90
91
don qilishlariga sal qoldi. Ularning uslublarida she’rga
joy qolmadi. Bir fransuz tanqidchisi bu davrni «muzlash
davri» deb nomlagandi, adashmasam. Nihoyat, mana,
yaqindagina «erish» boshlandi. «Muzlash davri»ning
she’rlari ikki-uchta bir-biri bilan hatto grammatik jihatdan
bog‘lanmagan so‘zlardan iborat edi. 70-yillarning oxirla-
rida fransuz shoirlari bizga (Rossiyaga) kelganda so‘radik:
«Har bir so‘zingizning ortida nima turibdi? Ular ortidagi
bo‘shliqni nima bilandir to‘ldirishimiz kerak, axir!..» Chun-
ki, masalan, xitoy va yapon she’rlarining ortida an’ana,
o‘qishi bilan ma’rifatli inson qalbida tug‘iladigan ko‘plab
assotsiatsiya turadi. Bu yerda esa urushdan keyingi man-
zara yodingizga tushadi». Bu fikrga javoban forumning
yana bir ishtirokchisi Yevgeniy Bunimovich quyidagicha
fikr bildiradi: «Zamonaviy fransuz she’riyatini zamonaviy
tarjimonlar tarjima qilishi kerak. Men boy madaniy kon-
tekst faqat yaponlarda bor degan fikrga qo‘shilmayman.
O‘qimishli fransuz uchun o‘z konteksti ortida ko‘p narsa
turgan bo‘lishi, uni ruschaga oddiy so‘zlar bilan tarjima
qilganimizda u sezilmasligi mumkin. Chunki ruschada u
kontekst yo‘q...» Davra suhbatining yana bir ishtirokchisi
Mark Freydkin aytadi: «Deylik, mening qiziqishim XIX asr
va XX asrning birinchi yarmi. 30 yoshlilarni 30 yoshlilar va
hatto undan ham yoshlar tarjima qilishi kerak. Ayniqsa,
bugungi she’riyat shaklan butunlay boshqa, yangi qiyo-
faga kirib borayotganda. Men ba’zan ingliz tilida qanday
yozishayotganiga qiziqib internetga kiraman. Aytish ke-
rakki, kaminaning an’anaviy qarashlari bilan hamohangli-
gi yo‘q internetdagi she’rlarning. Shu uchun menga katta
gonorar taklif qilishsa-da, men ularni tarjima qilmayman.
Bu ularning rasvoligi yoki yozishni eplay olmaganidan
emas. Yo‘q, ular bor-yo‘g‘i boshqa «til»da yozishyapti,
ular qo‘llagan badiiy priyomlar menga notanish. Bosh-
qa auditoriyaga mo‘ljallangan she’riyat bu» (tarjima lar –
U.H
.).
Bu munozaradan ham ko‘rinib turibdiki, tarjimada, tar-
jimonda gap ko‘p. Tarjimon hammani tarjima qila olmay-
di. Tarjimon o‘z ruhi, dunyoqarashi, didi va o‘z yo‘nalishi-
ga muvofiq tushgan asarnigina qoyillatib tarjima qilishi
mumkin. Qolaversa, bir xil tizilgan so‘zlar zimnida ikki
millat ijodkori ham, o‘quvchisi ham tamomila bosh qa-
boshqa ma’nolarni tushunishi mumkin. Ularning bir-biri-
ga muvofiq tushishi uchun ikki millat vakilining yashash
sharoitlari, shartlari va boshidan kechirganlari o‘rtasida
talay mushtarak jihatlar bo‘lmog‘i lozim. Yo‘qsa, «men ne
deyman-u, qo‘bizim ne deydi»ni aytgan kishining holiga
tushish hech gap emas.
Dostları ilə paylaş: