Ulug‘bek HAMDAM: Shunday vaqtlar bo‘ladi-
ki, biz «aqlli» she’riyatni o‘qigimiz keladi, boshqa bir
vaqt da esa iste’dod bilan yozilganini afzal ko‘ramiz.
Nazarim da, «iste’dodli» degan sifat o‘z ichiga «aql-
li» degan sifatni ham qamrab oladi. Biroq teskarisiga,
ya’ni «aql li» «iste’dodli»ni qamrab olishiga un chalik
ishonmayman. Bas, shunday ekan, she’riyatda iste’-
dod birlamchidir.
Sanjar NAZAR: Siz nimaning ilinjida she’r o‘qiysiz:
ohangmi, hissiyotmi, fikrmi yoki boshqa biron narsami?
Sanjar NAZAR: She’riyatga bilvosita aloqador bo‘l-
gan yana bitta savol. Nimaga keyingi paytda shoiralar
ko‘payib ketdi?
Ulug‘bek HAMDAM: Nazarimda, hali savolingiz se-
robga o‘xshaydi. Shuning uchun qisqa va lo‘nda javob
berishga urinaman.
Avvalo, siz aytayotgan «keyingi paytda» sivilizatsiya
tug‘ib berayotgan kayfiyat tubdan o‘zgardi. Ayollarimiz
o‘zlarini yanada «erkin» his qilib qoldi. Ishlash imkoni, er-
kaklar bilan barobar bo‘lish huquqi, din, vijdon, so‘z va
yana shu kabi o‘nlab erkinliklar, bularning yonida yana
iqtisodiy mustaqil bo‘lish kabilar ayollar uchun asrlar da-
vomida qulfli turgan eshiklarni ochib yubordi. Natijada
ularning dunyoqarash va yashash tarzlarida «yangi qa-
notlar» o‘sib chiqdi. Qarabsizki, bu yog‘iga
ko‘ngil ham
erkin bo‘lib qoldi... Bu degani o‘nlab, yuzlab, minglab
shoiralardir... Bu – birinchi sabab.
Ikkinchisi yuqorida eslangan umumiy sentimental ruh
bilan bog‘liq bo‘lib, darajasidan qat’i nazar, ikki-uch bor
oh-voh chekib, ko‘zyosh to‘kish bilan osongina mash-
hur bo‘lish, odamlar e’tiborini jalb qilish mumkinligi his
qilindi. Ya’ni ilgari dugonasiga dardini aytish bilan tas-
kin topgan ayol endi o‘sha dardni dunyoga doston qi-
lish ko‘proq foyda beryapti deb ishonib qoldi. Alaloqibat
ayollar orasida shig‘ir yozg‘uchilar urchidi-ketdi.
Aytilganlar ommaviy ayol she’riyati to‘g‘risidagi umu-
miy fikrlar bo‘lib, bundan tashqari, yana shunday ayol
poeziyasi ham borki, uning yuksak namunalari o‘zbek
she’riyatining munosib bir qismini tashkil etadi. Bu endi
alohida suhbat mavzusi.
Sanjar NAZAR: She’riyatning saviyasi adabiyotshu-
noslikning saviyasiga qanchalik bog‘liq? Ba’zi o‘rinlarda