Жадваллар редакторида иқтисодий



Yüklə 351 Kb.
səhifə6/6
tarix19.12.2023
ölçüsü351 Kb.
#185669
1   2   3   4   5   6
2-Laba

Yig`indilarni hisoblash.
- bu piktogrammada sichqonchani qirsillatsak, formulalar qatorida =SUMM yoziladi, so`ngra argumentlar keltiriladi, argumentlar quyidagicha avtomatik tarzda yoziladi, masalan = SUMM(A1:A10). Agar piktogrammasiz formulalar qatoridan =SUMM(A1:A10) (qavs ichidagi ifoda lotin alifbosida kiritiladi) terilsa va Enter bosilsa kursor turgan joyda yig`indi hosil bo`ladi.


Jadvallar orasidagi bog`lanishlarni o`rnatish.


Excel 5.0 da uch o`lchovli hujjatlarni ishlash imkoniyati yaratilgan. Shu sababli har xil jadvallar orasida istalgan bog`lanishlar osongina amalga oshiriladi. Excel da boshqa jadvalga qarashli yacheykalarga ham osongina murojaat kilinadi va bu yacheykaga tegishli formulalar o`zgartirilsa yacheyka qiymati ham o`zgaradi.
Misol. Quyidagi jadvalda firmaning 1996 yilgi tovarooboroti keltirilgan:






A

B

C

D

E







1 1996 йилги сотиш натижалари

2

Програм-
малар

Январь

Февраль

Март

Квартал







3

Редакторлар

122.5

13470

14816

29511







4

Маълумот
базаси

9566

10523

11575

31664







5

Excel

132.5

14923

16415

32663







6

Графика

19980

9020

9922

29922







7

Бошка м.

3600

3960

4356

11918







8

Cуммаси

26656

51896

57084

135678







Har bir yil uchun alohida bet ajratiladi. Bu yilgi ma`lum bir kvartal natijasini o`tgan yilgi shu vaqtga solishtirish talab qilinadi. Boshqa varaqdagi ma`lumotga murojaat qilish uchun bu varaq nomini va undagi mos yacheyka adresini berishimiz lozim. Masalan, Oborot95.xls dagi B3 yacheykaga murojaat qilish uchun quyidagi formulani yozish lozim :
=“Оborot95 “ ! B3


Diagrammalar qurish.
Excel da jadval shaklida berilgan kattaliklar uchun diagrammalar qurish imkoniyati mavjud. Diagrammalar qurishdan avval jadvalda hamma ishlarni tugatish lozim, shu jumladan jadvalni formatlash ishlarini ham. Co`ngra diagrammalar konstruktori chaqiriladi. Bu ish asosiy piktogrammalar qatoridagi diagrammalar konstruktorini bosish bilan amalga oshiriladi. Diagramma konstruktori diagrammani qayerga joylashtirishni ko`rsatishni kutadi. Sichqoncha strelkasi uchi piktogramma formasini oladi. Biz chap yuqorigi burchakka qirsillatsak u yerda punktir chiziqlar bilan to`rtburchak hosil bo`ladi. Uni o`ng burchakka qarab sudrasak u kattaradi. Shundan keyin konstruktor muloqot muloqot oynasini ochadi. Ammo avvalo jadval sarlavhasigacha to`liq ajratilgan bo`lishi lozim. So`ngra Next (dalshe) buyrug`i knopkasi bosiladi. Bizga tavsiya qilingan diagramma nushalari ichidan keraklisini tanlab olamiz. Endi konstruktor hosil bo`lgan diagrammani ko`rish uchun havola qiladi va ma`qul bo`lsa bu diagrammaga nom beriladi. Eng oxirida Finish knopkasi bosiladi.


Excel programmaga qo`shimcha obyektlar kiritish
Excel jadvallariga, diagrammalariga matnlar illyustratsiyalar va rasmlar kiritish mumkin. Rasm yoki matn kiritish kuyidagicha amalga oshiriladi:
- risunok piktogrammasi bosilsa ekranga hamma rasm chizish instrumentlari chiqadi va undan foydalanib o`zingiz rasmlar chizishingiz mumkin;

Foydalanilgan adabiyotlar:





  1. 1. Informatika. Uchebnik.- 3-ye izd.,pererab.- M.:Finansi-statistika, 1999.- 529-558 betlar.

  2. 2. Raxmatullin U., Lindayeva N. Super samouchitel raboti na personalnom kompyutere. Samarkand, 1999. - 113-120 betlar.

  3. Nasreddinova Sh.S. Windows 95 uchun Excel 7.0 sahifalarida.- T.:O`zbekiston, 1999.- 3-54 betlar.

  4. T.X.Xolmatov, N.I.Tayloqov. Amaliy matematika, dasturlash va kompyuterning dasturiy ta`minoti. O`quv qo`llanma. T.:Mehnat, 2000.- 214-225 betlar.

  5. Kolesnikov A. Excel 2000. K.: izd. gruppa VNU, 1999.- 87-104 betlar.

  6. Glushakov S.V.,Melnikov I.V. Personalniy kompyuter. Uchebniy kurs.-Xarkov : Folio: Rostov N/D: Feniks: 2000.- 291-365 betlar.

  7. Informatika. Bazoviy kurs./ Simonovich S.V. i dr. Spb.:izd.: Piter, 2000.- 302-327 betlar.

  8. www.ziyonet.uz

Yüklə 351 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin