1. Muallif o‘limi. Faqat matn bor, muallif esa asarda
«o‘lgan», chunki u yozgan matn uning o‘ziniki emas,
umummatndan olingan nusxalar, kodlardir degan qa-
rashni bildiradi. Fransuz adabiyotshunosi R. Bart muallif
istilohi o‘rniga skriptorni kiritadi. Skriptor hisobsiz lug‘at
boyligidan matn yasaydi. Asarni esa muallif emas, o‘quv-
chi yaratadi. «Qanday qilib?» degan savolga asarga o‘z
mazmunini yuklab deb javob beradi. Shuning uchun
ham postmodernizm o‘quvchi darajasini muhim hisob-
laydi. O‘quvchi qancha o‘qimishli bo‘lsa, asarga yashiril-
gan «madaniy kod»larni shuncha ko‘p topadi deydi.
2. Intertekstuallik (lotincha so‘z bo‘lib, inter – aro,
textum – to‘qima, mato, matn) – har qanday matn o‘zi-
dan oldingi matndan olingan matn ma’nosini bildiradi.
Ya’ni har qanday matn qo‘shtirnoqsiz iqtibos. Chunki har
qanday matn o‘zigacha yaratilgan matndan kelib chiqa-
di, unda boshqa matnlarning izlari bor degan qarashni
ilgari suradi.
3. Simulyakr – asl san’at o‘rniga kelgan soxta este-
tik asarlar. Simulyakrlar (
simulo lotincha so‘z bo‘lib, yo‘q
narsani bor o‘laroq ko‘rsatish ma’nosida keladi) nusxa-
lardir. Yo‘q reallikni bor qilib ifodalash, mabodo reallik
bo‘lsa ham, u nomigagina «ishtirok etadi». Ular baland
va past didlar o‘rtasidagi chegaralarni yuvib tashlashga
xizmat qiladi.
4. Dekonstruksiya – mavjud butunlikni buzish va par-
chalardan yangini yaratish.
5. Ramziylik – dunyodagi hamma narsaning majoziy
ma’nosi bor deb qarash.
6. Artefakt – kutilmagan joyda, xuddi tasodif kabi ya-
ratilib qoladigan badiiy asar.
7. Interaktivlik – ijodkor va o‘quvchi sherikligi asosida
badiiy asarning yuzaga kelishi.
8. Universalizm – hamma narsaning qorishib, omma-
viylashib ketishi.