Adabiyotning kelajagi masalasi.
Umumjahon fo-
rumida bo‘lib o‘tgan suhbatda ishtirok etgan adabiyot-
shunos T. Venslova: «Qisqa aytganda, fransuz she’riyati
o‘ldi», – deya xitob qiladi. Vaqtida xuddi shu gapni Bu-
lat Okudjava rus she’riyati haqida aytgan edi. Bunday
taxminlar, bashoratomuz fikrlar doim aytilgan. Masa-
lan, 90-yillarda o‘zbek yozuvchisi Sh. Xolmirzayev ham
«Adabiyot o‘ladimi?» degan maqola bilan chiqqan edi.
Gap shundaki, vaqti-vaqti bilan jamiyat (ma’naviy-ruho-
niy bo‘hronlar davrida) ana shunday kayfiyatlarga tushib
turadi. Bu narsa, albatta, mamlakatdagi iqtisodiy, siyosiy,
psixologik evrilishlar bilan bog‘liq holda ro‘y beradi. XX
asrning 70-yillari avlodidan keyin o‘zbek adabiyoti, xusu-
san, o‘zbek she’riyati o‘ldi degan «bashorat»lar ham puch
edi. Holbuki, bugun o‘zbek o‘quvchisi qadim ildizlardan
suv ichib, zamon kayfiyatidan nafas olgan tamomila yan-
gilangan istiqlol davri o‘zbek adabiyoti bilan yuzma-yuz
turibdi. Bularning siri esa o‘zgarishlar negizida. Jami-
yatda yangilanishlar shabadasi esib qolganda maydon
markaziga har doim esinti yo‘nalishini to‘g‘ri fahmlab, o‘z
asarlarida aks ettira oladigan ijodkorlar tushadi. Ammo
davrlar tinimsiz almashib, o‘zgarib turgani bois har bir
davr o‘z ijodkor (avlod)ini yaratadi. Bundan ko‘z yumib
bo‘lmaydi. Barcha zamonlar «hadis»ini to‘g‘ri anglagan
va ularni yuksak san’atkorlik bilan asarlariga ko‘chira ol-
gan ijodkorgina mumtozlik maqomiga ega bo‘ladi.
Internet adabiyoti.
XXI asr avvalidanoq internet-
ning misli ko‘rilmagan imkoniyatlari ayon bo‘lib qoldi.
Sekin-asta «internet adabiyoti» paydo bo‘lib, u ma’lum
ma’noda an’anaviy, qog‘oz shaklidagi adabiyot o‘rnini
egallay boshladi. 100 – 120 yil davomida doimiy ravishda
nashr etib kelingan gazeta-jurnallar jahonning ko‘pgina
yirik mamlakatlarida XXI asrning ilk choragiga kelib yopi-
la boshladi. Odamlarning qiziqishlari, ehtiyojlarida inqi-
lobiy burilishlar sodir bo‘ldi. Natijada ma’lum muddat
adabiyot va san’atga e’tibor susaydi. Ammo bu hodisalar
birdaniga yuz bermadi, aksincha, uning kurtaklari o‘tgan
asrning ikkinchi yarmida insonlar dunyoqarashidagi sil-
jishlar bag‘rida nish urgan edi. Xususan, ana shu evrilish-
larni boshidan kechirgan Fransiyada XX asrning 70-yil-
laridan keyin «she’riyat o‘ldi» deya ovoza qilindi. Xuddi
shunday e’tiroflar sobiq Ittifoq hududiga XX asrning oxir-
gi 10 yilligi va yangi (XXI) asrning avvalida tilga tushdi.
Masalan, internet adabiyoti portallarida shunday rasm
paydo bo‘ldiki, u dunyoning adabiyotga bo‘lgan bitta
kayfiyatini qisman o‘zida aks ettirar edi: qabriston, qabr
toshiga «Stixi RU» deb yozilib, yonboshga gul, aroq va
gazak qo‘yilgan. Lekin bu surat dunyodagi xilma-xil kay-
fiyatlarning hammasini to‘la qamrab ololmaydi. Chunki
olam keng va u turfa axborot, turfa kayfiyatlar quchog‘i-
da nafas oladi. Yer yuzining qayeridadir adabiyot ahami-
yatini bir qadar yo‘qotsa, qayeridadir u qaddini tiklashi,
yaproq yozib, meva tugishi, hammani o‘ziga jalb etishi
mumkin. Jahon adabiyoti tarixiga bir qur nazar tashlash-
ning o‘ziyoq bu fikrni tasdiqlaydi. Shunga qaramay, dun-
yo bugun umumiy «adabiy bo‘hron»ni boshidan kechi-
rayotganidan ham ko‘z yumib bo‘lmaydi. Shuning uchun
zamonaviy o‘zbek she’riyati vakilasi, shoira Zebo Mirzo:
«Gul davralar meniki emas, Mening uyim – ko‘krak qafa-
82
83
sim», – deb yozadi. Bu misralar tagzaminidagi ma’no XX
va XXI asrlar she’riyatiga bitta o‘zak chiziq bo‘lib tortiladi.
Ya’ni inson (shoir) tashqaridan ichkari (botin)ga kirdi va
u yerdan turib atrofni kuzata boshladi. Bungacha shoir
tashqarida, u yerdagi umum ish bilan band edi. Nafaqat
parchalanib ketgan sobiq Ittifoq hududida, balki butun
dunyo mamlakatlarida umumiy ahvol taxminan shunday
edi. Yevropada «ichkariga yurish» biroz oldinroq (Birin-
chi va Ikkinchi jahon urushlaridan keyin) sodir bo‘lgandi.
Modernizm hodisasi shu tufayli tug‘ildi. Ispan esteti va
faylasufi X.O. Gassetning yuqorida eslaganimiz: Inson XX
asrga kelib «ko‘z qorachig‘ini 180 gradusga burib, ichka-
riga qaratdi» degan mashhur fikri shu tarzda tug‘ilgan
edi. Mazkur fikr butun boshli jahon adabiyotidagi tub
o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatini yetarlicha ochib
bera oladi.
Bir tomondan, qog‘oz shaklidagi adabiyotga talab
ozayib bormoqda, ikkinchi yoqdan, she’riyatning inter-
net sahifalarida ommalashib borayotgani kuzatilmoq-
da. Ijtimoiy tarmoqlar vositasida targ‘ib qilinayotgan
adabiy janrlar orasida she’riyat ancha peshqadam. Ma-
salan, jahonda ayrim shoirlarning instagram kanalida
100 000 (yuz ming)dan ziyod obunachilari bor. Obu-
nachilar shoirlarning ham xuddi artistlar kabi «poeziya
shoulari» tashkil etishlarini yoqlab chiqish moqda. Shu
orqali shaharlararo kezib, auditoriya to‘plab, o‘z she’r-
larini jonli o‘qib berishmoqda. Buning uchun esa shoir-
lar o‘z ijodini internet orqali targ‘ib qilishadi. Internet-
da ayol she’riyati ham ommalashib bormoqda. Chunki
internet, ijobiy-salbiyligidan qat’iy nazar, barchaga bir-
dek o‘zini namoyon qilish imkonini taqdim etdi. Nati-
jada shu vaqtgacha hech kim tanimagan, tan olmagan
yangi qalamkashlarni aynan internet tarmoqlari kashf
qildi. Aytish joizki, adabiyotning shu shaklda tarqalishi
postmodernizm ilgari surgan dasturdagi moddalarga
juda ham mos tushadi. Shulardan birida har kim har
qanday san’at turi, jumladan, adabiyot bilan shug‘ul-
lanishi mumkin degan fikr kechadi. Xuddi mana shu
«mumkin» internet sahifalarida juda ham yaqqol ku-
zatilmoqda: iste’dodi bormi-yo‘qmi, fikr, tuyg‘u, g‘oya
o‘zinikimi-yo‘qmi, bundan qat’iy nazar, hamma hamma
narsani yozib, e’lon qilmoqda. Hatto xalq maqollari, yo-
zuvchi, shoir, mutafakkir, olim, mashhur siyosatchilar-
ga tegishli aforizmlar birda muallifi ko‘rsatilsa, ko‘pin-
cha ko‘rsatilmay yoyinlanmoqda. Mualliflik huquqlari
o‘ta qo‘pol shaklda buzilmoqda. Ayni paytda, internet
adabiyoti internet tanqidini paydo qildi. Oz bo‘lsa-da
feysbuk, telegram, shaxsiy saytlarda e’lon qilingan kat-
ta-kichik, turfa janrlardagi matnlarga munosabat bil-
dirilmoqda. Munosabatlar ko‘pincha sharhlar tarzida
ham qoldirilmoqda. Matnlarning aksariyati, albatta,
professionalizmdan yiroq qoralamalardir. Ularni, ta’bir
joiz bo‘lsa, bir so‘z bilan «bo‘tqa» epiteti bilan atash
mumkindir, ehtimol. Shu bilan birga, tan olish kerak-
ki, internet tarmoqlarida adabiyot bilan professional
shug‘ullanuvchilarning ham o‘z sahifalari bor bo‘lib,
ko‘pincha aynan ana shu yerda chinakam adabiyotga,
badiiyatga daxldor adabiy mahsullar hamda ular haqi-
dagi tanqidiy materiallar berib boriladi. Shuningdek,
gohida xalq orasidan chiqqan, kasb-u kori, yoshi tur-
licha bo‘lgan qalamkashlarning ham pichoqqa ilina-
digan matnlari, qarashlari «yilt» etib ko‘zga tashlanib
turadiki, bu «internet adabiyoti» ustidan chiziq tortib
bo‘lmaydi deganidir.
84
85
Xullas, nima bo‘lganda ham, «internet adabiyoti» de-
gan tushuncha tobora ildiz otib, internet nashri zamona-
viy jahon adabiyotining hammabop nashrlaridan biriga
aylanib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: |