Ulug‘bek HAMDAM: Modernistik she’riyatning ilk
kurtaklari XX asr boshlaridanoq nish bergan ekan, xo‘sh,
nima uchun u yuz yillik mobaynida birdek taraqqiy etib
bormadi degan savol tug‘ilishi tabiiy. Avvalambor, bunday
she’riyatning, umuman, san’atning rivojlanishi uchun real
ijtimoiy-psixologik sharoit yetilgan bo‘lishi shart. Mana, siz
aytgandek, Fitrat-u Cho‘lponlar Moskva, Leningrad, Istan-
bul kabi peshqadam shaharlarda ancha muddat yashadi-
lar, buning natijasida tug‘ilgan o‘zaro ta’sirlanish izsiz ket-
magan, albatta. Aksincha, shoirlar ijodida eng yangi, hatto
moderncha ohanglar pay do bo‘la boshlagan. Keyin-chi?
Keyin nega u takomil etmadi?.. Chunki sobiq Sho‘ro davlati
o‘zini tashqi dunyodan ajratib, ichkarida faqat siyosiy maf-
kura xizmatiga yo‘naltirilgan iqlimni vujudga keltirdiki, oqi-
batda adiblar ijod erkini, tafakkur hurligini boy berib qo‘y-
dilar. Dunyo ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-ma’naviy jihatdan
ilgarib ketdi-yu, bu yerda, ya’ni bizda turg‘unlik kayfiyati
hukm surdi. Modern izlanishlar turg‘unlikning emas, balki
ozod tafakkurning mevasidir. Albatta, A. Muxtor, R. Parfi va
70-yillar avlodi ijodida yangicha ohanglar, izlanishlar mav-
jud edi, biroq ular bugungidek keng va teran ma’no kasb
etmagan. Bugun biz o‘sha paytda ilgarilab ketgan dun-
yoning yetib borgan pog‘onasi mahsullari bilan tanishish
imkoniga egamiz va sekin-astalik bilan bo‘lsa-da tanishib
boryapmiz. Bunday muloqot – ilmiy-texnikaviy, ijtimo-
iy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy, psixologik aloqa almashuv
o‘lkamiz insoni dunyoqarashiga ta’sir qilmoqda, yangila-
moqda. Natijada san’at-u adabiyot odamlari orasida mo-
derncha kayfiyat tug‘ilib ulgurdi. Mana, nima uchun bu-
gun qo‘liga qalam tutib, adabiyot olamiga «atak-chechak»
qilib kirib kelayotgan yosh havaskorlar ham «moderncha»
mashqlar qoralamoqda. Aslida, bu ularning judayam ilga-
rilab ketgani emas, balki hamma zamonlarning ijodkorlari
kabi bor-yo‘g‘i o‘z davrining, o‘z zamonasining farzandi
ekani bilan bog‘liq normal kayfiyat mahsulidir. Shu bilan
birga, alohida ta’kidlab aytish joizki, 80-yillarning o‘rtala-
rigacha, yanayam aniqrog‘i, jamiyatda ulkan o‘zgarishlar
yuz bergungacha yozilgan modernistik she’rlar mualliflari
kayfiyatlarida chindan ham umumiy kayfiyatdan ilgarilab
ketish bor edi. Buni tan olish kerak. Kunimizda modernizm
xususiyatlari umu miy kayfiyatga aylanib bormoqdaki, endi
bu yo‘lda ijod qilish bilangina «faxrlanib» bo‘lmaydi, endi
yangi yo‘nalishlarda yuksak san’at asarlari yaratishgina
ijod korni «qutqarishi» mumkin.