Jahon adabiyoti: mod е rnizm va postmod



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/75
tarix01.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#170592
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   75
645386160c74f MODЕRNIZM VA POSTMODЕRNIZM

dabiyot o‘quvchi ko‘nglida har qanday mavzuga nisba-
tan shunday bir munosabat yoki hol paydo qilishi kerakki
pirovard natijada bu tuyg‘u turmushga emas, hayotga, 
tirikchilikka emas, tiriklikka, buzishga emas, tuzishga, tu-
banlikka emas, yuksalishga, parvozga ovoz bersin!
Esimda, talabalik yillarimda dunyo va o‘zbek adabi-
yotining ayrim namunalarini o‘qib yurgan chog‘larimda 
birdan qalbimning ich-ichida shunday bir tuyg‘uga duch 
keldimki, uning otini, masalan, «Yorug‘likka tashnalik» 
deb atasa bo‘lardi. Gap nima haqida? Men boshim bilan 
sho‘ng‘igan o‘sha asarlarning qat-qatida ulkan bir zulmat 
bor edi va men nursizlikdan, havosizlikdan bo‘g‘ilgan, 
dimiqib qolgan edim. Shuning uchun ham sal keyinroq 
quyidagi she’r tug‘ilgan bo‘lsa ajabmas:
Olislarda bo‘lsa ham,
Hech qachon yetmasam-da,
Mayli,
faqat oldinda
Bir chiroq yonsa deyman...
Aytilganlardan muallif «hayot go‘zal, hayot soz» de-
gan jo‘n tezisni adabiyotga tiqishtiryapti deya yuza-
ki tushunmaslikni so‘ragan bo‘lardim. Hayot har doim 
ham bayram emas. Balki, katta miqyosda olib qaragan-
da, umuman bayram emasdir. Oshini oshab, yoshini ya-
shab o‘tayotgan inson umri davomida, hazrat Navoiy 
aytganidek, to‘rt faslni boshidan kechiradi. Turmushning 
o‘zga muammolarini qo‘ya turaylik, shu to‘rt faslning 
o‘zida fasllar almashinuvi bag‘rida qanchadan qancha 
quvonch li va qayg‘uli damlar yashalmaydi deysiz! To‘rtin-
chi fasldan u yog‘i yana ma’lum... U yog‘i (ruh) haqida esa 
bani odamga juda kam ilm berilgan deyiladi muqaddas 
kitobda. Shuning uchun ham ana shu o‘gitlar-u ko‘ngli-
miz sezgisiga tayangan holda faqat o‘z ichimizdangina 
o‘tsa yarashadigan xayol va tasavvurlar yupanchiga duch 
kelamiz hammasidan narida. Yupanchi bo‘lmaganlar esa 
inson bu dunyoga tashlab ketilgan tashlandiq, uning 
yolg‘iz hukmronligi faqat va faqat bu dunyodadir (ekzis-
tensializm falsafasi) deya badbin o‘ylarga yengiladi. Va 
bundaylarni biz negadir faqat g‘arbliklar deb o‘ylaymiz. 
Aslida-chi? Yanglishamiz. Yozgan asarlarida mohiyat-e’ti-
bori bilan yaxshilikka, ezgulikka, yorug‘likkka ishonchi 
bo‘lmaganlar, aksincha, faqat va faqat zulmni, ma’nisiz-
likni, ishonchsizlig-u buzuqlikni targ‘ib-tashviq etuvchilar 
Sharqning qoq markazida, hatto Makka-yu Madinada 
yashasalar ham, farqi yo‘q, baribir, ZULMATGA XIZMAT 
QILUVCHILAR bo‘lib qolaveradi.
Kunlardan bir kun professor Qozoqboy Yo‘ldoshev te-
lefonda bir hikoyaning yorug‘ xotimasi haqida qoniqish 
bilan gapirib qoldi. Hikoya «Ertaga quyosh chiqsa kerak» 
degan jumla bilan yakunlanardi. Go‘shakni qo‘ygandan 
so‘ng mushohada qilsam, sermahsul va sinchkov olim 


118
119
o‘sha suhbatimizda asosan xotima haqida gapirgan ekan. 
Qozoqboy akani ko‘pchilik turfa eksperimentlarga boy 
avangard adabiyot namunalarining ashaddiy targ‘ibot-
chisi deb biladi. Lekin yuragining juda chuqur joyida aza-
liy yaxshilig-u yorug‘likka bo‘lgan ulkan muhabbat bor-
ligini men o‘shanda aniq his qilganman. Aslida, bunday 
muhabbat hammamizda bor. Faqat zamonaning shov-
qinlari bosib ketayotganidan ko‘pincha uning ichkaridan 
taralayotgan sasini eshitmaymiz.
Gogol va Kafka nima uchun o‘z qo‘lyozmalarini yoqib 
yo‘q qilishni do‘stlaridan iltimos qilishgan ekan?.. Ehti-
mol, o‘sha yozuvlari qatlarida zulmatni his etishgandir 
va bu hol ularning ruhiyatidagi, juda ichkarida yashirin 
yorug‘ mohiyatga teskari kelib qolgandir?.. O‘spirinlik 
chog‘larimda A. Dyumaning «Graf Monte Kristo» asari 
menga juda yoqardi. Chunki u yerda yomon odamlardan 
boplab qasd olish bor edi-da. Talay hind kinolarida ham 
shu motiv eniga va bo‘yiga rosa ishlangan. Ular kulging-
ni qistatadigan darajada sodda edi, lekin negadir vaq-
ti-vaqti bilan tomosha qilishga ehtiyoj sezardim. Nega? 
Talabalik yillarimda buning mag‘zini chaqqandek bo‘l-
dim: o‘shanday asarlar mening botinimdagi adolatning 
tiklanishiga ko‘maklashar ekan. Chunki men ham, hali 
yosh bo‘lishimga qaramay, atrofimda ro‘y berayotgan 
o‘ziga yarasha adolatsizliklarga duch kelib turardim-da. 
Nazdimdagi adolatni tiklashga esa, berkitib nima qildim, 
ojizlik qilar edim: jismoniy, aqliy va yurak quvvatim yet-
masdi. Shunda, masalan, Monte Kristoning sarguzashtla-
ri orqali ichimdagi ana o‘sha orzuyimga erishgandek his 
qilardim o‘zimni. Aslida, qasd olishdan ko‘ra afv etish ba-
landroq va inson sha’niga munosibroq a’mol ekanligini 
ta’kidlamoq lozim.
Umuman olganda, asar o‘z holicha, ya’ni badiiy, fal-
safiy, psixologik, uslubiy va boshqa jihatlariga ko‘ra ba-
land bo‘lishi mumkin. O‘qishing bilan buni tushunib 
yetasan kishi. Faqat hamma gap shundaki, har qanday 
ulug‘ asarning ham jamiyatga maksimal ta’sir qiladigan 
vaqti, davri bo‘ladi. Tushunganingizdek, bu o‘rinda ijo-
biy ta’sir nazarda tutilmoqda. Shu bilan birga, uning sal-
biy ta’sir fazasi ham bor. Qizig‘-a? Asar genial maqomda 
bo‘lsa-yu o‘quvchiga ikki xil ta’sir qilsa!.. Chunki o‘rtada 
o‘quvchi mansub bo‘lgan zamon va uning muammolari 
masalasi bor. Ana o‘sha zo‘r asar deganimiz davr va uning 
dardlari bilan qaysidir nuqtalarda yo kesishadi, yo yo‘q. 
Birinchi vaziyatda kutubxonalarda chang bosib yotgan 
asarga qaytadan jon kiradi, ikkinchi holatda esa aks ta’sir 
etadi. Misol uchun, Ikkinchi jahon urushi vaqtida Umar 
Xayyom ruboiylarining front va front ortidagi odamlarga 
ko‘rsatgan ta’sirini eslab ko‘ring. Yaqinda «Литературная 
газета»da «Umidlar so‘nmaydi» degan suhbatga ko‘zim 
tushdi. Unda «XXI asrda sizga katta ta’sir qilgan film no-
mini ayta olasizmi?» degan savolga RosFA bosh ilmiy 
xodimi, MDU professori Sergey Kara Murza: «Javobim 
kulgili tuyulishi mumkin, lekin bu – «Siniq chiroqli ko‘-
chalar». Har bir seriya ezgulikning yovuzlik ustidan yen-
gilgina g‘alabasi bilan yakunlanadi... Seriallar terapevtlik 
funksiyasini bajarmoqda. 1990-yillar avvalida jamiyatimiz 
olgan jarohat hali bitib ketgani yo‘q. Hozir yaraga tuz se-
padigan kartinalar kerak emas»
23
, – deb javob bergan. 
Albatta, bu yerda olim biron-bir asar peshonasini silab, 
ikkinchisining ko‘kragidan astoydil itarishni maqsad qil-
ganda edi, biz ham ushbu maqolamizda e’tirozlarimizni 
23
Литературная газета. 2014 г. 17 – 23 сент.


120
121
bayon etardik, u bilan bahslashardik. Lekin kontekstdan 
kelib chiqadigan bo‘lsak, professor buni ko‘zda tutma-
ganini uqamiz. Shunga qaramay, nega u miyonaroq kino 
asarini yoqlab chiqmoqda? Bunday deyotganimning sa-
babi, serialning bir necha qismini tomosha qilganman. 
Aktyorlik mahorati, ko‘tarilayotgan muammoning yangi-
ligi, tashqi effekt va boshqa ko‘plab jihatlariga ko‘ra chin-
danam miyonaroq film. Professorning o‘zi ham bejiz: «Ja-
vobim kulgili tuyulishi mumkin», – demayapti. Faqat davr 
va uning kayfiyatidan kelib chiqqan holda ushbu asarni 
tilga olmoqdaki, bu bilan: «Hozir odamlarga ezgulik tan-
tanasiga bo‘lgan ishonch har qachongidan-da zarurroq», 
– demoqchi. Ha, san’at asari, adabiyot o‘rni kelganda tar-
biya vositasiga aylangan, aylanishi zarur. «Men shunga 
ishonamanki, inson nafaqat bardosh beradi – u yenga-
di. Uning o‘lmasligi tirik mavjudotlar orasida aql-idrokka 
egaligida emas, balki qalbi, ruhi, iztirob chekishga qo-
billigi, o‘zini qurbon qila olishi va sabr-toqatli ekani-da. 
Shoirning, yozuvchining burchi shu haqda yozishi zarur-
ligidadir. Shoir shunchaki inson hayotining solnomasini 
yozmasligi kerak; uning asari insonni qo‘llab-quvvatlay-
digan, uning bardoshiga kuch beradigan va yengishiga 
ko‘maklashadigan tayanch, ustun bo‘lishi lozim», – deb 
yozganda amerikalik Nobel mukofoti sovrindori Uilyam 
Folkner adabiyotning tarbiyaviy tomonini ham nazarda 
tutganligiga shubha yo‘q. Ha, odatda, umumga mo‘l-
jallangan adabiyotdan ayni shu narsa kutiladi. San’at-u 
adabiyotning faqat idrok va his sari yo‘nalgan boshqa, 
teranroqdagi qirrasi esa alohida – xos suhbat mavzusi.
Bas, shunday ekan, vaqti-vaqti bilan davr va uning 
ehtiyojidan kelib chiqqan holda qanday badiiy asarlarga 
ko‘proq ehtiyoj borligini munaqqidlar-u ziyolilar tadqiq 
etib topishlari, topganlarini bildirishlari, o‘z navbatida
jamoatchilik ham aytilganlarni e’tiborga olishi, masalan, 
ko‘proq nashr etishi, darsliklarga kiritishi, targ‘ib-u tash-
viq qilishi maqsadga muvofiqdir. Zero, mamlakat va jami-
yatlar rivoji o‘qilgan asarlarning sifat va saviyasidan tash-
qari o‘sha vaqtdagi ruhiy-ma’naviy ehtiyojga keraklilik 
darajasiga ham bog‘liq.
Xullas kalom, adabiyot hayotimiz tarkibiga kirib, sin-
gishib ketgan ekan, uning kamoli, inson va jamiyat ha-
yotidagi roli ustida doimiy ravishda qayg‘urmoq lozim 
bo‘ladi. Zero, adabiyot har birimizning botinimizda. Eng 
katta adabiyot, aslida, yuragimizda yashaydi. A. Kamyu 
«Isyon va san’at» maqolasida antik davrdan to o‘z dav-
rigacha bo‘lgan barcha buyuklarning san’atga turlicha 
munosabatiga to‘xtaladi. So‘ng san’atga hukm va tazyiq 
qilmaslik kerak degan tezisni o‘quvchiga yuqtiradi. Rost. 
Fikrlar turlicha bo‘laverishi mumkin va bu to‘g‘ri ham. 
Chunki san’at (adabiyot)ning o‘zi xilma-xildir. Didlar, 
dunyoqarashlar xilma-xil. Shu bilan birga, ular har qan-
cha rango-rang bo‘lmasin, pirovardida bir nuqtada ke-
sishadi, kesishmog‘i kerak. Ana o‘sha ko‘p tafovutli san’at 
va adabiyot insonga, uning ma’naviyatiga xizmat qilib, 
odamning inson o‘laroq yashab o‘tishiga ko‘maklash-
mog‘i judayam zarur. Yo‘qsa, san’at-u adabiyotning er-
kinligidan odamlarga nima naf? Mario Vargas Losa bejiz 
quyidagilarni aytmagan ko‘rinadi: «Adabiyot tufayli, ada-
biyot uyg‘otgan tafakkur, intilish va istaklar tufayli, xayo-
lot saltanatiga safar chog‘i ko‘ngilda bosh ko‘targan ke-
chinmalar tufayli bugungi sivilizatsiya odamiylashdi, najot 
topdi. Adabiyot ahli o‘ylab topgan badiiy to‘qima qumga 
singgan suvdek izsiz ketmadi, bil’aks, toshga aylangan 
yuraklarni mumdek eritdi. Yaxshi kitoblar bo‘lmaganida 


122
123
edi, insoniyatning bugungi holiga maymunlar yig‘lagan 
bo‘lardi, mustaqil fikrdan mahrum labbaychilar urchib 
ketardi, ko‘ngil birligi yo‘qolardi, mutelik kayfiyati keng 
tarqalib, o‘z-o‘zini anglash tuyg‘usi – taraqqiyotning ye-
takchi omili yo‘qolardi». Aytilganlardan kelib chiqib inson 
va jamiyatning holi ruhiyasiga qarab turib adabiyot ham 
aytar so‘zi va uning ifoda tarzini ohorlab borishi maqsa-
dga muvofiq deyish mumkin.
Biz – insonlarning botinida rahmoniy va shaytoniy ku-
chlar yashaydi. Muqaddas bitiklar ham bunga shohidlik 
beradi. Tomonlar har doim kurashib keladi. Hamma gap 
bizning ana shu tomonlardan qay birining yonini olishi-
mizda. «Egri oyoq kiyimi egri oyoqqa mos bo‘lganidek, 
shaytonning afsun va afsonasi ham to‘g‘ri bo‘lmagan 
ko‘ngillarga mosdir», – deydi Mavlono Jaloliddin Ru-
miy. Uning ustozi Farididdin Attorning «Ilohiynoma»sida 
keltirilgan rivoyatga ko‘ra, zo‘r berib ishlayotgan haqir 
chumoliga Sulaymon alayhissalom: «Agar senga Nuh-
ning umri-yu Ayyubning sabrini ato etsa ham, bu tepani 
yo‘lingdan olib tashlash qo‘lingdan kelmaydi, joningni 
jabborga berib kurashmog‘ingdan maqsad ne?» – desa, 
u: «Tuproqni olib, do‘ngni yer bilan bir etsam, uning orti-
da meni kutayotgan yorimga qovushaman», – deb javob 
qaytaradi. Umri bir chimdim bo‘lgan chumoli qarshisi-
da turgan va o‘zini yordan to‘sib qo‘ygan ulkan tuproq 
uyumini hech qachon olib tashlay olmasligini bilmaydi 
deysizmi? Biladi. Juda yaxshi biladi. Lekin yorga eltuvchi 
bu yo‘ldan o‘zgasini harom deb hisoblaydi. Bas, umrini 
yor yo‘liga tikadi, shu yo‘lda qurbon bo‘lishni o‘zi uchun 
sharaf, hayotining eng oliy a’moli, mazmun-mohiyati deb 
ishonadi. Bu bilan chumoli Nur va Zulmat, Ezgulik va Yo-
vuzlik, Yuksaklik va Tubanlik... kurashida safini ma’lum 
qilmoqda. Hech qachon yetolmasa-da, yorug‘ murod – 
yorning yo‘llariga umrini baxshida aylamoqda. Chumo-
lidan murod – inson. Yordan murod esa insonning kim 
ekanligini uning o‘ziga anglatadigan, sezdiradigan Borliq 
– Tilsimdir! Yuqorida: «Adabiyot – oldinda yongan chi-
roq», – dedik. Lekin qanday adabiyot? «Faqat va faqat 
umidbaxsh adabiyot!» – deb hayqiradi ichkaridagi ovoz! 
Insonlik – juda-juda yuksak martaba. Shu bilan birga, 
o‘ta tuban ham. Yuksak yoki tuban bo‘lishimiz, «yor»ni 
tanlash yoki undan voz kechishimiz, butun maqola davo-
mida ta’kidlanganidek, o‘zimizga bog‘liq bo‘ladi. «O‘ldir, 
ichingdagi xoinni o‘ldir!» – deya xitobiy ishora beradi ota-
shin o‘zbek shoiri Shavkat Rahmon. Aslida, dunyoning, 
dunyomizning taqdiri har birimiz uchun ana shu tanlov-
da hal etiladi. Darvoqe, uhroning, uhromizning ham...
Azaldan beri kurshashib kelayotgan kuchlar – Ezgulik 
va Yovuzlik, Nur va Zulmatning qaysi birini tanlash ko‘p 
jihatdan har bir insonning o‘ziga bog‘liq bo‘ladi. Adabi-
yot, umidbaxsh adabiyot bu mushkul tanlov qarshisida 
ertak qahramonlaridek turib qolgan zamondosh inson-
ning, ayniqsa, yoshlarning to‘g‘ri yo‘lni tanlashida ishon-
chli ko‘makdosh bo‘la oladi.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin