198
199
Rahimjon RAHMAT:
Shuni
afsus bilan qayd etish
lozimki, yozuvchilarimiz orasida hozirgi zamon ilmi, fal-
safasi, psixologiya fanidagi yangiliklarga ko‘pam e’tibor
bermaydiganlari yetarlicha topiladi. Axir, birgina Freyd-
ning asarlari g‘arb kishisining realizm haqidagi tushun-
chalarini tubdan o‘zgartirib, adabiyot va san’atda tur-
li oqimlar vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Men, ismini
aytmayman, o‘zim tengi bir necha yozuvchining ijodini
jiddiy kuzatib boryapman. Dinlar,
dunyo xalqlari tarixi,
ilmdagi eng so‘nggi yangiliklardan boxabarligi ko‘rinib
turgan bu yozuvchilarimiz chindan ham milliy nasrimiz-
da salmoqli o‘zgarishlar yasayapti. Aslida, o‘zbek nasri-
da jiddiy o‘zgarish sodir bo‘lib ulgurgan, faqat hozircha
tanqidchilarimiz bu o‘zgarishni to‘la idrok etib, payqab
ulgurishgani yo‘q.
Mening nazarimda, Ulug‘bek,
yozuvchi ikki xil ho-
latda yaxshi asar yoza oladi: sayohat va ilm o‘rganish.
Masalan, hammamiz sevib o‘qiydigan Xemingueyning
hayoti faqat sayohatlarda o‘tgan, urush nima ekanligini
anglash uchun uch marta urushga borgan. Ilm vositasi-
da ulkan yozuvchiga aylangan Borxes esa asosiy vaqtini
kutubxonada o‘tkazgan. Oxirgi yillarda asarlari dunyoda
mashhur bo‘lgan Koelo ham anchayin sirli
ilmlar bilan
shug‘ullangani ma’lum.
Jorj Oruellni olaylik. Juda ko‘p o‘zbek adiblari shu yo-
zuvchining asarlarini o‘qib ko‘rishmagan hali. Oruell si-
yosatni badiiy asarga aylantirgan. Buning uchun butun
umr siyosiy hodisalar to‘g‘risida maqola yozadigan jur-
nalist bo‘lib ishlagan.
Sizning «Muvozanat» romaningiz,
men bundan
yaqindan xabardorman, atrofingizda sodir bo‘lgan va
bevosita shaxsiy hayotingizga
daxldor shiddatli hodi-
salar natijasida yozilgan. Ya’ni asaringizga asos bo‘lgan
hayotiy materialni avval yashab o‘tib, keyin uni roman
shaklida qog‘ozga tushirgansiz.
Nazar Eshonqul va Isajon Sulton rivoyatlar, asotirlar,
ilm-fandagi
yangiliklar, dunyoning turli burchaklarida
sodir bo‘lgan turli davrlardagi tarixiy hodisalar vositasida
inson qalbi, qismatini badiiy talqin qilib hikoyalar yozish-
yapti. Ular, aytish mumkinki, an’anaviy roman uchun arzi-
mas detal bo‘ladigan oddiy unsur-obrazni dunyoni ang-
lash vositasiga, universal ma’noga ega bo‘lgan ramzga
aylantira olishadi. An’anaviy nasrimizda dehqon haqida
yozilgan asarda bu kasb egasining hayoti, dunyoqarashi,
dard-iztirobi aks etadi. Deylik, dehqon obrazi dunyoning
tuzilishi haqida universal ma’no tashiydigan ramzga ay-
lanmaydi. Yangicha asarlarda
esa dehqonning hayo-
ti maqsad emas, bir vosita sifatida tanlanadi, bu vosita
orqali odam va olam haqidagi diniy-falsafiy xulosalari-
ni bayon qiladi. Demak, dehqon haqida asar yozishdan
maqsad dehqon emas, yangicha prozaning muhim jihati
shu – mavzu va qahramon vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Aytmoqchimanki, qo‘liga qalam tutgan ijodkor o‘zi
yaxshi bilgan hayotiy materialni o‘ziga ma’qul uslubda
qog‘ozga tushiraversin. O‘zbek o‘quvchisi uchun turli
yo‘nalishlarda yozilgan juda ko‘p, rosayam ko‘p asarlar
kerak.
Dostları ilə paylaş: