Jahon adabiyoti: mod е rnizm va postmod


Dunyo madaniyatlarining qorishuvi



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/75
tarix01.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#170592
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   75
645386160c74f MODЕRNIZM VA POSTMODЕRNIZM

1. Dunyo madaniyatlarining qorishuvi.
Bunga elekt-
ron axborot vositalarida ro‘y bergan tezkorlik, masalan, 
televideniye va internetni asosiy sabablardan biri sifatida 
ko‘rsatish mumkin. Natijada turfa xil madaniyatlar ilgari 
hech qachon ko‘rilmagan, kuzatilmagan darajada bir-bi-
riga ta’sir qildi, bir-biriga qorishdi. Turmushdagi bu hol 
(eklektiklik) san’at va adabiyotga ham ko‘chib o‘tdi. Turli 
san’atlar o‘zaro bir-biriga «aralashdi».
2. Ommaviy didsizlashuv. 
Bunga sabab qilib olimlar 
badiiy asar qimmati uning qancha ko‘p foyda keltirgan-
ligi bilan o‘lchanishini ko‘rsatishadi. Natijada badiiy asar-
ga san’at asari deb emas, balki tovar o‘laroq qaraldi va 
shunday «ishlab chiqara» boshlandi. Uslublar, janrlar qo-
rishdi, mutatsiyaga uchradi. Chinakam san’at asari bilan 
ommaviy asar o‘rtasidagi chegara buzildi. San’at asari 
dizaynlashdi, ya’ni faqat uning tashqi bezagiga e’tibor 
kuchaydi. U sotiladigan tovarga aylantirildi. Bularning 
hammasi bir bo‘lib ommaviy didsizlashuvga yo‘l ochdi.
3. Dunyo holining doimiy o‘zgarib turishini
falsafiy, 
badiiy-estetik idrok qilish natijasida umidsizlik, ertangi 
kunga ishonchning yo‘qolishi kuzatildi va h.k.
Bu va boshqa ko‘plab sabablar postmodernizmning 
paydo bo‘lishiga omil bo‘lib xizmat qilgan.
Realistik san’at olamni tushunish va tushuntirishga 
uringan metarivoyatlar yaratgan bo‘lsa, postmoder-
nizm ularni bekor sanaydi, o‘rniga butun olam haqida 
emas, balki uning parchalari haqida tasavvur beradigan 
kichik hikoyatlar yaratadi. Chunki faqat parchalargagi-
na ishonish mumkin deb biladi. Mutaxassislarning fik-
richa, ayni shu xusus postmodernizmni modernizmdan 
ajratib turuvchi asosiy farqdir. Chunki modernizm ham 
xuddi realizm kabi dunyoni yaxlit ko‘radi, voqelikni ba-
diiy idrok etish mumkin emas deb bilsa-da, uning yax-
lit, butun modelini yaratishga urinadi. Postmodernizm 
esa voqelikni parcha-parcha holda ko‘radi va ifodalaydi. 
Postmodernizm uchun ijodning, asarning o‘zi jarayon, 
maqsaddir. Uningcha, badiiy asar tashqaridagi olamni 
tushuntirib berishga qodir emas, shuning uchun ijod 
jarayonining o‘zi qadriyat. Zero, dunyoni anglab bo‘l-
maydi, uning o‘zi ma’ni (logos)dan xoli deb biladi. Post-
modernizm an’anaviy madaniyat negizidagi logosent-
rizmni inkor qiladi. Bas, shunday ekan, dunyo haqida 
u yoki bu ma’noga suyangan konseptsiyani ilgari sura-
yotgan muallifning o‘zi ham qadrini yo‘qotadi. Chunki, 
postmodernizmga ko‘ra, muallifni qadrli qilayotgan lo-
gos (ma’ni) o‘z ahamiyatini yo‘qotgan. Modomiki, dun-
yoni ma’no yordamida tushuntirib bo‘lmas ekan, uni 
tushuntirmoqchi bo‘lgan muallifning ham o‘rni bo‘l-
maydi. «Muallif o‘limi» konsepsiyasi shunday vujudga 
kelgan. Dunyoni uzuq-yuluq rivoyatlargina tushuntiri-
s
hi mumkin deydi postmodernizm. Darhaqiqat, XVIII asr-
dan e’tiboran insonning dunyoni o‘zgartiruvchilik roli 
sekin-asta pasayishib kelishi va, nihoyat, yo‘qolishi ada-


58
59
biyotdagi subyekt rolining tushib ketishiga olib keldi. 
Bu esa «muallif o‘limi»ni paydo qildi. Natijada adabi-
yotga yakka shaxsning maqsadli yo‘naltirilgan yaratuv-
chilik faoliyati deb emas, balki negizida kollektiv ijod 
mahsuli bo‘lgan «intertekstual o‘yin» deb qarala bosh-
landi. Avvaliga (XX asr avvalida) Nitshe: «Xudo o‘ldi», – 
deb jar solgan edi, XX asr ikkinchi yarmida «muallif o‘li-
mi» e’lon qilindi. Inson ham matndan, koddan iborat, 
uning butun umri davomida aytgan har bir fikri, so‘zi, 
xatti-harakati – kod. Hammasini u ajdodlardan meros 
qilib olgan. Uning o‘ziga tegishli hech narsa yo‘q. In-
soniyat madaniyati ham butun boshli bir intermatn. In-
son tomonidan yozilayotgan har qanday asar ham ana 
shu intermatndan olinadi (intertekstuallik) va bu matn 
ijodkorning kodlangan subyekti, xolos. Demak, muallif 
ham yo‘q, u o‘lgan (Fuko va Bart tadqiqotlariga qarang) 
deyishdi.
Postmodernizmning bir qancha o‘ziga xos tushun-
chalari borki, ularning mag‘zini chaqib olish ushbu mu-
rakkab adabiy oqim mohiyatini bir qadar tiniqroq ang-
lashga yordam beradi.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin