128
129
har bir davr o‘z tushunchalari, belgilari bilan bezaydi.
Chunonchi, Aristo tel o‘z davrida poeziyaning, umuman,
adabiyotning mohiyatida «katarsis», ya’ni poklanishga
intilish mavjud degan bo‘lsa, XX asrga kelib uning yo-
niga, masalan, she’r (umuman, adabiyot) kishini yolg‘iz-
likdan asraydi yoxud insonning ruhiy muvozanatga eri-
shuvida yordamchi bo‘ladi deganga o‘xshash yorliqlar
qo‘shib qo‘yildi. Chunki aynan XX asrga kelib inson o‘z
yolg‘izligini teranroq his qila boshladi-da. Boshqacha
aytadigan bo‘lsak, qaysi asrda-yu qaysi davrda qanaqa
o‘y-dard birlamchi bo‘lsa, adabiyot-u san’at ham shuni
ko‘proq ifoda etadi. Alaloqibat har bir davr she’rni o‘zi-
ga qarab turgan qirrasining ismi bilan atay boshlaydi.
Vaholanki, u ko‘p qirralidir. Shunday emasmi?..
Umarali NORMATOV:
She’rga qarash davrga qarab
yangilanib boradi degan fikrga qo‘shilaman. Shu bilan
birga, har bir izlanuvchi shoirning umri davomida she’r ga
qarashi betinim o‘zgarib, yangilanib borishi ham mum-
kin. Uzoqqa bormay, o‘z milliy shoirlarimiz ijodiy tajriba-
sidan bir misol keltiray. XX asr o‘zbek adabiyotida o‘ziga
xos o‘rin egallagan shoir Asqad Muxtor 1965-yili shunday
yozgan edi: «She’r – turmush o‘chog‘idan olingan laxcha
cho‘g‘,
u hayotiy epizodga asoslangan, syujetli bo‘lishi
kerak deb she’rning bo‘lak turlarini tan olmay qancha yil
yurdim; she’r – yalt etgan oniy tuyg‘u, zavq-shavq tug‘yo-
ni, uni faqat musiqa janrlari bilan qiyos qilish mumkin
degan ruhda ham ancha vaqt ishladim; she’r hayot falsa-
fasining essensiyasi, fikr, fikr, fikr! Fikrsiz poeziya yo‘q deb
anchagacha biryoqlama, ratsionalistik she’rlar yozdim...»
Shoir davom etib: «Bu to‘lg‘onishlar menga ba’zan ziyon,
ba’zan foyda qildi. Lekin bir narsada fikrim sira o‘zgarga-
ni yo‘q: she’r – zaruriyat, shoirga ham, she’rxonga ham...
She’r odamning yashashi uchun, kurashishi, ulg‘ayishi
uchun zarur», – deydi.
Paradoksni qarangki, san’atning, jumladan, she’ri-
yatning ko‘pqirrali ekanligini
deyarli barcha shoirlar,
she’rshunoslar e’tirof etishadi. Biroq san’at asarining,
she’rning mafkuraviy jihatiga kelganda darhol chekla-
nish-chegaralanish boshlanadi. Mafkuraviy yondashuv
ustuvor bo‘lgan XX asr adabiyotida, xususan, o‘zbek
she’riyatida bu hol juda chuqur va mudhish asoratlar
qoldirdi. Ayniqsa, she’riyatdagi
yangicha, noan’ana-
viy izlanishlarga, modernizmga munosabatda bu juda
yaqqol ko‘rindi.
Shu o‘rinda modernizm va uning XX asr jahon adabi-
yotidagi mavqeyi, o‘zbek adabiyotidagi ko‘rinishi, tadriji
xususida ozgina to‘xtalib o‘tsak.
Modernizm XX asr jahon adabiyoti, san’atida mu-
him hodisa, uning asl qiyofasini belgilovchi omil eka-
ni, M. Prust, F. Kafka, J. Joys, Eliot, E. Paund, A. Kamyu
kabi
yangi oqim, yo‘nalishlarga mansub ijodkorlar so‘z
san’ati rivojida butunlay yangi davr ochgani hech kim-
ga sir emas. Jahonning turli mintaqalarida ularning yuz-
lab-minglab maslakdoshlari, izdoshlari, davomchilari bor.
Modernizm shunchaki adabiy-badiiy eksperiment-tajriba,
shakliy-uslubiy izlanish natijasi emas, balki u dunyoni, in-
sonni yangicha ko‘rish, tushunish, anglash, anglatishning
o‘ziga xos falsafiy-nazariy asoslariga ega; Shopengauer,
Nitshe, Bergson, Freyd, Yung, Xaydegger, Sartr, Kamyu
kabi g‘oyat
xilma-xil ilmiy-falsafiy maktab asoschilarining
ta’limoti yoki g‘oyalari yangicha ada biy oqim, yo‘nalishlar
uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi.
XX asr boshlarida shakllana boshlagan yangi o‘zbek
ada biyoti, asosan, ma’rifatchilik realizmi, umuman, re-
130
131
alizm ko‘rinishida, aniqrog‘i, XX asr jahon, birinchi gal-
da, Ovrupa realistik adabiyoti tajribalari yo‘lidan bordi.
Shunisi qiziqki, 20-yillardayoq Fitrat, Cho‘lpon, Qodiriy,
Hamza singari peshqadam o‘zbek adiblari ijodida XX asr
jahon adabiyoti adabiy tafakkuridagi eng yangi jarayon-
larga
ohangdosh xususiyatlar, aniqroq qilib aytadigan
bo‘lsak, modernistik oqim-yo‘nalishlar belgilari namoyon
bo‘la boshladi. Bu tasodifiy emas. Bu davrga kelib o‘z-
bek adiblari jahon adabiyotidagi yangi jarayonlar bilan
yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Bunday ta-
nishuv xilma-xil yo‘llar orqali amalga oshdi. Eng muhimi,
qator adiblarimiz o‘sha qizg‘in
yangi jarayonlar yuz bera-
yotgan, ular haqida jo‘shqin bahs-mulohazalar ketayot-
gan yurtlarda yashab, o‘qib, ishlab, o‘shanday yangila-
nishlarning guvohi, hattoki ishtirokchisiga aylangandilar:
Fitrat avval Turkiyada, keyin Moskva va Leningradda bo‘l-
di, Hamza haj safari bahonasida ko‘plab mamlakatlarni
kezdi, Qodiriy bilan Cho‘lpon bir necha yil Moskvada
yashadi, Oybek Leningrad ta’limini oldi, Qodiriy, ayniqsa,
Cho‘lponning
Moskva taassurotlarini, u yerdagi ma’na-
viy-adabiy hayotga doir maqolalarini, ulardagi nozik ku-
zatishlarni, Oybekning Neva bo‘ylarida tug‘ilgan lirikasini
eslang. Bular shunchaki bir taassurot, qaydlar emas, balki
yorqin iste’dodlar ko‘nglida kurtak yozayotgan yangi cha
adabiy mayllar, badiiy-estetik prinsiplarning nishonalari-
dir. O‘sha kezlardayoq ular yaratgan asarlarda zamona-
viy Ovrupa adabiyotidagi yangi adabiy-badiiy oqimlar,
ularga xos eng «yangi priyomlar» u yoki bu ko‘rinishda
namoyon bo‘la boshladi. Modernizm san’ati, adabiyoti-
ga oid futurizm, simvolizm, ekspressionizm singari qator
tushuncha, atamalar tez-tez tilga olinadigan bo‘ldi. Fitrat
1926-yili chiqqan «Adabiyot qoidalari»da ularning ay-
rimlarini o‘zicha sharhlashga harakat qildi. Bugina emas,
«so‘nggi priyomlar», she’riyatdagi simvolizm masalalari-
da «qizg‘in bahslar boshlandi. Xususan, Cho‘lpon bilan
Qodiriy bu muammoga o‘z davrida naqadar teran, oqi-
lona, xayrixohlik bilan yondashganlarini bilamiz. «Ko‘ngil
yangilik qidiradir», «Modomiki, biz yangi davrga oyoq
qo‘ydik, bas, biz har bir yo‘sinda ham yangi davrning
yangiliklari ketidan ergashamiz» – bu so‘zlar Cho‘lpon
bilan Qodiriyning adabiy-badiiy manifestlari edi.
Hatto
Qodiriy Ovrupa tushunchasidagi an’anaviy yo‘lda bitilgan
«O‘tkan kunlar»ga «so‘nggi priyom»larning ba’zilarini
ertaroq kiritganini aytadi. Romandagi Zaynab, Xushro‘y
xarakteri, ruhiyati tasvirida, Otabekning «Xo‘ja Ma’oz»
mozoridagi tungi kechinmalari, Kumush qabri qarshisida
Zaynab bilan so‘nggi uchrashuvi ifodasida imo-ishora-
larga, sir-sehrga mo‘l, g‘aroyib yangicha talqinlarga duch
kelamiz. Adibning keyingi yirik asari – «Mehrobdan cha-
yon», ayniqsa, «Obid Ketmon»da, tanqidchilikda ta’kid-
langanidek, jahon zamonaviy yangi adabiyotiga xos izla-
nishlar, «so‘nggi priyom»larning talay belgilari, ya’ni ichki
monolog, ichki psixologik tahlil, shaxsning ichki shaklla-
nishi, shaxs tabiatining sirli-sehrli nag‘malari, syujetning
«istalgan» yerda boshlanishi va «istalgan» yerda tugashi,
kutilmagan yangi voqea chiziqlarining kurtaklanishi kabi
ekspe riment holatlarni kuzatamiz.
Fitrat, Cho‘lpon, Oybek va 20-yillarda ular izidan bor-
gan qator iste’dodli shoirlar she’riyati yaxlit holda bizda
Ovrupa yangi adabiyotiga hamohang simvolizm adabiy
hodisa darajasiga ko‘tarila boshlaganligini tasdiqlaydi.
Fit rat, Cho‘lpon she’riyatini XXI asr boshida turib o‘qib,
ulardagi qoliplarga sig‘maydigan asov ruhni ko‘rib bu
ikki shoir o‘z muhitiga, davriga nisbatan naqadar ilgarilab