsulotining pasayishi, bevosita xorijiy investistiyalar ko’lamining yanada pasayishini kuzatilishi hamda xalqaro savdo hajmi qariyib 15% ga pasayishi ehtimol qilinmoqda. Bu holat esa ishsizlik darajasining ortishi bilan bog’liq jiddiy ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin (2-rasm).
2-diagramma
Dostları ilə paylaş: |