Jahon adabiyoti: mod е rnizm va postmod


Zamonaviy adabiyotning muammolari



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/75
tarix01.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#170592
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   75
645386160c74f MODЕRNIZM VA POSTMODЕRNIZM

Zamonaviy adabiyotning muammolari
o‘zgargan, 
o‘zgarishda shiddat bilan davom etayotgan dunyoning 
muammolari bilan bog‘liq. Moskvada o‘tkazilgan dunyo 
kongressida mashhur yozuvchi Ch. Aytmatovga jurnalist 
N. Boltyanskaya quyidagicha savol beradi: «Forum yo-
zuvchilarning muhim masalalaridan biri dunyo adabiyoti 
muammosidir. Zamonaviy jahon adabiyotining bosh mu-
ammosi nimada deb o‘ylaysiz?». Ch. Aytmatov: «Bu sa-
volga javob berish judayam qiyin. Qo‘lida qalami bor har 
bir yozuvchi inson hayotining eng muhim qismini, yura-
gini nishonga olyapman deb o‘ylaydi. Nazarimda, inson 
juda katta sinovlar arafasida turibdi. Bu sinovlar dunyo-
viy konfliktlar, urushlar va shu kabilar bilan bog‘liqdir. Si-
novlarda inson o‘zini qanday ko‘rsata oladi? Ehtimol, shu 
narsa (adabiyotdagi – 
U.H
.) eng muhim masaladir. Ammo 
judayam og‘ir masala...» – deya javob beradi. M. Peshko-
vaning «Sizning ma’ruzangiz nima haqida bo‘ladi?» de-
gan savoliga Ch. Aytmatov shunday javob beradi: «Eko-
logiya va so‘z. Bunday so‘z birikmasi ajoyib-a?! Nahotki, 
ekologiya so‘zga bog‘liq bo‘lsa?.. Bog‘liq. Mening naza-
rimda, yer yuzidagi hamma narsa – ezgulik va yovuzlik, 
birinchi navbatda, so‘zdan bino bo‘ladi. So‘z bu, avvalo, 
bizning fikrlarimiz, niyatlarimiz, harakatlarimiz, amallari-
miz va hokazolardir. Buni ekologiya rakursida olib qara-
sak, zamindagi ekologiya ko‘p jihatdan insonning o‘zini 
qanday tutishiga bog‘liq»
21
.
Demak, zamonaviy jahon adabiyoti muammolarini 
yozuvchi Chingiz Aytmatov shiddat bilan o‘zgarib bora-
yotgan dunyoda insonning o‘zini qanday tutishida ko‘ra-
di. Ya’ni bu yerda birlamchi bo‘lgan narsa – munosabat. 
21
Moskvada o‘tkazilgan xalqaro kongressdagi suhbat // http://echo.msk.
ru (tarjima – U.H.).


80
81
Atrof-muhitda sodir bo‘layotgan olamshumul voqea-ho-
disalarga zamonaviy inson qanday qaraydi va qanday 
munosabatda bo‘ladi degan savol nafaqat dunyoning
ayni damda, adabiyotning ham taqdirini hal qiladi de-
yilmoqda.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin